Mavzu: Davr xarajatlari auditi
Download 55.47 Kb.
|
Davr xarajatlari auditi
2.Soliqqa tortiladigan foyda va buxgalteriya foydasi, ular o‘rtasidagi farqni keltirib chiqaruvchi xarajatlar bo‘yicha doimiy va vaqtinchalik tafovutlar, ularning kelib chiqish sabablari to‘g‘risida BHMSlarida ma'lumotlar berilmaganligi tadqiq etildi. Xalqaro hisob tizimini amalda qo‘llar ekanmiz, milliy standartlarimizda ushbu tushunchalarni kengroq yoritishga e'tiborni kuchaytirish lozimligi asoslandi. Ushbu tushunchalarni, bevosita aloqador huquqiy asos sanalgan, "Moliyaviy hisobotni tayyorlash va takdim etish uchun konseptual asos" BHMSda: "Daromadlar" bo‘limiga 55(a) va 55(v) moddalarini kiritish, ularda "Buxgalteriya foydasi" va "Soliqqa tortiladigan bazaga kiritiladigan xarajatlar" tushunchalariga izohlar berish taklifi berildi; №1-"Hisob siyosati va moliyaviy hisobot" BHMSda: "Moliyaviy natijalar to‘g‘risidagi hisobotda taqdim etilishi lozim bo‘lgan axborot" bo‘limidan so‘ng "Doimiy va vaqtinchalik farqlar" bo‘limini kiritish va unda yuqorida ushbu tushunchalarga berilgan ta'riflar va farqlarni keltirib chiqaruvchi sabablar yoritilishi tavsiya qilindi.3. Ob'ekti korxonalarining buxgalteriya hisobi ma'lumotlari tahlili davr xarajatlari tarkibida operasion xarajatlarning yuqori salmoqqa ega ekanligini va ular dinamikasining realizasiya hajmiga nisbatan to‘g‘ri proporsional shaklda ekanligini ko‘rsatdi. Operasion xarajatlarning aksariyat qismini maqsadli jamg‘armalarga majburiy ajratmalar bilan davr xarajatlari tarkibida hisobga olinadigan mulk, ekologiya, yer va suv resurslaridan foydalanganlik uchun soliqlar tashkil qilishi aniqlandi. Buning natijasida, ayrim davrlarda mahsulot sotishdan tushgan sof tushumga nisbatan davr xarajatlari va ishlab chiqarish xarajatlari yig‘indisining yuqoriligi ilmiy asoslandi.4.Amaldagi Nizomning bosh maqsadlaridan biri-xo‘jaliklarning soliqqa tortish bazasini to‘g‘ri aniqlashdan iboratdir. Shu sabab, Nizomda davr xarajatlariga berilgan ta'rifda, uning moliyaviy jihatlariga asosiy urg‘u berilgan. Jumladan, aksariyat mutahassislik adabiyotlarida ham mazkur me'yoriy hujjatdagi tartibdan kelib chiqqan holda xarajat elementlariga ta'riflar keltirilgan.Download 55.47 Kb. Do'stlaringiz bilan baham: |
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling