Mavzu: Falsafa fanining predmeti va uning pedagoglar uchun nazariy va amaliy axamiyati. Reja
Download 203.52 Kb.
|
Kechki maruza matni
Buddaviylikning vujudga kelishi.
Buddaviylik – uchta jahon dinidan eng qadimgisi. Xristianlik undan besh asr, islom esa rosa о‘n ikki asr yoshroqdir. Buddaviylikning tarqalish jarayoni va jо‘g‘rofiyasi quyidagicha: miloddan avvalgi birinchi ming yillik oxirida buddaviylik Hindistondan Seylonga kirib bordi. Eramizning dastlabki asrlarida u О‘rta, Markaziy va Old Osiyo tarkibidagi yerlarni о‘z ichiga olgan Kushon imperiyasining keng hududiga yoyildi. Yangi eraning I asrida buddaviylik Xitoyga, IV – asrda – Koreyaga, VI asrda – Yaponiyaga, VII – asrda Tibetga, XIII – XVI asrlar oralig‘ida – Mо‘g‘ilistonga, XVII – XVIII asrlarda Buryatiya va Tuvaga tarqaldi. Hindixitoy yarimoroli mamlakatlariga (Laos, Kambodja, Myanma (Birma), Vyetnam va Tailandga), keyin Janubi-Sharqiy Osiyoning orollarda joylashgan qismiga buddaviylik II asrdan boshlab yoyila boshladi va VIII – IX asrlarda bu borada katta muvaffaqiyatlarga erishdi. XIX asrning oxiri – XX asrning boshlarida u Yevropa va Amerikaga kirib bordi. Budda diniga amal qiluvchilarning asosiy kо‘pchiligi Janubiy, Janubi-Sharqiy Osiyoda: Hindiston, Shri Lanka, Nepal, Butan, Xitoy, shuningdek Singapur (Malayziyaning xitoy aholisi), Mо‘g‘iliston, Koreya, Vyetnam, Yaponiya, Kambodja, Myanma, Tailand va Laosda yashaydi. Rossiyada (MDHda) budda diniga an’anaviy ravishda Buryatiya, Qalmig‘iston, Tuva aholisi e’tiqod qiladi. Keyingi yillarda budda jamoalari Moskvada, Sank-Peterburgda paydo bо‘ldi. XIX asrning oxiri – XX asr boshlarida buddaviylik muxlislari Yevropa mamlakatlarida va AQShda paydo bо‘lgan: bugungi kunda u yerda Sharqda mavjud bо‘lgan qaysidir darajada nufuzga ega deyarli barcha yо‘nalishlar va maktablarning vakillari bor. Jahondagi budda diniga e’tiqod qiluvchilarning umumiy sonini aniqlash qiyin. Haqiqatga eng yaqin taxminlarga kо‘ra aytish mumkinki, bugungi kunda dunyoda 700 millionga yaqin kishi buddaviylikka amal qiladi hamda rohib va rohibalar soni salkam 1mln. kishini tashkil etadi. Buddaviylik bundan ikki yarim ming yildan avvalroq Hindistonda diniy-falsafiy ta’limot sifatida paydo bо‘lib, kо‘lamdorligi va rang-barangligi jihatidan noyob diniy adabiyotlarni va kо‘plab diniy qonun-qoidalarni vujudga keltirdi. Buddaviylik asoschisi – haqiqatan mavjud bо‘lgan tarixiy shaxs. Har holda ana shu din tarixi bilan shug‘ullanuvchi olimlarning kо‘pchiligi bizning kunlargacha saqlanib qolgan yozma manbalar asosida shunday fikrga kelganlar. Bu matnlar va ularga asoslangan ilmiy tadqiqotlar, folklor janrlar va badiiy asarlar buddaviylik asoschisi haqida sо‘z yuritar ekan, uni har xil nomlar bilan ataydi, chunonchi: Siddxartxa – о‘z nomi, Gautama, – urug‘ nomi, Shakyamuni – «shaklar (yoki shakya) qabilasidan chiqqan donishmand», Budda – «nurlangan», Tatxagata – «shunday keluvchi va shunday ketuvchi», Jina – «muzaffar», Bxagavanya – tantana qiluvchi. Eng kо‘p tarqalgan nomi – Budda bо‘lib, butun dinning nomi shundan boshlangan. Inson hayotining ma’nosi haqidagi dastlabki fikr-mulohazalarni, noortodoksal oqim rivojiga munosib hissa qо‘shgan buddizm1 maktabi muxlislarining qarashlarida ham uchratish mumkin. Buddizm - eramizdan avvalgi VI asrda Shi-moliy Hindistonda vujudga keldi. Uning asoschisi Siddxar-txi Gautama taxminan eramizdan avvalgi 623-544 yillarda yashagan2. U Kapilovasta viloyati Shakya urug‘i hukmdorining о‘g‘li bо‘lib, 29 yoshida tarkidunyo qiladi. О‘zining hayotiy mо‘l-jali qilib badxini (yо‘l) tanlaydi. Ushbu ta’limot asta-se-kinlik bilan kishilar qalbidan joy ola boshlaydi. Buddizm qoidalari, uning axloqiy prinsiplariga avval kishilar suh-batlarida, og‘zaki aytishuvlarda amal qilingan bо‘lsa, ke-yinchalik (taxminan yuz yillardan sо‘ng) yozma matnlarda ras-miylashtirildi. Yirik e’tiqod darajasiga kо‘tarildi. Asta-sekin ilohiylashtirilib, inson shaxsini yaratuvchi asosiy kuch deb ta’riflana boshlandi1. Download 203.52 Kb. Do'stlaringiz bilan baham: |
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling