Mavzu. Don maxsulotlari korxonalari bilan tanishish. Don sanoati korxonalari texnologik jaroyonlari bilan tanishish Reja


Donning sirtqi qatlamiga oqlash uskunasi yordamida ishlov


Download 37.29 Kb.
bet3/4
Sana08.03.2023
Hajmi37.29 Kb.
#1253762
1   2   3   4
Bog'liq
Mavzu-10

Donning sirtqi qatlamiga oqlash uskunasi yordamida ishlov berish

Donga oqlash uskunalari yordamida ishlov berilganda, uning yuzasidagi kesakchalar maydalanib, soqolchalari ishqala-nishi natijasida kamayib, murtak qismi ham ajratiiadi. Donning ustki qatlamiga ishlov berish uchun abraziv yuzali, mashinadan foydalaniladi. Cho'tkalash mashinasining ishchi qismlari 3 — 6 mm, bichevoy barabanning aylanishi esa 300 — 325 ayl/min. ga teng. Oqlash mashinalaridagi aspiratsiya jarayoni va magnit us­kunalari qoidada talab qilingandek bo'lishi kerak. Chunki ishlov berish jarayonida ajralgan don qobiqlari mashina ichida to'pla-nib qolishi mumkin. Magnit uskunalarini oqlash mashinalaridan oldin qo'yish turli xavfli hodisalar (yong'in)ning oldini oladi.


Donning sirtqi qimiga don yuvadigan uskuna yordamida ishlov berish
Donlarga suv bilan ishlov berish uchun namlovchi (suvni purkab va changlatib beruvchi) uskunalar ishlatiladi. Mashina-larni ishlatish vaqtida quyi-dagilarga e'tibor beriladi:
-don namligini 0,1 dan 3,5 % gacha ko'tarish uchun zarur bo'lgan suv sarfini hisoblash;
- don ustki qismining bir tekis namlanishi.
Don yuvish uskunasida quyidagi jarayonlar amalga oshi­riladi:

  • donni yuvish, uning sirtqi qismini mog'or, mikroorga-nizrnlardan tozalash;

  • turli hidlarni ketkazish;

  • mineral chiqindilardan tozalash;

  • yengil organik chiqindilardan tozalash;

  • donni soqoldan tozalash va meva qobig'ini ajratish;

  • donni suvsizlantirishda foydalanilgan suvni tabiiy holda chiqarib yuborish;

  • mexanik sentrifuga yoki aerodinamik usulda donning namiigini kamaytirish.

Bu mashinani, asosan, navli imlar tortish uchun don toza-
laydigan sexda donni dimlash oldidan qo'yiladi.
Donning sirtqi qismiga intensiv usulda ishlov berish
Donning endospermidan navii un moddasi va uning ustki qismidan kepak olinadi. Shuning uchun mutaxassislar donning ustki qatlamlarini oldindan ajratib olib, un oiish jarayonlarini qisqartirmoqchi bo'iadiiar. Lekin donga "borozdka" va aleyrcn qatlami, juda qattiq yopishganligi sababli, bu jarayon murakkab-ligicha qolmoqda.
Shuning uchun amaliyotda donni oldindan Al-ZShN-3 uskunasi yordamida oqlash yaxshi natija bera boshladi. Oddiy navli un olishda donning 2 — 3 % meva qobig'i shilib olinadi, bunda kletchatka miqdori 0,9 — 1 % kamayib, uning rangi yax-shilanib, sifati oshadi. Al-ZShN-3 uskunasi doimo to'xtovsiz ishlab turishi uchun uni don bunkeridan so'ng qo'yiladi (9 -rasm).
Donlarni oqlash natijasida ularning tuzilishi, mexanik, fi-zik - kimyoviy va texnologik xususiyatlari keskin o'zgaradi.
Donning ustki qatlamlarini tozalash natijasida uning mus-tahkamligi pasayib, texnologik jarayonlarda elektr quwati kam sarf bo'lishiga olib keladi. Oqlangan don o'ziga namni tez tortib oladi, endospermida biokimyoviy jarayonlar tezlashadi. Bu jara-yonda donning kul moddasi kamayishi bilan birga, undagi mik-robiologik urug'lanish 4-5 marta kamayadi.
Un va yorma zavodiarida donlarning boshlang'ich tarkibi o'zgartirilib, uiar texnologik talablarga mos bo'lishi uchun suv, issiqlik bilan gidrotermik (GTI) ishlov beriiadi. Korxonalarga keltirilgan donning namligi o'rtaciia bolib, endosperm va qobi-g'i turli mexanik tuzilishga ega bo'ladi. Shuning uchun ularni bir-biridan ajratish qiyin, agar ularga ishlov berilmasdan mahsu-lot ishlab chiqarilsa, uning sifati past bo'ladi.
GTI jarayoni, endosperm bilan qobiqning xususiyatini keskin o'zgartiradi. Un tegirmonlarida endospermning mustah- v kamligini kamaytmb, qobiqning mustahkamligini oshiradi. Yor­ma zavodiarida buning teskarisi, ya'ni mag'izning mustahkamli­gini oshirib, qobiqning mustahkamligini pasaytiriladi. Tegirmon-larda bu jarayon qanchalik tez amalga oshirilsa, don tarkibi shunchalik tez o'zgaradi. Donning texnologik tarkibini o'zgarti-rish GTining qaysi usulini qo'llashga bog'liq. Bu o'zgarishlar qanchalik ijobiy bo'lsa, un va yorma ishlab chiqarish jarayonlari shuncha samarali bo'ladi.




Download 37.29 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   2   3   4




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling