Mavzu: Falsafa fanining predmeti va uning pedagoglar uchun nazariy va amaliy axamiyati. Reja
-mavzu. Global jarayonlar va barqaror taraqqiyot
Download 203.52 Kb.
|
Kechki maruza matni
4-mavzu. Global jarayonlar va barqaror taraqqiyot
Reja: Globallashuv, globalistika va barqaror taraqqiѐt tushunchalarining mohiyati Global jaraѐnlarning tasnifi. Zamonaviy texnikaning insonparvarlashuvi. Global tarbiya va ta’lim barqarorlik omili. 4.Zamonaviy ta’lim modellari. Dunѐ va O‘zbekistonda ta’lim va tarbiya amaliѐti 1.Jamiyatni ilmiy bilish va boshqarishda unda sodir bo’layotgan jarayonlar taraqqiyotning oqibatini oldindan ko’ra bilish katta axamiyat kasb etadi. Bashorat qilish nima? Inson hayotida roy bermagan, fan uchun hozircha nomahlum xisoblangan, imkoniyat tariqasidagina mavjud bo’lgan biron –bir ijtimoiy, siyosiy voqea yoki hodisaning kelajakda qanday roy berishini, uning holati, rivojlanish qonunlari, va oqibatlari muayyan ilmiy dalillar, nazariy xulosalar va mahlumotlarga asoslangan xolda oldindan aytib berish – bashorat qilishdir. Inson faqat orqaga, o’tmishga qarab yashay olmaydi, balki o’tmish avlodlar tamonidan yaratilgan barcha ilmiy bilimlarni chuqur o’rganish va o’zlashtirish, ularga ijodiy va tanqidiy yondashish asosida kelajakni oldindan ko’rishga, to’xtovsiz ilgarilab borishga harakat kiladi. O’tmishni, tarixni bilmasdan turib kelajakni bilish, olg’a rivojlanish mumkin emas. Kelajakka umidvorlik bilan qarash, bugun bilmagan narsa va hodisani ertaga mukammal bilishga intilish, orqaga emas, oldinga, kalajakka tomon harakat qilish – insonning eng muhim vazifalaridan hisoblanadi. Inson o’zining kelajagini taxmin va gumonlarga asoslanib emas, balki fan va amaliyotni chuqur ilmiy xulosalarga asoslanib bilib oladi. Fan va amaliyot – kelajakni oldindan ko’ra bilishning eng ishonchli kurolidir. Inson fan yordamida dunyoni ilmiy asosda biladi, undan maksadga muvofiq tarzda foydalanadi. Biron bir narsadan foydalanish uchun avvalo o’sha narsa va Hodisani bilish, atroflicha o’rganish kerak bo’ladi. Ijtimoiy hayot hodisalarni oldindan bilish, rejalashtirish, loyihalashtirish, programmalashtirish, boshqarish nazariyalari bilan o’zaro aloqadorlikda amalga oshiriladi. Murakkab jarayonlarni oldindan bilishga ayrim fanlar, mutaxasislarning kuchi yetmasligi sababli, ilmning barcha tarmoqlarida yetuk omillarning o’zaro hamkorligi talab qilinadi. Kelajakni, mavjud tarixiy jarayonlarni bashorat qilishning eng kulay usuli ekspert baholashdir. U tarixiy jarayon haqidagi chuqur va aniq tasavvurlarga, ilmiy tadqiqot usullarining natijalariga asoslanib ish ko’radi va xulosa chiqaradi. Jamiyat taraqqiyoti konunlarini oldindan ko’ra bilishning ekstropolyatsiya(muayyan sharoitda roy beradigan qonuniyatlarni Hozirgi davr va kelajakka moslash), tarixiy analogiya(o’tmish hodisalariga qarab xulosa chiqarish), ijtimoiy hodisalarni komg’pyuter orqali namunalashtirish, kelajak Hodisalarini tasvirlash, ekspremental baholash (tarixiy ilmiy tajribaga asoslangan ishlarga)baXo berish singari asosiy usullari mavjud. Bularning hammasi birgalikda jamiyat taraqqiyotining oldindan ko’rishga imkon beradi. Ijtimoiy hayot hodisalarini oldindan bilish va keng mushohada etish kishilarning orzu-istaklariga emas, balki jamiyat tarqqiyotining qonunlarini puxta bilishga asoslanadi. Amaliyot shuni ko’rsatadiki, mavjud voqealarning xal qiluvchi yo’nalishlarini faqat ravshan tushuna olgan taqdirdagina to’g’ri, ilmiy jihatdan asoslangan siyosat yuritish mumkin. Sodir bo’layotgan voqealarni uning obg’ektiv mantqni tushunib olish, davr xaqiqatini ifodalovchi xulosalar chiqara bilish oson emas, lekin bu g’oyat zarur ishdir. Mavjud voqelik, mamlakatimizda jahon miqiyosida muntazam ravishda sodir bo’lib turgan hodisa va jarayonlar, jahon fani va texnikasining inson aql idroki va tafakkurining Xayratomuz darajada to’xtovsiz rivojlanib borayotganligi, hozirgi zamon ilmiy-texnika yutuqlari insoniyatning kelajagi haqida ilmiy xulosalar chiqarish uchun boy material bermoqda. Mamlakatimizning kelajagi xaqida aniq rejalar ishlab chiqarish, ularning amalga oshirishning eng oqilona va maqsadga muvofiq yo’llarini belgilab olish uchun xalq bilan mastlaxatlashish, uning fikriga quloq solish, madadiga suyanish uning talab istaklarini bajarish zarurligini Xayotning o’zi ko’rsatib turibdi. Hozirgi paytda jahon taraqqiyoti o’ziga xos yangi davrga qadam qoydi. Bu davrning o’ziga xos, oldingi paytlardan farq qiladigan alomatlari, xarakterli belgilari bor. Bular quyidagilardan iboratdir. Er yuzidagi davlatlar va xalqlar o’rtasidagi o’zaro bog’liqlik va hamkorlikning yuksalib borishi jahon taraqqiyoti hozirgi bosqichinining o’ziga xos xususiyatidir. Boshqacha aytganda, keng qamrovli integratsiya(lotincha so’z bo’lib, kirib borish, to’ldirish, o’zaro yaqinlashish mahnosida ishlatiladi)- butun hozirgi olamshumul jarayon bo’lib, har bir xalq va davlatning porloq istiqboli umuminsoniy tsilivizatsiya yo’lidagi barcha kuch xarakatlarni birlashtarishga ko’maklashadi. Mahlumki, asrimizning bir necha yilliklari mobaynida Yevropa bilan Osiyodagi mamlakatlar, G’arb bilan Sharq bir biriga dushmanlik nuqtai nazaridan qarab keldi. 2. Hozirgi paytda jahonda shunday vaziyat yuzaga keldiki, dunyodagi ko’pchilik mamlakatlar va o’zlarining ijtimoiy, iqisodiy, siyosiy, madaniy taraqqiyot darajalarining har xilligi, rivojlanishning turlicha bosqichda ekanliklari, xatto mafkuraviy qarashlardagi farqlarga qaramasdan o’zaro dushmanlik va ixtiloflar siyosatidan hamkorlikka o’tish amalga oshirilmoqda. Bu siyosiy xalqaro munosabatlarda keng qo’llanilmoqda. Dunyodagi bir qancha eng yirik qudratli davlatlar boshliqlari (prezidentlar), turli siyosiy partiyalar, ijtimoiy tashkilotlar, korxonalar, kontsernlar, ommaviy harakatlar rahbarlari, diniy arboblar, mutaxasislar o’zaro uchrashib bir biriga yon berishib xalqaro munosabatlarda yuzaga kelgan eng dolzarb masalalar, muhim hayotiy muammolarni tinch yo’l bilan hal qilishni bahamjihat kelishib olmoqdalar. Davlatlar va xalqlar o’rtasida yaqinlashuv jarayonlari va hamkorlikni kuchaytirish to’g’risida ikki tomonlama o’zaro bitimlar va majburiyatlar qabul qilinib turibdi. «Jahon miqiyosidagi umumiy taraqqiyot, odamlar dunyoqarashining o’zgarishi, komunikatsiyalar yuksalishi, xalqaro munosabbatlarning rivojlanishi va uning odamzot hayotiga tahsiri davlatlar va xalqlar o’rtasidagi uzaro birlashishga intilishni kuchaytirmoqda. Ayni vaqda milliy xususiyatlar va anahnalarni, siyosiy va mahnaviy merosni saqlab qolish tamoyillar ham yaqqol sezilmoqda» Insoniyatni qiziqtirib kelayotgan umumbashariy milliy, mintaqaviy va boshqa muammolarni ilgargidek ixtiloflar yo’li bilan hal qilib bo’lmaydi. Shu jihatdan qaraganda, ixtiloflar emas, sog’lom kuchlarni birlashtirish, qarama- qarshiliklarni birligi yuzaga kelgan muammolarni hal qilishning muhim omili ekanligini jahon taraqqiyotining hozirgi bosqichi ko’rsatib va amalda isbotlab turibdi. Shuning bilan bir qatorda jahonda mulkiy tengsizlik-sanoati rivojlangan mamlakatlar bilan rivojlanayotgan mamlakatlar o’rtasidagi tafovut va ziddiyat kuchaymoqda. Bu holat jahon resurslarining taqsimlashda yaqqol ko’rinadi. Ya’ni tabiat resurslari aslida rivojlanayotgan mamlakatlarning asosiy boyligi hisoblansa ham, sanoati yuksak rivojlangan mamlakatlar bu boyliklarni nazorat qilishni o’z qo’llariga olishga intilmoqdalar. Qolaversa, ilmiy va texnikaviy bilimlar, shuningdek, ilg’or texnalogiyalar sohasida ham katta tafovutlar mavjud. 3. Umumbashariy muammolar mazmunan boy va chuqurligi, qamrovining kengligi, butun insoniyat hayotiga taaluqligi, miliiy, regional chegaralar bilan cheklanib qolmaganligi va boshqa bir qator hususiyatlariga ko’ra ayrim xalq va millatga alohida bir ijtimoiy-iqtisodiy tuzumga bevosita tegishli bo’lgan muammolardan keskin farq qiladi. Umumbashariy muammmolar insoniyatning hozirgi davri uchun emas, balki kelajakdagi hayotiy manfaatlari uchun ham juda muhim ahamyatga ega. Hozirgi zamon umumbashariy muammolari- bu insoniyat tsilivizatsiyasining taraqqiyoti bilan bog’liq bo’lgan eng muhim va asosiy muammolardir. Bularga, Yer yuzida tinchlikni saqlash, qurollanish poygasini to’xtatish, xalqaro xavfsizlikni tahminlash, xavfli kasalliklarni oldini olish va ekologik muammolarni hal etishdan iborat. Umumbashariy muammolarga, yangi rivojlanayotgan mamlakatlarda iqtisodiyot darajasini oshirish, aholining qashshoqligi va savodsizligiga barham berish, sanoat xom ashyosi, energiya manbalari va oziq-ovqat bilan tahminlash, koinotni va jahon okeani manbalarini o’zlashtirish bilan bog’liq bo’lgan muammolar kiradi. Qayd qilib o’tilgan umumbashariy muammolarni mazmuni va xususiyatini ko’ra uchta guruxga ajratish mumkin. Birinchi guruhga, jahon termoyadro urushini oldini olish Yer yuzidagi xalqlar ijtimoiy taraqqiyoti uchun tinchlikni saqlash, rivojlanayotgan mamlakatlardagi mavjud kamchiliklarni tugatish va yangi xalqaro iqtisodiy tartibni o’rnatish kabi muammolar kiradi. Atrof-muhitni falokatli ifloslanishdan saqlab qolish, insoniyatni yoqilg’i xom-ashyo, oziq-ovqat bilan tahminlash, jahon okeani manbalarini va koinotni o’zlashtirish singari umumbashariy muammolar ikkinchi guruhni tashkil etadi. Nihoyat, uchunchisi, ilmiy texnika inqilobi salbiy oqibatlarini oldini olish, sog’liqni saqlash, savodsizlikka qarshi kurashish singari muhim hayotiy muammolardan iborat. Umumbashariy, umuminsoniy ahamyatga ega bo’lgan muammolar bir biridan ajralib qolgan emas, balki uzviy bog’lanishda va o’zaro aloqadorlikdadir. Ulardan birining hal qilinishi ikkinchi va uchunchisining ham hal qilinishiga yo’l ochadi. Hozirgi zamonda insoniyat tsilivizatsiyasining taraqqiyoti bilan bog’liq bo’lgan eng muhim va asosiy muammo-bu Yer yuzidagi tinchlikni saqlash, yadroviy urushni oldini olish xalqaro xavfsizni tahminlashdan iboratdir. Biz shuni anglashimiz zarurki, insoniyat atom energiyasiga, xarbiy ahamiyat baxsh etilgan yadroviy qurollar asriga qadam quyib adabiylikdan maxrum bo’lib qoldi. Chunki, yadro quroli qullanilsa, Yer yuzidagi barcha tirik mavjudot qirilib, tsivilizatsiya yo’q bo’lib ketadi, bunga hech qanday shak-shubha yo’q. Mahlumki, insoniyat kelajagi uning fan texnika yutuqlaridan qay darajada unumli foydalana olishga ko’p jixatdan bog’liq ekanligini hech kimga sir emas. Aytib o’tilgan umumbashariy, umumjahon muammolar juda ko’p va xilma xil, keng miqiyosli va o’ta murakkab ekanligi, ayni paytda ulardan Xar bir insoniyatning bugungi va ertangi hayoti, jahon tsilivizatsiyasining, qolaversa, sayyoramizning ham taqdiri uchun naqadar muhim va zarurligi o’z o’zidan ko’rinib turibdi. Shuning uchun ham hozirgi paytda butun insoniyat uchun umumbashariy muammolarni hal etishdan ko’ra zarur va muhimroq vazifa yo’q. Umumbashariy muammolar yechilmasa, ekologik falokatlar oldi olinmasa, tinchlik bo’lmasa, taraqqiyot ham, tarixning o’zi ham bo’lmaydi. 4. har bir insonning baxt-saodati, uning kelajak hayoti butun insoniyatning taqdiri bilan uzviy bog’liqdir. Inson biologik va ijtimoiy omillarning majmuidir. Jamiyat biologik omillarning insonni kamol toptirishdagi ahamiyatini yanada oshirishga qodir emas. Lekin insonni mukammallashtirishda asosiy o’rin tutadigan ijtimoiy omillar rolini oshirish mumkin. Ana shu nuqtai nazardan hozirgi davrda butun insoniyat oldida turgan umumbashariy muammolarni hal qilish mamlakatlar o’rtasidagi savdo, iqtisodiy, madaniy aloqalarni mustahkamlash katta ahamyat kasb etadi. Hozirgi tarixiy jarayonlarning rivojlanishi bir tamondan, har xil davlatlar o’rtasidagi muayyan ziddiyatlarni saqlanib qolishi bilan ikkinchi tomondan, jahon hamjamiyati davlatlarining o’zaro bog’liqligi tobora kuchayib borishi, turli xalqlarning ijtimoiy hayoti va turmush tarzining baynalminal tus olib borishi bilan tavsiflanadi. Ana shunday qarama qarshiliklar kurashi orqali ziddiyatli ammo o’zaro bog’liq, ko’p jihatdan yaxlit dunyo qiyinchilik bilan tarkib topmoqda. Ayni paytda barcha xalqlar uchun munosib,chinakam insoniy turmushning moddiy va mahnaviy shart-sharoitlar yaratish, sayyoramizdagi hayotni tahminlash, uning boyliklariga, avvalo, eng katta boylik insonning o’ziga, uning imkoniyatlariga avaylab munosabatda bo’lish davrimizning dolzarb muammolariga aylanib qolganligi bejiz emas. Inson taqdirining butun insoniyat istiqboli bilan mushtarak ekanligi xalqimiz ongiga singib ketgan. Shuning uchun ham, ular mintaqamizdagi qo’shni mamlakatlar bilan bir qatorda jahon xalqlari bilan ham yaxshi qo’shnichilik va o’zaro hurmat izzatda bo’lishga doimo intilib kelganlar. O’zbeklar azal-azaldan ko’hna Turkiston zamirida qozoqlar, tojiklar, turkmanlar, qirg’izlar bilan yelkama- yelka, bir tanu bir jon, aka-uka, do’st-birodar, qon-qarindosh bo’lib yashamoqda. O’lkamizdagi moddiy va mahnaviy madaniyatni yaratish va rivojlantirishga ular o’z xissalarini qo’shishgan, mustamlakachilik zulmi va istibdodiga qarshi hamkorlikda kurashganlar. hamkorlikda yashash, mehnat va ijod qilish, kurashish, bir-birini qo’llab-quvvatlash, yaxshi kunlarda ham, yomon kunlarda ham birga bo’lish ularning hammasiga xos umumy fazilatdir. Buni umumy chegaralargina emas, til va urf odatlar, anhanalarning yaqinligi, din va dilning birligi, madaniyat va turmush tarzining, maishiy hayot va ishlab chiqarish faoliyatlarining deyarli bir hil ekanligi belgilab berilgan. Bir necha ming yillardan beri yagona bir xududda o’zaro do’stlik va hamkorlikda yashab kelgan o’zbek, tojik, qozoq va qirg’izlar sobiq sho’ro tizimi davrida bir-birlaridan deyarli ajratib tishlangan, iqtisodiy, madaniy, siyosiy aloqa iplari uzilib qoyilgan edi. Shuning uchun ham ular o’zaro uzoqlashib qolishgan edi. O’zbekiston, Qirg’iston, Turkmaniston singari qardosh respublikalar o’rtasidagi siyosiy, iqtisodiy, madaniy aloqalar markaz ijozatisiz amalga oshmasdi. Ijtimoiy taraqqiyot qonunlarini, xalqlarning xohish irodasini pisand etmaslik, turmush voqealari, xalqlarimizning talab istaklariga ilmiy, odilona asosda emas, balki aqidaparastlarcha bo’lish tufayli ko’riladigan moddiy, mahnaviy-ruhiy zarar va boshqa ovorayu sarsongarchilikka markazdagi rahbarlar ahamiyat bermaganlar. Ularning yagona maqsadi qarddosh respublikalar, xalqlar o’zaro yaqinlashib, birlashib ketmasalar bo’lgani edi. 70 yil davomida o’tkazilgan tobelik siyosatining oqibati sifatida O’rta Osiyoning mustaqillikka erishgan respublikalari va xalqlari oldida o’tmishda yuzaga kelgan qator muammolar ko’ndalang bo’lib turibdi. Bularni davlatlar aro munasabatlarning juda ko’p masalalarida ko’rish mumkin. Ota-bobolarimiz minglab yillar mobaynida bir-birlari bilan yaqin qo’shni bo’lib yashab, paxta, g’alla, ipak, go’sht, neft, ko’mir, mis, oltin, kumush va boshqa boyliklar yaratgan, iqtisodiy va madaniy aloqalarni rivojlantirib kelgan bo’lsalarda, lekin mahmuriy buyruqbozlik yillarida ana shu masalalarda Xam og’ir qiyinchiliklar va qator muammolar yuzaga kelib, keskinlashib ketgan edi. Mamlakatimizdagi mustaqil respublikalarning tarixan o’zaro chambarchas bog’langan va bir-birlariga tahsir o’tkazib kelgan madaniy, mahnaviy, xo’jaliklarini saqlab qolish va mustaxkamlashni, yaxlit energetika, transport, irrigatsiya tarmoqlaridan, gaz va suv tahminoti tizimidan birgalikda foydalanishni yo’lga qoyish va yaxshilashni Hozirgi paytda davrning o’zi talab qilmoqda. Mineral xam ashyo resurlarini va qishloq xo’jaligi maxsulotlarini qayta ishlash soXasida tarkib topgan ichki, mintaqaviy, respublikalararo munosabatlar Xaqida Xam shunday deyiladi. O’zbeklar, qozoq va qirg’izlar va boshqa turkiy xalqlar o’rtasida azaliy do’stlik va qardoshlikning, iqtisodiy, madaniy-siyosiy aloqadorlikning yo’lga qoyilganligi, yangi bosqichga kirganligi mustaqillikning buyuk samarasidir. Prezidentlar va xukumat boshliqlarining Toshkent, Olmata, Bishkek, Ashhabotdagi uchrashuvlarida O’rta Osiyo xalqlari Xayotiga doir ko’pgina iqtisodiy, siyosiy, madaniy muammolar muxokama qilinib, ularni Xal qilish yo’llari moliyaviy asoslari belgilab olinganligi va hozirdanoq ularning amaliy natijalari sezilayotganligi diqqatga sazovordir. O’zbekiston, Qozog’iston va Qirg’iziston Respublikalari prezidentlari o’rtasida yagona iqtisodiy makonni vujudga keltirish to’g’risida shartnoma tuzilganligi, uning turmushga tatbiq etish mexanizmi ishlab chiqilib amalga oshirilayotganligi O’rta Osiyodagi qator mintaqaviy muammolarning yechilishiga keng yo’l va istiqbol ochib beradi. Hozirgi paytda insoniyat oldida shunday dolzarb, o’tkir muammolar turibdiki, ularni Xal etish uchun dunyodagi ko’pchilik mamlakatlar va xalqlarning kuch va imkoniyatlarini safarbar etishga to’g’ri keladi. Shuni xisobga olgan holda 1995 yil 3 mart Toshhovuz shahrida bo’lib o’tgan kengashda O’rta Osiyo davlatlari prezidentlarining qo’shma bayonot qabul qilishi unda: «Hozirgi davrning muhimligi hisobga olinib mamlakatimiz xalqlari hayotining Hozirgi Xolati va kelajagi uchun mahsulyatni xis etgan holda, biz teng huquqli hamkorlarmiz, yaxshi qo’shnichilik va o’zaro hurmat davlatlarimizning bir-biriga o’zaro munosabatlarda asosiy tamoyillar bo’lib qolishini tasdiqlaymiz», deb ehtirof etiladi. Mazkur mintaqada istiqomat qilayotgan xalqlar tarixiy, madaniy taraqqiyotning mushtarakligi bilan bellashadigandir, ularni anhanalar va mahnaviy mahnaviy qadryatlar jipslashib turadi. Ular har doim o’zaro hurmat tinch totuvlik va yaxshi qo’shnichilik ruhida yashab kelganlar. Umumiy mahnaviy qadryatlar bilan bir qatorda bizni shuningdek, energetik, suv va mintaqaning boshqa tabiiy resurlaridan foydalanishga asoslangan anhanaviy savdo, iqtisodiy aloqalar birlashtirib turadi. Prezidentlar: «Mamlakatimiz o’rtasidagi siyosiy, savdo, iqtisodiy, ilmiy-texnik, madaniy va ijtimoiy sohalarda hamkorlik qilish uchun maqbul shart sharoit yaratib berishga har tamonlama tayyor ekanligini, buyuk ajdodlarimizdan qolgan boy merosni bundan keyin yanada boyitish, bu boylikdan mamlakatlarimizdagi mavjud iqtisodiy salohiyatni yanadayuksaltirish yo’lida foydalanishga amaliy ishlar bilan ko’maklashamiz», deb bayon qildilar. O’rta Osiyo mamlakatlari bugungi kunda Birlashgan millatlar tashkilotlari, Yevropa xavsizligi va Xamkorlik tashkiloti, MDX hamda boshqa nufuzli xalqaro tashkilotlarga ahzodir. «Biz , deb-aytilgan Qo’shma Bayonotda- tashqi siyosatda xuquqlarning barcha ehtirof etgan tamoyillariga hamda ularga amal qilgan holda hududiy yaxlitlik va bir-birimizning mustaqilligimizni so’ssiz hurmat qilish, tarixiy shakllangan chegaralarni tan olish lozimligini ehtirof etamiz. Biz, shuningdek, har bir davlatning o’z taraqqiyot yo’lini, davlat va jamiyat andozalarini tanlab olish huquqini ehtirof etamiz, o’zimizning bir-birimizga nisbatan maqsadlarimiz birligiga shubxa uyg’otuvchi tashqi kuchlar manfaatlariga xizmat qiluvchi bayonotlaridan tiyilib turilishga tayyor ekanligimizni bayon etamiz... Biz bir-birimiz bilan hamda boshqa mamlakatlar bilan ikki tomonlama, ham ko’p tomonlama, teng huquqli va o’zaro foydali hamkorlik qilishga tayyor ekanligimi, mamlakatlarimiz va xalqlarimizning gullab-yashnashi va ravnaq topishiga erishishining asosi bo’lish va bu tamoyillarga og’ishmay amal qilishimizni tahkidlaymiz», deb aytiladi. Istiqlol O’rta Osiyo mamlakatlari uchun bahamjihat bo’lib jahon Xamjimiyatiga qo’shilib, demokratik tamoyillarga asoslangan, xar tamonlama rivojlangan, kelajagi buyuk davlitni barpo etish uchun barcha imkoniyatni yaratib berdi. Uni qo’ldan boy bermay olg’a siljitish-barchamizning muqaddas, sharafli, majburiy burchimizdir. Jahon hamjamiyatiga qo’shilishida jamiyatimizdagi tinchlik-totuvlik, barqarorlik katta vositachilik vazifasini bajarib kelmoqda. Prezidentimiz tahkidlaganidek, «bizni sotsialistik tuzumdan keyingi bir qator mamlakatlardan farqlab turgan, yuksak darajada rivojlangan, yuksak madaniy demokratik davlatlari bilan yaqinlashtirib turgan, jahon hamjamiyatiga har tamonlama qo’shilib ketish yo’l ochib berayotgan narsa-fuqarolar tinchligi, millatlararo totuvlik, ijtimoy barqarorlikdir». Barqarorlik, tinchlik, millatlararo totuvlik xalqimizning buyuk ijtimoiy-siyosiyqadryatlarini tashkil etadi, ularni avaylab saqlash va mustahkamlashga intilish xalqimizning o’ziga xos fazilati bo’lib kelgan va hozirgi vaqtda ham shunday bo’lib kelmoqda. Xalqlar o’rtasida tinchlik-totuvlik, do’stlik va o’zaro hamkorlik munosabatlarini o’rnatish mamlakatlarimizning ongiga, qoniga chuqur singib ketgan. O’zbekiston jahonda tinchlik va xavfsizlikni saqlash, tinchliksevar mamlakatlar bilan xar tamonlama hamkorlik aloqalarini yo’lga qoyish hamda taraqqiyotga erishishning o’ziga xos yo’lini tanlab olgan. Shuning uchun ham uning jahon jamiyatidagi obro’ va ehtibori tobora ortib bormoqda. Barqarorlik, tinchlik,totuvlik bular davlatimizning yangi binosini barpo qiladigan poydevordir. Bu bizning ertangi porloq kunimizga boradigan to’g’ri yo’ldir. Mahlumki, umumjahon xavfsizlikka erishishdan, muayyan mintaqadagi davlatlarning Xamjamiyatligi va birlikdagi harakatidan boshlanadigan jarayon. Shuni ehtiborga olgan holda, O’zbekiston Respublikasining Prezidenti I.A. Karimov BMTning 48,50,55 sessiyalarida so’zlagan nutqida Afg’oniston va Tojikistonda barqarorlik, tinchlikka erishish uchun mazkur mintaqalarda joylashgan davlatlarning bir-birini o’zaro anglash va birgalashib harakat qilishlarining zarurligini uqtirib o’tdi va bir necha takliflarni olg’a surdi. «Biz uchun yagona to’g’ri yo’l,-deydi I.Karimov-xalokatli ravishda o’z qobig’ida o’ralib qolish emas, balki bu jarayonda mahlum qiyinchilik va nomukammalliklar mavjudligiga qaramasdan, jahon hamjamiyatiga qo’shilish yo’lidir». Hozirgi o’ta murakkab va ziddiyatli jarayon vaqtida xukumatimiz tomonidan uzoqni ko’zlab olib borilayotgan insonparvarlik siyosati tufayli, yurtimizda osoishtalik, tinchlik va totuvlik fuqorolarning kundalik turmush tarziga aylanib ketgan. Bu esa o’z navbatida respublikamizni jahon hamjamiyatiga qo’shilishiga katta zamin yaratmoqda. Jahon tajribasi shundan dalolat beradiki, mustaqillikka erishgan xar bir mamlakat o’z doirasida chegaralanib qolmasdan, boshqa xalqlar bilan do’stona bo’lgan taqdirdagina taraqqiyot yo’liga tusha oladi. Buni biz o’z hayotimizda yaqqol ko’rib turibmiz. Download 203.52 Kb. Do'stlaringiz bilan baham: |
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling