Mavzu: Ekologiya sohasidagi jinoyatlar
JK 198-moddasi 3-qismining obyektiv tomoni
Download 44.25 Kb.
|
Ekologiya sohasidagi jinoyatlar
- Bu sahifa navigatsiya:
- Tahlil qilinayotgan moddaning 4-qismi
JK 198-moddasi 3-qismining obyektiv tomoni: ekinzor, o’rmon yoki boshqa dov-daraxtlarga qasddan shikast yetkazish, ularni payhon qilish, nobud qilish; oqibat – ko’p miqdorda zarar yetkazish, shuningdek, harakat bilan kelib chiqqan oqibat o’rtasidagi sababiy bog’lanishdan iborat.
Jinoyatning subyektiv tomoni – qasd, shaxs o’z qilmishining ijtimoiy xavflilik xususiyatini anglagan va uning ijtimoiy xavfli oqibatlar – ekinzor, o’rmon yoki boshqa dov-daraxtlarga shikast yetkazish, ularni payhon qilish, nobud qilishning yuz berishini istagan va ongli ravishda yo’l qo’ygan va bunga beparvo munosabatda bo’ladi. Jinoyat subyekti ushbu moddadagi barcha hollarda o’n olti yoshga to’lgan shaxs hisoblanadi. O’rmonda va unga yaqin joyda ishlaganda yong’inga qarshi xavfsizlik choralariga rioya qilmagan, yoki xizmat vakolatidan o’rmonni kesish uchun yoxud boshqa yo’l bilan ko’p miqdorda zarar, og’ir oqibatlar keltirib chiqarish uchun foydalangan mansabdor shaxslar JK 205, 206, 207-moddalari bilan jinoyatlar majmui bo’yicha javobgarlikka tortiladilar. Tahlil qilinayotgan moddaning 4-qismiga muvofiq, «yetkazilgan moddiy zarar uch karra miqdorida qoplangan taqdirda, ozodlikdan mahrum qilish tariqasidagi jazo qo’llanilmaydi». 5. O’simliklar kasalliklari yoki zararkunandalari bilan kurash talablarini buzish jinoyatining yuridik tahlili. (O’zR JK 199-moddasi) Jinoyat bevosita obyekti ekologik huquqiy tartibot va ekologik xavf-sizlik ta’minlanishiga qaratilgan o’simliklar kasalliklari va zararkunan-dalari bilan kurashish bo’yicha o’rnatilgan qoidalar va talablarni tartibga solish borasidagi ijtimoiy munosabatlar hisoblanadi. Jinoyatning predmeti madaniy ko’chatlar, tabiiy o’rmonlar va boshqa o’simliklar bo’lishi mumkin. Obyektiv tomondan jinoyat o’simliklar kasalliklari yoki zararkunan-dalariga qarshi kurash talablarini buzish og’ir oqibatlarga sabab bo’lishida ifodalanadi. Mazkur modda dispozisiyasi blanket (havolaki)dir. Og’ir oqibatlarning boshlanishi vaqtidan jinoyat tugallangan hisoblanadi jinoyatning qay darajada og’irligi sud tomonidan belgilanadi. O’simlik kasalliklari va zararkunandalari bilan kurashish talablarini buzishning subyektiv tomoni: egri qasd bo’lib – shaxs o’z qilmishlarining qonunga xilofligini anglaydi, ijtimoiy xavfli oqibatlar kelib chiqishi mumkinligini ko’ra oladi va ongli ravishda yo’l qo’yadi yoki bunga befarq munosabatda bo’ladi, yoxud ehtiyotsizlikdan – shaxs bunday jinoyatning og’ir oqibatlari kelib chiqishi mumkinligini oldindan ko’ra oladi va bunday oqibatlar kelib chiqmasligiga assosiz ishonib, ongli ravishda ehtiyot choralarni ko’rmaydi yoki o’z harakatlarining bunday oqibatlarini ko’rishi lozim va mumkin bo’lgan vaziyatda, ularni oldindan ko’ra olmaydi. Jinoyatning subyekti o’n olti yoshga to’lgan har qanday aqli raso shaxs bo’lishi mumkin. Aksariyat hollarda, agronomlar, brigadirlar va shu kabi mutaxassislar tahlil qilinayotgan jinoyatning subyekti bo’ladilar. O’simlik kasalliklari yoki zararkunandalariga qarshi kurash talablarini o’z mansab vakolatidan foydalangan holda buzgan mansabdor shaxslar mansabdorlik jinoyati uchun jinoiy javobgarlikka tortilishlari kerak. Download 44.25 Kb. Do'stlaringiz bilan baham: |
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling