Mavzu: Falsafa fanining predmeti va uning pedagoglar uchun nazariy va amaliy axamiyati. Reja


Download 203.52 Kb.
bet36/69
Sana27.01.2023
Hajmi203.52 Kb.
#1130323
1   ...   32   33   34   35   36   37   38   39   ...   69
Bog'liq
Kechki maruza matni

BUDDAVIYLIK TA’LIMOTI. Buddaviylik qadimiy hind diniy-falsafiy ta’limotlari asosida vujudga kelgan, о‘ziga xos nazariyot va amaliyotdan iborat bо‘lgan diniy tizimdir. Budda yangi diniy qonun-qoidalar, rasm-rusumlar ishlab chiqmagan, balki har bir inson tug‘ilish va о‘lim mashaqqatlaridan qutulishi uchun amal qilishi lozim bо‘lgan bir necha kо‘rsatmalarni ishlab chiqdi, xolos. Uning ta’limoti insonning xayolida, ishlarida va о‘zini tutishida samimiy oliyjanoblik g‘oyasini ilgari suradi. U vedalardagi gunohsizlik ta’limotini inkor qildi, hayvonlarni vahshiyona qurbon qilishni qoraladi, varna (kasta) tizimini va undagi ruhoniylarning boshqalardan ustunligini inkor qildi.
Budda «Yaratuvchi oliy kuch»ning borligiga shubha va ishonchsizlik bildirgan. Uning fikricha, eng muhimi insonning shaxsiy kamoloti va ezgu turmush tarzidir.
Budda ta’limotining asosida «hayot – bu azob-uqubat» va «najot yо‘li mavjud» degan g‘oyalar yotadi. Buddaviylik ta’limotiga kо‘ra, inson о‘ziga xos mavjudot bо‘lib, tug‘iladi, о‘zini-о‘zi halok qiladi yoki qutqaradi. Bu g‘oyalar Buddaning ilk da’vatida ta’birlangan tо‘rt haqiqatda о‘z ifodasini topgan.
Birinchisi, azob-uqubat haqidagi ta’limot. Dunyoda har bir jon tug‘ilish, qiynoq, kasallik, og‘riq, kulfat, mashaqqat, ayriliq, orzu-havasga yetolmaslik, о‘lim kabi uqubatlarini boshidan kechiradi. Dunyo tuzilishining qonuni bir-biriga bog‘liq bо‘lib, hech bir narsa sababsiz yaralmaydi va uning sababini aniqlash mumkin emas. Shuning uchun ham taqdirni shundayligicha qabul qilish lozim. Bu ta’limotga kо‘ra, har bir narsa yo hodisa elementlardan tashkil topgan bо‘lib, ularni harakatga keltiruvchi kuch bu insonning xayollari va sо‘zlaridir.
Shuning uchun ham insonning keyingi hayoti uning xohishlari, istaklariga bog‘liq bо‘lib, buni “hayot g‘ildiragi” – “sansara” deb ataladi. Inson bu dunyoda sansaraga bog‘lanadi, ya’ni qayta tug‘ilaveradi, azob-uqubatlarga duchor bо‘laveradi. Xohish istaklar va ehtiroslardan ozod bо‘lmagan hayot har doim azob keltiradi. Demak, birinchi xaqiqat-azob uqubat mavjuddir.

Download 203.52 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   32   33   34   35   36   37   38   39   ...   69




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling