Mavzu: Ekologiya sohasidagi jinoyatlar


Veterinariya yoki zootexnika qoidalarini buzish jinoyatining yuridik tahlili


Download 44.25 Kb.
bet8/11
Sana18.02.2023
Hajmi44.25 Kb.
#1213482
1   2   3   4   5   6   7   8   9   10   11
Bog'liq
Ekologiya sohasidagi jinoyatlar

6. Veterinariya yoki zootexnika qoidalarini buzish jinoyatining yuridik tahlili.
(O’zR JK 200-moddasi)
Jinoyatning bevosita obyekti chorvachilik sohasidagi ekologik huquq-tartibotni ta’minlash maqsadida belgilangan veterinariya va zootexnik qoidalarni tartibga soluvchi hamda ekologik xavfsizlik, insonlar hayoti va sog’lig’i, atrof tabiiy muhitni muhofaza qilishga qaratilgan ijtimoiy munosabatlardir.
Jinoyatning predmeti yovvoyi va uy hayvonlaridir.
Obyektiv tomondan hayvon yoki parrandalar epidemiyasi (epizootiya) tarqalishiga, ularning yalpi qirilib ketishiga yoki boshqacha og’ir oqibatlar kelib chiqishiga sabab bo’lgan veterinariya qoidalarini buzish harakatlari yoki harakatsizlik bilan sodir etilishi mumkin (masalan, profilaktik tadbirlar o’tkazish bo’yicha belgilangan talablarga rioya qilmaslik, yuqumli kasalliklarga chalingan hayvonlar va ularning mahsulotlarini, chorvadan olingan xom ashyoni sotish, kasal molni so’yishdan bo’yin tovlash va hokazolar shular jumlasidandir).
Mazkur modda dispozisiyasi blanket (havolaki)dir. Qilmishni kvalifikasiya qilishda aybdor shaxs tomonidan veterinariya yoki zootexnika qoidalarining aynan qaysi bandi buzilganligi aniqlanishi zarur.
Veterinariya qoidalari va talablari buzish harakat va harakatsizlik ko’rinishlarida sodir etilishi mumkin.
Jinoyat sharhlanayotgan modda dispozisiyasida ko’rsatilgan oqibatlardan biri kelib chiqqan paytdan e’tiboran tugallangan hisoblanadi.
Subyektiv tomondan veterinariya qoidalarini buzish egri qasddan ham, o’ziga o’zi ishonish yoki beparvolik shaklidagi ehtiyotsizlik bilan ham sodir etilishi mumkin.
Jinoyatning motivi kvalifikasiyaga ta’sir ko’rsatmaydi.
Jinoyat subyekti o’n olti yoshga to’lgan har qanday aqli raso shaxs bo’ladi. Mansabdor shaxslar ham – chorvachilik va parrandachilik xo’jaliklari, veterinariya-sanitariya nazorati rahbarlari, shuningdek, alohida fuqarolar ham (chorva va parranda egalari, karantin kordon o’rnatilgan hududdagi cheklovlarni buzib o’tuvchi transport vositalari haydovchilari va boshqalar) veterinariya yoki zootexnika qoidalarini buzish subyekti bo’lishi mumkin.



Download 44.25 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   2   3   4   5   6   7   8   9   10   11




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling