Mavzu: Ekologiya sohasidagi jinoyatlar
, Zararli kimyoviy moddalar bilan muomalada bo’lish qoidalarini buzish jinoyatining yuridik tahlili
Download 44.25 Kb.
|
Ekologiya sohasidagi jinoyatlar
- Bu sahifa navigatsiya:
- predmeti
- JK 201-moddasining 2-qismi
7, Zararli kimyoviy moddalar bilan muomalada bo’lish qoidalarini buzish jinoyatining yuridik tahlili.
(O’zR JK 201-moddasi) Jinoyat bevosita obyekti inson hayoti va sog’lig’ini himoya qilishni, farovon tabiiy muhitni ta’minlashni o’z ichiga oluvchi ekologik xavfsizlik muhofazasi manfaatlari hisoblanadi. Kimyoviy va biologik moddalar, mineral o’g’itlar va preparatlar jinoyat predmeti bo’lishi mumkin. Obyektiv tomondan jinoyat o’simliklarni himoya qilishning kimyoviy vositalari, mineral o’g’it, o’sish biostimulyatori yoki boshqa kimyoviy dorilarni ishlab chiqarish, saqlash, tashish yoki ulardan foydalanish qoidalarini buzish odamlarning ommaviy kasallanishi, hayvonlar, parrandalar yoki baliqlarning qirilib ketishi yoxud boshqacha og’ir oqibatlarning kelib chiqishida ifodalanadi. Ushbu modda dispozisiyasi blanketli bo’lib, qonunning har bir alohida buzilgan hollarida zararli kimyoviy moddalar bilan muomalada bo’lishning qaysi qoidasi buzilganligini aniqlash zarur bo’ladi. JK 201-moddasi 1-qismining dispozisiyasida sanab o’tilgan oqibatlardan loaqal bittasi ro’y bergan paytdan e’tiboran jinoyat tugallangan hisoblanadi. Jinoyatning subyektiv tomoni aybning egri qasd yoki ehtiyotsizlik shaklida sodir etiladi. Jinoyat subyekti har qanday o’n olti yoshga to’lgan aqli raso shaxs, shu jumladan zararli kimyoviy moddalar bilan ishlash uchun mas’ul mansabdor shaxslar (korxona, laboratoriya, mehnatni muhofaza qilish va texnika xavfsizligi bo’yicha rahbarlar va hokazolar) bo’lishi mumkin. JK 201-moddasining 2-qismi odam o’lishi tarzidagi og’ir oqibatni nazarda tutadi, shu sababli og’irroq javobgarlikni keltirib chiqaradi. 8. Hayvonot yoki o’simlik dunyosidan foydalanish tartibini buzish jinoyatining yuridik tahlili. (O’zR JK 202-moddasi) Jinoyat bevosita obyekti O’zbekiston hududida tarqalgan hayvonot va o’simliklar dunyosi muhofazasini, ular yashaydigan normal ekologik muhitni ta’minlash hamda bioresurslar va o’simliklardan oqilona foydalanishni ta’minlash bo’yicha, shuningdek, atrof tabiiy muhitning ajralmas qismi sifatida hayvonot va o’simlik dunyosining irsiy fondini saqlash sharoitlarini yaratish bo’yicha munosabatlar hisoblanadi. Jinoyat predmeti yovvoyi, uy hayvonlari, parrandalar, har qanday baliqlar va boshqa turdagi hayvonlar, shuningdek, dorivor, iste’molbop, manzarali o’simliklar yovvoyi turlarining har qanday xillari hisoblanadi. Jinoyatning obyektiv tomoni: 1) ovchilik qoidalarini; 2) baliqchilik yoki hayvonot dunyosining boshqa turlarini ushlash qoidalarini; 3) noyob hayvonlarni tutishning belgilangan tartibi yoki shartlarini; 4) o’simliklarning dori-darmon, iste’molbop va manzarali (dekorativ) turlarini yig’ish yoki tayyorlashning belgilangan tartibini; 5) maxsus qo’riqlanadigan tabiiy hududlardagi hayvonot va o’simlik olamidan foydalanish tartibini buzish ancha miqdorda zarar yetkazilishiga sabab bo’lishida ifodalanadi. Ushbu modda ham blanket dispozisiyali bo’lib, unda javobgarlik nazarda tutilgan qilmish sodir etilgan yoki etilmaganligini aniqlash uchun boshqa normativ hujjatlarga murojaat qilish lozim bo’ladi. JK 202-moddasining 1-qismidagi jinoyat, ancha miqdordagi zarar yetkazilgan paytdan boshlab tugallangan hisoblanadi. Download 44.25 Kb. Do'stlaringiz bilan baham: |
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling