Мавзу: Диққат режа


Download 0.87 Mb.
bet36/72
Sana27.03.2023
Hajmi0.87 Mb.
#1300128
1   ...   32   33   34   35   36   37   38   39   ...   72
Bog'liq
1-ma\'ruza. Psixologiya nazariyasi va tarixi fanidan

Birinchidan, butun insoniyatning yoki bir muncha tor doiradagi kishilar jamoasining ijtimoiy-tarixiy tajribasini belgilaydi. Kichkina bola dunyoni mustaqil ravishda bilib olmaydi. U ota-onasiga savollar beradi va ular unga javob beradilar, bu javoblardan bola o‘z faoliyatini keyinchalik foydalanadigan umumiy bilimlarning faqat ozgina qismini oladi. Umumiy bilimlarning bu ozginagina qismini bola til shaklida, til yordamida so‘z belgilari tizimida hosil qila oladi. Maktabda ham xuddi shunday bo‘ladi, o‘quvchi olam haqida barcha bilimlarni o‘qituvchining tushuntirishidan yoki darslikdan, ya’ni til yordamida o‘zlashtiradi. Bu yerda til o‘zining muhim vazifalaridan birini bajaradigan, ya’ni yashash vositasi, ijtimoiy-tarixiy tajribani berish va o‘zlashtirish vositasi tarzida namoyon bo‘ladi.
Ikkinchidan, har bir alohida odamning ish-harakati va faoliyatini ko‘pincha ijtimoiy qiymatga ega bo‘lmagan o‘zga kishilarning bevosita tajribalarini belgilaydi. Masalan, men oshxona tomon yo‘l olaman. Yo‘lda o‘rtog‘im uchrab menga: «oshxona yopilgan», deydi. Shu paytda bu xabar mening faoliyatimni ma’lum bir tarzda boshqaradi: men qayrilib, boshqa oshxona tomon jo‘nayman. Bu yerda til o‘zining boshqa muhim vazifasi bilan, ya’ni vosita yoki kommunikatsiya usuli yoki olamning xatti-harakatlarini boshqaruvchi bir vosita sifatida namoyon bo‘ladi. Natijada har qanday kommunikatsiya, har qanday munosabat suhbatdoshiga ta’sir qilishdan iboratdir.
Uchinchidan, har bir alohida odamning ish-harakatlari va faoliyatlarini har bir ayrim kishilarning shaxsiy tajribasi belgilaydi. Odamning «shaxsiy» o‘z individual tajribasi boshqa kishilarning tajribalari va ijtimoiy tajribaning o‘ziga xos aralashmasidan iborat. Odam hayvondan farqli o‘laroq, o‘z harakatlarini rejalashtira oladi. Bunday rejalashtirish va umumiy fikriy masalalarni hal qilishning asosiy quroli tildir. Bu yerda biz tilning uchinchi vazifasi aqliy faoliyatning (idrok, xotira, tafakkur, xayol) quroli sifatidagi vazifasiga to‘qnash keldik. So‘z belgilari tizimi sifatida tildan nutq faoliyatida foydalaniladi.
Til va nutq bir-biriga bog‘liq hodisalardir. Ularni bir-biridan ajratib qarash asossizdir. Til nutq uchun moddiy materialdir. Shu material asosida nutq tashkil topadi. Tildagi hamma narsa til jamoasi uchun umumiy bo‘ladi. Tilda ruhiy va moddiy material mavjud. So‘z, morfema, fonemalarning kishi xotirasidagi obrazlari ruhiy material hisoblanadi. Nutq yaratish jarayonida ma’lum tovush to‘plamida namoyon bo‘ladigan so‘z shakllari, morfemalar, tovushlar moddiy materialdir. Bundan til bir tomondan moddiy hodisa bo‘lsa, ikkinchi tomondan ruhiy hodisadir, degan xulosa kelib chiqadi.
Jamoa hayotining butun sohalarini o‘zida qamragan til jamiyat taraqqiyoti bilan rivojlanib boradi. Jamiyat ehtiyojiga javob bermay qolgan til elementlari iste’moldan chiqa boradi, ular o‘rnida yangi ifoda vositalari paydo bo‘ladi. Tilda paydo bo‘lgan narsalar dastlab ayrim shaxslar nutqida ko‘rinadi, so‘ng asta-sekinlik bilan butun jamoa ongiga singadi. Ana shundan keyin, uni hamma bir xil anglaydigan, talaffuz etadigan bo‘lgach, u til ixtiyoriga o‘tadi. Aks holda alohida shaxsning nutqiga xos bo‘lib qolaveradi. Nutq tildagi mavjud ifoda vositalaridan foydalangan holda mavjudlikka (haqiqatga) aylangan fikrdir. Nutq nutq a’zolarining harakati jarayonida paydo bo‘ladi. Ruhiy hodisa bo‘lgan tilning ifoda vositalari nutq ixtiyoriga o‘tgach, haqiqatga aylanadi. Demak, nutq nutq faoliyatining mahsulidan, ma’lum shaklga kirishidan iborat.
Nutq ikki xil bo‘ladi: ichki nutq va tashqi nutq. Nutq kishi ongida ham hosil bo‘lishi mumkin. Bunda u hali reallashmagan til unsurlaridan tashkil topadi. Bu ichki nutqdir. Kishilarning og‘iz ochmasdan fikrlashi, munozara yuritishi, o‘ylashi ichki nutqqa misol bo‘ladi.
O’pkadan kelgan havoning nutq organlariga ta’siri, shu ta’sir natijasida ularning harakati bilan aniq tovushlar sifatida yuzaga keladigan nutq tashqi nutqdir. Nutq harakatdagi tildir. Nutq tilga tegishli narsalarni ma’lum vaqt bo‘lagida bir-biriga qo‘shadi, harakatga keltiradi. Nutq jamoadagi yolg‘iz shaxs tomonidan yaratiladi. Nutq jamoadagi alohida kishi yoki kishilarga qaratilgan bo‘ladi. Demak, nutq ijtimoiy hodisadir. U jamiyatdagi kishilarni birlashtirish, ma’lum maqsad sari otlantirish imkoniyatiga ega.
Muloqot inson xayoti va faoliyatining muxim shartidir. Aynan muloqot yordamida insonlar tabiatini o‘zlashtirish va o‘z individual extiyojlarini qondirish uchun birgalikda harakat qilish imkoniyatiga ega bo‘ladilar. Muloqot jarayonida inson xulq-atvorining muayyan obraz va modellari shakllanib, keyinchalik ular insonning ichiga kiradi. Shaxsning tafakkuri, olamni va o‘zining obrazini taxlil qilish xamda baxolash qobiliyati muloqot jarayonida shakllanadi. Mazkur muammoga atroflicha baxo bergan polshalik psixolog Ye.Melbruda quyidagilarni ta’kidlaydi: «Muloqot shaxslararo munosabatlarda biz uchun havodek ahamiyatga egadir».
Muloqot o‘ta murakkab jarayon bo‘lganligi sababli unga yagona to‘g‘ri
ta’rifni berish juda mushkul. Shuning uchun odatda muloqot tushunchasining
mazmuni uning ayrim tomonlariga urg‘u berish orqali ta’riflanadi.
A) muloqot - xamkorlikda faoliyat extiyoji bilan taqazolangan aloqa
o‘rnatish va uni rivojlantirish jarayoni .
B) muloqot — sub’ektlarning belgilar tizimi orqali o‘zaro ta’sirlanishuvidir.
Muloqot tushunchasini kommunikatsiya tushunchasidan farqlash lozim.
Kommunikatsiya – tirik va o‘lik tabiatdagi tizimlar o‘rtasida axborot
almashinuvini anglatadi. Xayvonlar o‘rtasidagi signallar almashinuvi,
insonning texnik vositalar bilan aloqa qilishi, bularning barchasi
kommunikatsiyaga misol buladi. Muloqot faqat insonlar o‘rtasida amalga
oshirilishi mumkin. Muloqotning inson xayotidagi axamiyati beqiyosdir.
Inson bolasi aynan boshqalar bilan muloqotda, munosabatda bo‘lish jarayonida shaxsga aylanib boradi. Muloqot orqali inson ijtimoiy tajriba va madaniyatni egallab boradi. Yangi tug‘ilgan inson boshqalar bilan muloqotda bo‘lish imkoniyatidan maxrum bo’lsa, u xech kachon shaxsga aylana olmaydi, ya’ni u o‘z psixik taraqqiyoti bo‘yicha orqada qolib ketadi. Zero, inson psixik taraqqiyoti muloqotdan boshlanadi.
Birgalikdagi faoliyat davomida odamlar turli fikrlar, o‘y-xayollar,
xis kechinmalar bilan o‘rtoqlashadilar. Bunda uy-fikrlar, xis-kechinmalarni axborot sifatida, kommunikatsiyani esa axborot almashinuvi sifatida talqin etish mumkin. Ammo shuni e’tiborga olish kerakki insonlararo kommunikatsiya shunchaki axborot almashinuvidan iborat emas. Chunki muloqot jarayonida axborot nafaqat uzatiladi, balki shaklan-tiriladi, aniqlashtiriladi, rivojlantiriladi. Demak, inson muloqotni shunchaki axborot almashinuvidan iborat jarayon deb xisoblashi mumkin emas. Zero, birinchidan muloqot jarayonida axborot bir tomondan ikkinchi tomonga shunchaki xarakatlanmaydi, balki faol almashinadi (kommunikativ jarayon ishtirokchilari bir-biriga axborot yuborayotganda bir-birining motivlari, maqsadlari, ustanovkalari va boshqalarni taxlil qiladilar); ikkinchidan muloqot jarayonida axborot almasha turib kishilar belgilar orqali bir-biriga ta’sir etishi mumkin (insonlararo axborot almashinuvida, albatta suxbatdosh xulk,-atvoriga muayyan ta’sir o‘tkaziladi); uchinchidan muloqot jarayonida kommunikator (axborot yuborayotgan odam) va resipient (axborotni qabul qilayotgan odam) bir xil kodlashgirish tizimiga ega bo‘lishi kerak, to‘rtinchidan muloqot jarayonida faqat insonlararo kommunikatsiyaga xos to‘siqlar vujudga kelishi mumkin.
Kommunikativ jarayonda qo‘llaniladigan bir necha belgilar tizimi
mavjud. Ular verbal kommunikatsiya (nutq orqali) va noverbal, ya’ni nutqsiz (nutq bilan bog‘lik bo‘lmaydigan belgilar orqali) kommunikatsiyadir.
Noverbal kommunikatsiya vositalariga yuz ifodasi, mimika, ohang, pauza, poza (holat), ko‘z yosh, kulgu va boshqalar kiradi. Bu vositalar verbal kommunikatsiyani, ya’ni so‘zni to‘ldiradi, kuchaytiradi va ba’zan uning o‘rnini bosadi. Turli yosh guruhlarida noverbal kommunikatsiya vositasi turlicha bo‘ladi. Masalan, bolalar ko‘pincha kattalarga ta’sir etish, ularga o‘z hohish va kayfiyatlarini o‘tkazishda yig‘idan vosita sifatida foydalanadilar. Axborotni so‘z bilan bayon etishning mazmuni va maqsadiga noverbal kommunikatsiya vositalarining mos kelishi muomala madaniyatining bir turidir.
Noverbal kommunikatsiyaga belgilarning optik-kinetik tizimi kirib, ularga jestlar (qo‘l harakatlari), mimika (yuz harakatlari) va pantomimika (qo‘l, oyoq, tana harakatlari) kiradi.

Download 0.87 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   32   33   34   35   36   37   38   39   ...   72




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling