Mavzu: didaktik o‘yin turlari. Bola tarbiyasida o‘yinchoqning ahamiyati mavzu rejasi


MAVZU: MAKTABGACHA TA’LIM TASHKILOTI - MAKTABGACHA YOSHDAGI BOLALAR UCHUN IJTIMOIY TARBIYA MASKANI


Download 198.72 Kb.
bet27/33
Sana29.12.2022
Hajmi198.72 Kb.
#1072221
1   ...   23   24   25   26   27   28   29   30   ...   33
Bog'liq
S.MTM-EU-20 Maktabgacha pedagogika

MAVZU: MAKTABGACHA TA’LIM TASHKILOTI - MAKTABGACHA YOSHDAGI BOLALAR UCHUN IJTIMOIY TARBIYA MASKANI
Mavzu rejasi:

  1. Pedagogik jarayonni rejalashtirish vazifalari.

  2. Ta’lim-tarbiya ishlarini rejalashtirish mazmuni.

  3. MTTda qisqa muddatli guruhlarni tashkil qilish.

  4. Turli tipdagi MTTlari tashkiliy tuzilmasi.

  5. Umumiy tipdagi davlat va nodavlat MTTlarini tashkil qilish


Tayanch iboralar: umumiy tipdagi davlat maktabgacha ta’lim tashkilotlari; umumiy nodavlat maktabgacha ta’lim tashkilotlari; yuridik shaxslar; MTT maqsadi; MTTning huquqlari; qisqa muddatli guruhlar; MTTning vazifalari; MTTni boshqarish; bolalarni qabul qilish; MTTni moliyalashtirish; moddiy texnik ta’minot; pedagogika kengashi; kuzatuv kengashi. qamrab olinmagan bolalar; qisqa muddatli guruhlar; tibbiy ko‘rsatmalar; rivojlantirish guruhi; majburiy tayyorlov guruhi; inklyuziv guruh; kechki guruh; dam olish guruhi; bayram kunidagi guruh.

O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining "Maktabgacha ta’lim tizimini boshqarishni takomillashtirish chora-tadbirlari to‘g‘risida" 2018 yil 30 sentyabrdagi PQ-3955-son qaroriga muvofiq, shuningdek, maktabgacha ta’lim tizimini yanada takomillashtirish, sog‘lom, faol, to‘laqonli, jamiyatga moslashgan bola shaxsini shakllantirish, o‘sishida turli nuqsonlari bo‘lgan bolalarni, shuningdek reabilitatsiya qilish va sog‘lomlashtirishga muhtoj bolalarni o‘qitish, tarbiyalash va integratsiya qilish uchun qulay muhit yaratish maqsadida Vazirlar Mahkamasi tomonidan 2019 yil 13 mayda «Maktabgacha ta’lim tashkilotlari faoliyatini yanada takomillashtirish chora-tadbirlari to‘g‘risida»gi 391-sonli Qaror qabul qilindi. Qarorda «Maktabgacha ta’lim tashkilotlaridagi qisqa muddatli guruhlar to‘g‘risida»gi Nizom 2-ilovaga muvofiq tasdiqlandi.


Shuningdek, 2020 yil 9 martda Vazirlar Mahkamasining 132-sonli «Bolalarni boshlang‘ich ta’limga majburiy bir yillik tayyorlash tizimini yanada rivojlantirish chora-tadbirlari to‘g‘risida»gi Qarori ham kuchga kirdi. O‘zbekiston Respublikasi Maktabgacha ta’lim vazirligining bolalarni boshlangich ta’limga majburiy bepul bir yillik tayyorlashni amalga oshirish borasidagi asosiy vazifalari etib quyidagilar belgilansin:
maktabgacha ta’lim bilan qamrab olinmagan bolalar uchun tayyorlov guruhlarini shakllantirish;
tayyorlov guruhlarining o‘quv-tarbiya jarayoniga zamonaviy itsnovatsion rredagogik texnologiyalarni, ta’lim va tarbiyaning samarali shakllari hamda usullarini joriy etish;
tayyorlov ryruhlarini milliy madaniy-tarixiy qadriyatlarni aks ettiradigan va bolalikdan kitob o‘qishga kizikishni oshiradigan o‘quv-metodik, didaktik materiallar, rivojlantiruvchi o‘yinlar xamda o‘yinchoklar, badiiy adabiyotlar bilan ta’minlash;
ilg‘or xorijiy tajribani hisobga olgan holda, maktabgacha ta’lim bilan qamrab olinmagan bolalarning davlat talablariga muvofiq har tomonlama aqliy, axloqiy, estetik va jismoniy kamop topishi uchun shart-sharoitlar yaratish;
tayyorlov guruhlarini tashkil etishda makrabgacha talimning muqobil shakllarini keng joriy etish;
davlat maktabgacha ta’lim tashkilotlari hamda maktabgacha ta’lim soxasida xam ta’lim xizmatlarini ko‘rsatuvchi boshqa davlat tashkilotlarining moddiy-texnik bazasini mustahkamlash.
«Maktabgacha ta’lim tashkilotlaridagi qisqa muddatli guruhlar to‘g‘risida”gi
NIZOM maktabgacha ta’lim tashkilotlaridagi maktabgacha yoshdagi bolalar qisqa muddatli guruhlari maqsadlari, vazifalar va faoliyatini tashkil etish tartibini belgilaydi.
Qisqa muddatli guruhlar faoliyati maktabgacha ta’lim tashkilotlari ustavi bilan tartibga solinadi. Qisqa muddatli guruhlar maktabgacha ta’lim tashkilotiga bormaydigan bolalarning to‘laqonli kamol topishini ta’minlash, ularni tengdoshlari va kattalar davrasiga moslashtirish uchun mo‘ljallangan.
Davlat maktabgacha ta’lim muassasalarida tashkil etilgan qisqa muddatli guruhlarda bolalarning bo‘lishi uchun to‘lov qonun hujjatlarida belgilangan miqdorlarda amalga oshiriladi. Nodavlat maktabgacha ta’lim tashkilotlarida tashkil etilgan qisqa muddatli guruhlarda bolalarning bo‘lishi uchun to‘lov muassis tomonidan belgilanadigan narxlar va tariflar bo‘yicha belgilanadi, bundan qonun hujjatlarida belgilangan hollar mustasno.
QISQA MUDDATLI GURUHLAR MAQSADLARI VA VAZIFALARI
Qisqa muddatli guruhlar maqsadlari  bolalarning maktabgacha ta’limga to‘liq jalb etilishini va maktabgacha ta’lim tashkilotlariga bormaydigan bolalar maktabgacha ta’lim olishda teng imkoniyatlardan foydalanishini ta’minlashdan iborat.
Qisqa muddatli guruhlarning asosiy vazifalari quyidagilardan iborat:
bolaning jismoniy, aqliy va ma’naviy kamol topishini saqlash va mustahkamlash;
bolaning shaxsini shakllantirish, uning ijodiy qobiliyatlarini rivojlantirish, bolaning o‘ziga xos xususiyatlarini hisobga olib, uning ijtimoiy tajriba orttirishini ta’minlash;
bolaning yosh va o‘ziga xos imkoniyatlari, qobiliyatlari va ehtiyojlariga qarab har tomonlama kamol topishini ta’minlash;
bolani shakllantirishda, tarbiyalashda va o‘qitishda oilaga har tomonlama yordam berish;
bolalarning bilim orttirishini, ijtimoiy-shaxsiy, badiiy-estetik va jismoniy kamol topishini ta’minlash.
QISQA MUDDATLI GURUHLAR TASHKIL ETISH, ULARGA QABUL QILISH VA ULARNI TO‘LDIRISH TARTIBI
Qisqa muddatli guruhlar maktabgacha ta’lim tashkilotlarida foydalanilmaydigan xonalar bo‘lganda tashkil etiladi. Nodavlat maktabgacha ta’lim tashkilotlaridagi qisqa muddatli guruhlarga bolalar ularning ota-onalari yoki ularning o‘rnini bosuvchi shaxslarning (keyingi o‘rinlarda qonuniy vakillar deb ataladi) arizasi va bola sog‘lig‘i holati to‘g‘risidagi tibbiy xulosa asosida qabul qilinadi.
Davlat maktabgacha ta’lim tashkilotlaridagi qisqa muddatli guruhlarga bolalar quyidagilar asosida qabul qilinadi:
bolaning qonuniy vakili arizasi;
O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasi tomonidan belgilangan tartibda vakolatli organ bergan yo‘llanma;
bola sog‘lig‘i holati to‘g‘risidagi tibbiy ma’lumotnoma.
Davlat maktabgacha ta’lim tashkilotlaridagi qisqa muddatli guruhlar o‘z faoliyatini davlat maktabgacha ta’lim tashkiloti rahbarining buyrug‘i asosida amalga oshiradi.
Nodavlat maktabgacha ta’lim tashkilotlaridagi qisqa muddatli guruhlar o‘z faoliyatini bolaning qonuniy vakillari bilan shartnoma asosida amalga oshiradi.
Bitta xonada ko‘pi bilan 3 ta qisqa muddatli guruh faoliyatini uchta smenada tashkil etishga yo‘l qo‘yiladi.  Qisqa muddatli guruhlar maktabgacha ta’lim tashkilotlarining sanitariya-gigiena talablariga va yong‘in xavfsizligi qoidalariga javob beradigan xonalarida tashkil etiladi.
Davlat maktabgacha ta’lim tashkilotlaridagi qisqa muddatli guruhlarga 3 yoshdan 7 yoshgacha bo‘lgan bolalar qabul qilinadi. Nodavlat maktabgacha ta’lim tashkilotlaridagi qisqa muddatli guruhlarga 2 yoshdan 7 yoshgacha bo‘lgan bolalar qabul qilinadi.  Qisqa muddatli guruhlar ham bir xil yoshdagi, ham turli yoshdagi bolalar bilan to‘ldirilishi mumkin.
Bolalarni qisqa muddatli guruhlardan chiqarib yuborish maktabgacha ta’lim tashkiloti rahbarining buyrug‘i bilan rasmiylashtiriladi va:
bola qonuniy vakilining arizasi bo‘yicha;
tibbiy ko‘rsatmalar bo‘yicha;
bola maktabgacha ta’lim tashkilotining to‘liq kunli guruhiga joylashtirilganda amalga oshiriladi. Bu haqda qisqa muddatli guruhga boradigan bolaning qonuniy vakillari maktabgacha ta’lim tashkilotiga yo‘llanma olgan kundan boshlab 14 kun ichida maktabgacha ta’lim tashkilotining rahbarini xabardor qilishi shart.
Qisqa muddatli guruhlarning ishlash tartibi maktabgacha ta’lim tashkilotining ustavida va bolaning qonuniy vakili bilan tuziladigan shartnomada belgilanadi.
Davlat maktabgacha ta’lim tashkilotlarida qisqa muddatli guruhlarning quyidagi turlari faoliyat ko‘rsatishi mumkin:
rivojlantirish guruhi;
bolalarni boshlang‘ich ta’limga bir yil majburiy bepul tayyorlov guruhi;
inklyuziv guruh;
kechki, dam olish va bayram kunidagi guruh.
Rivojlantirish guruhi 3 yoshdan 7 yoshgacha bo‘lgan bolalar uchun ularni har tomonlama kamol toptirish, tengdoshlari va kattalar davrasiga moslashtirish maqsadida tashkil etiladi. Rivojlantirish guruhi kamida 20 nafar va ko‘pi bilan 30 nafar bola bilan to‘ldiriladi.
Bolalarni boshlang‘ich ta’limga bir yil majburiy bepul tayyorlov guruhi 5-6 yoshdagi bolalar uchun (umumta’lim muassasalariga qabul qilishdan bir yil avval) maktabgacha ta’lim tashkilotlariga bormaydigan bolalarga maktabgacha ta’lim va tarbiya olishida yordam berish maqsadida, shuningdek, bolalarni umumta’lim muassasalarida o‘qishga tayyorlash va teng imkoniyatlar yaratish maqsadida tashkil etiladi.
Bolalarni boshlang‘ich ta’limga bir yil majburiy bepul tayyorlov guruhi ko‘pi bilan 30 nafar bola bilan to‘ldiriladi.
Bolalarni boshlang‘ich ta’limga bir yil majburiy bepul tayyorlov guruhi ko‘pincha maktabgacha ta’lim tashkilotlari negizida, shuningdek, bo‘sh turgan xonalar bo‘lsa - umumta’lim maktablari, kasb-hunar kollejlari, "Barkamol avlod" bolalar markazlari, fuqarolarning o‘zini o‘zi boshqarish organlari, madaniyat markazlari, bolalar musiqa va san’at maktablari negizida tashkil etiladi;
Inklyuziv guruh 2 yoshdan 7 yoshgacha bo‘lgan bolalar uchun o‘ziga xos ehtiyojlari bor bolani jamiyatga moslashtirishni ta’minlash, bolaning qonuniy vakillariga maslahat-metodik ko‘maklashish, o‘ziga xos ehtiyoji bor bolalarning bunday zaiflikka ega bo‘lmagan bolalar bilan birga o‘qishi uchun qulay shart-sharoitlar yaratish maqsadida tashkil etiladi.
Kechki, dam olish va bayram kunidagi guruh 3 yoshdan 7 yoshgacha bolalar uchun bolalarni tarbiyalash, ta’lim berish, parvarishlash va ularga qarab turish masalalarida qonuniy vakillarga yordam berish maqsadda tashkil etiladi. Kechki, dam olish va bayram kunidagi guruh ko‘pi bilan 15 nafar bola bilan to‘ldiriladi.
Nodavlat maktabgacha ta’lim tashkilotlariga qisqa muddatli guruhlar turiga qarab 7 yoshgacha bo‘lgan bolalar qabul qilinishi mumkin.
Maktabgacha ta’lim tashkilotlarida qonun hujjatlariga muvofiq qisqa muddatli guruhlarning boshqa turlari tashkil etilishi mumkin.
Davlat maktabgacha ta’lim tashkilotlaridagi qisqa muddatli guruhlar uchun quyidagi shtat birliklari belgilanadi:
bitta guruh uchun - 0,5 birlik tarbiyachi va 0,5 birlik tarbiyachi yordamchisi;
ikkita guruh uchun - 0,25 birlik tibbiy hamshira va 0,25 birlik musiqa rahbari.
Qisqa muddatli guruhlar faoliyati tashkil etilgan maktabgacha ta’lim tashkiloti quyidagilar uchun javob beradi:
bolaning huquqlari va qonuniy manfaatlarini ta’minlash;
bolalar maktabgacha ta’lim tashkilotida bo‘lgan vaqtida ularning hayoti himoya qilinishini va sog‘lig‘i mustahkamlanishini tashkil etish;
ta’lim-tarbiya jarayonini tashkil etishda qo‘llaniladigan shakllar, usullar va vositalarning bolalarning yosh, ruhiy va fiziologik xususiyatlari, qiziqishlari, qobiliyatlari, manfaatlari va ehtiyojlariga muvofiqligi;
bolalarni umumta’lim muassasalaridagi boshlang‘ich ta’limga shaxsga yo‘naltirilgan yondashuvni qo‘llagan holda tayyorlash sifati;
bolalarni umumta’lim muassasalaridagi boshlang‘ich ta’limga shaxsga yo‘naltirilgan yondashuvni qo‘llagan holda tayyorlash sifati;
umumta’lim dasturlarini amalga oshirishni tegishli sifatda va belgilangan hajmda ta’minlamaslik.
QISQA MUDDATLI GURUHLARDA TA’LIM-TARBIYA JARAYONINI

Download 198.72 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   23   24   25   26   27   28   29   30   ...   33




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling