Mavzu: Ekologiya sohasidagi jinoyatlar


Ekinzor, o’rmon yoki boshqa dov-daraxtlarga shikast


Download 44.25 Kb.
bet6/11
Sana18.02.2023
Hajmi44.25 Kb.
#1213482
1   2   3   4   5   6   7   8   9   10   11
Bog'liq
Ekologiya sohasidagi jinoyatlar

4. Ekinzor, o’rmon yoki boshqa dov-daraxtlarga shikast
yetkazish yoki ularni nobud qilish jinoyatining yuridik tahlili.
(O’zR JK 198-moddasi)
Jinoyatning bevosita asosiy obyekti o’rmon, ekinzor va boshqa dov-daraxtlarni atrof tabiiy muhitning tabiiy qismi va boyligi sifatida ulardan tegishli darajada foydalanish yo’li bilan saqlashni ta’minlash sohasida yuzaga keladigan va shakllanadigan ijtimoiy munosabatlardir.
Jinoyat sodir etilishi natijasida nobud bo’lgan meva, mahsulotlarga bo’lgan mulk huquqi qo’shimcha bevosita obyekt bo’lishi mumkin.
Jinoyatning predmeti o’rmonlardagi daraxt, butazorlarning har xil turlari hamda o’rmon fondiga kirmaydigan yoki kesish taqiqlangan daraxtlar, butazor, ekinzor va boshqa dov-daraxtlardir.
JK 198-moddasining 1-qismida nazarda tutilgan jinoyat, agar olov bilan ehtiyotkorona munosabatda bo’lmaslik natijasida ekinzor, o’rmon yoki boshqa dov-daraxtlarga ko’p miqdordagi zarar yetkazilsa yoki ular nobud qilinsa yoxud boshqa og’ir oqibatlar kelib chiqsa, tugallangan jinoyat deb topiladi.
Subyektiv tomondan tahlil etilayotgan moddaning 1-qismi aybning ehtiyotsizlik shaklida ifodalanadi.
JK 198-moddasining 2-qismi obyektiv tomon sifatida shaxsning o’rmon yoki boshqa dov-daraxtlarni qonunga xilof ravishda kesishi natijasida ko’p miqdorda zarar kelib chiqishida ifodalangan huquqqa xilof harakatini nazarda tutadi.
Jinoyat qonunga xilof ravishda daraxt, buta va boshqa dov-daraxtlarni kesish natijasida ko’p miqdordagi zarar yetkazilgan vaqtdan boshlab jinoyat tugallangan hisoblanadi.
JK 198-moddasi 2-qismining subyektiv tomoni to’g’ri qasddan sodir etiladi, chunki shaxs qonunga xilof ravishda daraxt, buta va boshqa dov-daraxtlarni kesishni amalga oshira turib, maxsus ruxsatnomasiz yoki unda ko’rsatilganidan boshqa maydonda, ko’p miqdorda yoxud daraxtning boshqa navini kesayotganini anglagan, bunday harakatlar natijasida ko’p miqdordagi zarar kelib chiqishiga ko’zi yetgan va buni xohlagan, bunday oqibatlar yuz berishiga ongli ravishda yo’l qo’ygan bo’ladi.

Download 44.25 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   2   3   4   5   6   7   8   9   10   11




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling