Mavzu: Ekologiya sohasidagi jinoyatlar
Download 44.25 Kb.
|
Ekologiya sohasidagi jinoyatlar
- Bu sahifa navigatsiya:
- Obyektiv tomondan
- Subyektiv tomondan
- Jinoyatning subyekti maxsus bo’lib
Jinoyatning subyekti o’n sakkiz yoshga to’lgan, yuqorida ko’rsatilgan ma’lumotlarni taqdim etishga maxsus vakolatli bo’lgan shaxs bo’lishi mumkin. Bunday shaxslarga rahbarlar, ularning o’rinbosarlari, bosh muhandislar, atrof muhitni muhofaza qilish inspektorlari hamda atrof muhitning ehtimol tutilgan ifloslanishi bilan bog’liq bo’lgan ishlar xavfsizligiga mas’ul bo’lgan, bunday ma’lumotlarni mustaqil ravishda taqdim etish huquqiga ega korxona xodimlari kiradi.
Agar JK 194-moddasi 1-qismi dispozisiyasida ko’rsatilgan harakatlar natijasida bitta odam o’lsa ham, sharhlanayotgan moddaning 2-qismi bo’yicha javobgarlik yuzaga keladi. 2.2 Atrof tabiiy muhitning ifloslanishi oqibatlarini bartaraf qilish choralarini ko’rmaslik jinoyatining yuridik tahlili. (O’zR JK 195-moddasi) Jinoyat obyekti O’zbekiston Respublikasida ekologik barqarorlikni ta’minlash sohasida yuzaga keladigan va shakllanadigan ijtimoiy munosabatlardir. Bevosita obyekti atrof tabiiy muhit, ekologik xavfsizlik hisoblanadi. Inson hayoti yoki sog’lig’i, davlatimizning iqtisodiy manfaatlari fakultativ obyekt bo’lishi mumkin. Obyektiv tomondan ekologiyasi ifloslangan joylarni dezaktivasiya qilish yoki boshqacha tarzda tiklash choralarini ko’rishdan bo’yin tovlash yoxud bunday ishlarni yetarli darajada bajarmaslik odamlarning ommaviy ravishda kasallanishi, hayvonlar, parrandalar yoki baliqlarning qirilib ketishi yoki boshqacha og’ir oqibatlarga sabab bo’lgan jinoiy harakatlarda ifodalanadi. Tahlil qilinayotgan jinoyat faol harakat va harakatsizlik orqali sodir etilishi mumkin. Subyektiv tomondan jinoyat qasddan yoki ehtiyotsizlikdan sodir etilishi mumkin (masalan, qasddan xizmat vazifasini bajarishdan bo’yin tovlash, o’zining majburiyatiga beparvo yoki o’ziga o’zi ishongan holda munosabatda bo’lish, yoxud harakatga nisbatan qasddan, kelib chiqqan oqibatga nisbatan esa ehtiyotsizlikdan – aybning murakkab shakli). Jinoyatning subyekti maxsus bo’lib – o’n sakkiz yoshga to’lgan, xizmat, professional yoki boshqa funksiyalarni bajarish munosabati bilan ekologiyasi ifloslangan joylarni dezaktivasiya qilish yoxud boshqacha tarzda tiklash choralarini ko’rish vazifasi yuklatilgan shaxs. Ularga korxona, muassasa rahbarlari, bosh muhandislar, ularning o’rinbosarlari va hokazolar kiradi. Download 44.25 Kb. Do'stlaringiz bilan baham: |
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling