Mavzu: Elеmеntlar Davriy sistеmasi va Davriy qonun. Atom tuzilishi nuqtai-nazaridan kimyoviy elеmеntlar Davriy sistеmasi va Davriy qonuni. Davr va guruhlarda elеmеntlar xossalarining o`zgarishi. Darsning maqsadi


Download 0.82 Mb.
bet9/92
Sana04.02.2023
Hajmi0.82 Mb.
#1164836
1   ...   5   6   7   8   9   10   11   12   ...   92
Bog'liq
9-sinf Kimyo konspekt [uzsmart.uz]

Yangi darsning bayoni.
Tabiatda tarqalishi. Uglerod tirik organizmlarning asosiy tarkibiy qismidir. Neft, tabiiy gaz, torf, ko`mir, yonuvchi slanes kabi foydali qazilmalar uglerodning turli xil birikmalaridir. Ayniqsa toshko`mir uglerodga eng boy tabiiy foydali qazilmadir. Yer sharida juda ko`p tarqalgan ohaktosh CaCO3 va dolomit CaCO3-MgCO3 lar ham uglerodning tabiiy birikmalaridir.Uglerodning Yer qobig`idagi miqdori O,O23% ni tas ikkil qiladi. Atmosferasida karbonat angidrid uchraydi, u o`simliklarning yashil barglarida fotosintezlanib turli xildagi uglevodlarga aylanadi. 6CO2 + 6H2O = C6H12O6 + 6O2 .Fotosintez natijasida hosil bo`lgan C6H12O6 dan o`simliklarning tanasini (poya, yog`och) tas ikkil qiluvchi selluloza, kraxmal (bug`doy, sholi, kartoshka), disaxaridlar (shakarqamishda, qand lavlagida), glukoza va fruktoza (mevalarda, uzumda) hosil bo`ladi.Fizik xossalari. Uglerod har qanday allotropik shakl o`zgarishida ham hidsiz, ta'msiz, qiyin suyuqlanadigan va odatdagi erituvchilarda erimaydigan modda. Suyuqlanish harorati 355O°C (olmos), qaynash harorati 483O°C (sublimatlariadi);zichligi 3513 kg/m3 (olmos), 226O kg/m3 (grafit); izotop soni 8 (9->16). Adsorbsiya. Pistako`mir yuqori adsorbsiyalovchi xossaga ega.Adsorbsiya - bir modda yuzasiga ikkiuchi moddaning yutilishi.Adsorbent - yuzasida yutilish jarayoni yuz beradigan modda. Suyuqlik yoki qattiq jismlar sirtida boshqa moddalarning molekulalari, atomlari, ionlarining yutilishi adsorbsiya deyiladi. Moddaga tashqi muhitdan boshqa moddalarning yutilishi sorbsiya deyiladi. o`z sirtiga boshqa moddalarni yutgan modda adsorbent, yutilgan modda adsorbtiv deyiladi.Adsorbsiya qobiliyati yuza maydoniga bog`liq bo`ladi. Ko`mirning adsorbentlik xossasini kuchaytirish uchun uni o`ta qizigan suv bug`i bilan faollashtiriladi. Bunda ko`mirning g`ovak bo`shliqlarini to`ldirib turgan moddalar chiqarib yuborilib, yutish yuzasi orttiriladi. Faollashtirilgan ko`mir havodagi va gazlar aralashmasidagi uchuvchan zaharli moddalarni yutishda (protivogaz); inson organizmidan zararli moddalarni tozalashda (qonni, hazm organlarini tozalash); oziq-ovqat mahsulotlarini (yog`-moylarni) tozalashda ishlatiladi.N.D.Zelinskiy biriuchi jahon urushi yillarida zaharli kimyoviy moddalarga qarshi aktivlashtirilgan ko`mirdan foydalanib, protivogazni ixtiro qildi. Zelinskiyning bu kashfiyoti yuz minglab jangchilar hayotini saqlab qoldi.Kimyo sanoatida katalizatorlar sifatida ishlatiladi.Kimyoviy xossalari. Odatdagi haroratda uglerod uucha faol emas. Qizdirilganda ko`plab moddalar: kislorod, oltingugurt, azot, metallar, metall oksidlari bilan ta'sirlashadi; uglerod ftor bilan bevosita ta'sirlashadi (boshqa galogenlar bilan ta'sirlashmaydi). 2F2 + C = CF4 (uglerod (IV)-ftorid).Uglerod tabiatda erkin holda va birikmalar tarkibida uchraydi. Minerallar tarkibida, asosan, karbonat kislota tuzlari holida bo`ladi, masalan, kalsit (ohaktosh) CaCO3 va dolomit CaCO3-MgCO3 lar karbonat kislota tuzlaridir. Havoda uglerod karbonat angidrid - CO2 (uglerod(IV)-oksid) shaklida uchraydi. Uglerod - tirik tabiat, o`simlik va hayvonot olamining hamda ko`mir, neft, torflar asosini tas ikkil qiladi.Uglerod erkin holda grafit va olmos shaklida uchraydi. Ular atom kristall panjarali qattiq moddalardir. Kristall panjaralar tuzilishi fizik xossalari bilan farq qiladi. O`zbekiston ko`mir zaxiralari bo`yicha Markaziy Osiyoda ikkiuchi o`rinda turadi.Ko`mir Angren, Sharg`un va Boysun konlaridan qazib olinadi. o`zbekistonda ko`mirning geologik zaxiralari 2 milliard tonnadan ortiq.Azot atmosferasida ikki grafit elektrodi orasida elektr yoyi razryadi o'tkazilganda, clisian (CN), hosil bo'ladi:2C + N2 = (CN),Metallar uglerod bilan karbidlar hosil qiladi: Ca + 2C = CaC2 Karbidlar uglerodning metall oksidlari bilan ta'sirlashuvida ham hosil bo'ladi: 2A12O3 + 9C = A14C3 + 6CO CaO + 3C = CaC2 + CO.
Ba'zi metall karbidlari suv yoki kislotalar bilan ta'sirlashadi va bunda uglerodning turli tarkibdagi vodorodli birikmalari (asetilen, metan) hosil bo'ladi:
CaC2 + 2H2O = Ca(OH)2 + C2H2 (asetilen) Al4C3 + 12HC1 = 4A1C13 + 3CH4 (metan). Oraliq metallar karbidlari (titan, volfram, temir, nikel va boshqa.) qimmatbaho xossalarga: elektr o'tkazuvchanlik, qattiqlik, yuqori haroratlarga chidamlilik, kimyoviy barqarorlik kabi xususiyatlarga ega. FeO + С = Fe + CO



Download 0.82 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   5   6   7   8   9   10   11   12   ...   92




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling