Mavzu: Falsafa fanining predmeti va uning pedagoglar uchun nazariy va amaliy axamiyati. Reja


Download 203.52 Kb.
bet67/69
Sana27.01.2023
Hajmi203.52 Kb.
#1130323
1   ...   61   62   63   64   65   66   67   68   69
Bog'liq
Kechki maruza matni

Kalom falsafasi va fiqh.

Kalom ilmi о‘rta asrlarda diniy-falsafiy fikrlarni, dinning nazariy asoslarini о‘rganish, islom aqidalariga e’tiqod qilish haqidagi bilimlarni jamlagan. E’tiqod qilinishi lozim bо‘lgan diniy talablarga nisbatan aqliy mulohaza yurgazish jarayonida kalom maxsus bilimlar tizimi majmui sifatida vujudga keldi. Kalom (Ilm al-kalom) atamasi keng ma’noda о‘rta asrlar musulmon adabiyotida diniy-falsafiy mavzularda (jumladan, nasroniylik va yahudiylik dinlarida ham) erkin fikr yuritishlarga nisbatan qо‘llanilgan, tor ma’noda esa Qur’on va sunna ta’limotini aql-idrokka mos talqin etish, tafakkurga suyanib ish yuritishga nisbatan ishlatilgan.
Ratsionalistik yо‘nalish vakillari: mutakallimlar va faylasuflar orasidagi farq ular tahlil etadigan masalalarining boshqa-boshqaligida. Mutakallimlar ilohiyot masalalari bilan shug‘ullanadigan bо‘lsalar, faylasuflar esa dunyo, jamiyat va insoniyat haqidagi g‘oyalar dunyosi bilan shug‘ullandilar.
Kalom ilmi dastlab islomda mavjud bо‘lgan turli diniy-siyosiy firqalar (xavorijlar, qadariylar, jabariylar, murji’iylar)ning о‘zaro munozaralari va boshqa din (mazdakiylik, nasroniylik) vakillari bilan bahs jarayonida shakllandi. Ushbu tortishuvlarda Qur’on va sunna kabi islom manbalari asos qilib olindi. Shular asosida kalom ilmining dastlabki predmeti vujudga keldi: Allohning yagona vujudligi va uning sifatlari; qazo va qadar (inson taqdiri); о‘tgan payg‘ambarlar, shu jumladan, Muhammad payg‘ambar elchiligi; qiyomat kuni va qayta tirilishga ishonish; musulmonlarning diniy hamda dunyoviy rahbarining (xalifa, imomlik) sifatlari kabi masalalar.
Islom tarixining dastlabki bosqichlarida jamiyatning diniy-huquqiy asoslarini turli dindagi xalqlarning milliy madaniyati tashkil qilar edi. О‘zga dinlarda bо‘lgani kabi islomning nazariy-huquqiy jihatlari keyingi asrlarda shakllana boshladi. Chunki ushbu din о‘rta asrlarda о‘z atrofiga arab bо‘lmagan ajam xalqlarini ham birlashtirishga ulgurgan edi. Shu tufayli islomning diniy-huquqiy ta’limotini yaratishda bu dinni qabul qilgan turli millat va irq vakillarining manfaatlarini ham hisobga olish lozim edi. IX asr о‘rtalariga kelib islomda yirik oqimlarni sunniylar, mu’tazila, murji’a, shialar va xavorijlar tashkil qildi.

Download 203.52 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   61   62   63   64   65   66   67   68   69




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling