Mavzu: Falsafa fanining predmeti va uning pedagoglar uchun nazariy va amaliy axamiyati. Reja
Download 203.52 Kb.
|
Kechki maruza matni
- Bu sahifa navigatsiya:
- Tо‘rtinchisi
Uchinchisi, azob-uqubatlardan halos bо‘lish haqidagi ta’limot. Azob-uqubatlardan qutulish mumkin, buning uchun inson hayot g‘ildiragidan tashqariga chiqishi, о‘zining hissiyotlarini tо‘la jilovlashi zarur.
Buddaviylikning xulosasi shuki, inson umr bо‘yi baxtli-saodatli yashaganda ham qayta tug‘ilish zanjiri halqasini uzib tashlashi kerak, chunki baribir hayotning oxiri nochorlik, qartayish, bemorlik, о‘limdir. Tо‘rtinchisi – azob-uqubatlardan qutilish, najot yо‘llarini topish haqidagi ta’limot. Unga kо‘ra, inson hayotida shu tо‘rt haqiqatni bosib о‘tsa, haqiqatga erishadi “nirvana” holatiga yetishadi. Bu yо‘lga amal qilgan insongina yuksak kamolotga erishib rо‘shnolik topadi. Najot – bu dunyodan, ya’ni sansaradan, nirvanaga (rо‘shnolikka) о‘tishdir. Nirvanada jonning kо‘chib yurishi tо‘xtaydi. NIRVANA – (sanskrit. – sovimoq, sо‘nmoq, о‘chmoq) – buddizm t’limoti bо‘yicha, har qanday borliq, barcha kо‘rinish va shakllardagi har qanday hayot barcha mavjudotlarga azob beruvchi yomonlikdir. Yomonlik va azob uqubatlarning sababi insonning va barcha tirik mavjudotlarning bu dunyoga qayta tug‘ilishi dunyosi (sansara) ga bog‘langanligi, kо‘ngil qо‘yganligidir. Har qanday insoniy tuyg‘u, hissiyot, extiros va istak azob uqubatlarni chuqurlashtiradi. Borliq girdobidan chiqib olish uchun g‘aflatdan uyg‘onish, dunyo mohiyatini angash, hayotga chanqoqlikdan kо‘ngilxushliklardan voz kechish lozim. Faqat shundagina najot yо‘lini topish mumkin. Ilk budizmda buddizmda bunday najotga faqat zohidlar yoki monahlargina umid qilish mumkin edi. Faqat yaxshiroq qayta tug‘ilishni umid qilish, buning uchun esa, u monaxlarga mо‘l kо‘l xayr sadaqa berish hamda 5 axloqiy talab (pancha-shila)ga amal qilishi kerak bо‘ladi. Bu axloqiy talabga kо‘ra, har bir kishi yomonlik qilishdan, yolg‘on gapirishdan, о‘g‘irlik qilishdan, xis tuyg‘ularga ortiqcha berilishdan, ichkilikdan о‘zini tiyishi lozim edi. Budda hamma narsaning asosida bilib bо‘lmaydigan ruh – Nirvana yotadi. Dunyo real mavjud emas, u faqat kishilarning hayolida, bilib bо‘lmaydigan ruhning namoyon bо‘lishida deb ta’lim beradi N. Ta’limoti. Unga kо‘ra, hayot azob uqubatlarning sababi kishilarning istaklari va nafslarida. Azob uqubtdan qutulish uchun kishilar о‘zlarining istak va nafslarini tiyishlari, aqidalarga amal qilishlari kerak. Buddizm azob uqubat tushunchasini mutlaqlashtiradi, borliqning barcha kо‘rinishlarini, uning mohiyatini har qanday hayot tarzini azob uqubat deb xisoblaydi. Shuning uchun am N.ni borliqning intihosi deb ham tushunadi. Demak, iztiroblardan qutilish mumkin. Buning uchun buddaning ma’naviy kо‘rsatmasiga amal qilishi lozim. Najotga yetishishning Budda kо‘rsatgan sakkizta yо‘li – taqvodorlik e’tiqodi, taqvodorlik qat’iyati, taqvodorlik sо‘zi, taqvodorlik ishi, taqvodorlik turmush tarzi, taqvodorlikka intilish, taqvodorlikni orzu qilish, taqvodorlik xayoli bilash yashash. Bu aqidalar sakkiz spitsali g‘ildirak tarzida ifodalangan va tasviriy san’atda keng ifodalangan. Xususan, Kushon arxeologik qazilmalari orasida ham ramziy sakkiz spitsali g‘ildirak tasviri uchraydi. Buddaviylikda insonning maqsadi – ong gumrohligiga barham berish bilan belgilanadi. Bu ta’limotning axloqiy talablari “pancha-shila” deb ataladi, bunga kо‘ra qotillikdan, о‘g‘rilikdan, yolg‘ondan, shahvoniyatga berilishdan, mast qiluvchi ichimliklardan saqlanishdir. Modomiki, dunyodagi baxtsizliklarga insonning о‘zi sababchi ekan, ulardan uzoqlashishning yagona chorasi, Budda taqvodori uchun nafsni mahv etib, sabr-toqatli bо‘lish va jabru zulmlarga qarshilik kо‘rsatmaslikdir 1. Buddaviylar hayotning qiyinchiliklariga bepisand va xotirjam qarash tarafdori. Zero, hayotga qiziqish, biron narsani о‘zgartirish uchun unga suqilish yangi va yangi iztiroblarga duchor qilaveradi. Shuning uchun, “Dunyodan qо‘l siltash – xotirjamlikdir.”8 Budda haykallari yuz ifodasida xotirjamlik aks etgandir. Olam buddizmga kо‘ra dxarmalar, ya’ni elementar bо‘laklar, о‘ziga xos hayotiy quvvatlar tо‘plamidan iborat. Butun olam dxarmalar tо‘lqinlanishidir. Ruhiy azoblanish doimiy notenglikni boshdan kechirishdir. Azoblanish, rohatlanish kabi yangi tug‘ilish va dxarmalar yangi shakli uchun oqibat tashkil etishdir. Agar kechinmalar tabiati о‘zgartirilmasa, inson tug‘ilish va о‘lim doirasidan chiqib keta olmaydi (sansara), о‘z faoliyati, hissiyoti, tafakkuri va inson о‘z taqdirini (karma) belgilaydi. Ezgu va ma’naviy hayot, karmani takomillashtiradi. Nirvana xolatiga erishish uchun о‘nta g‘ov mavjud: shaxsning hayolidagi shubha, bid’atparastlik, hirslar, nafratlanish, yerga bog‘liqlik. Xuzur xalovat va tinchlanish istagi, mag‘rurlik, о‘ziga bino qо‘yish, bilimsizlik. Inson skandhlar birikuvi majmuidir va shu bilan birga hayotning ikki holatini bog‘lash bо‘lagidan iboratdir. Xalos bо‘lishga, dxarmalar tо‘lqinlashuvini tо‘xtatish, ya’ni xoxish, istak, hirs, fikr va boshqalarni yо‘q qilish orqali erishiladi. Nirvana Mutlaq sokinlik xolatidir. Unda buyumlarning tom ma’nosiga yetishish gunohsizlik va Tashqi olamdan mustaqil bо‘lishdir. Sokinlik bu faqat Tashqi belgi bо‘lib, holatning mohiyatini ifodalamaydi. Inson о‘z dxarmasini (qonunini, burchini) amalga oshirishi lozim, u hayotda axloqiy qarashlar bilan bog‘liqdir. Bu mulkchilikni har qanday shakllaridan voz kechishni, barcha insonlar tengligini, ularning jamoada yashashni (sanghada) targ‘ib etadi. Narsalarning tabiati haqidagi ta’limot asosida “daxarmalar”, ya’ni “zarrachalar”, unsurlar tо‘g‘risidagi ta’limot yotadi. Bunga muvofiq olamdagi narsalar dxarma – moddiy xodisalarga kirib boradi hamda doimo xarakatda bо‘ladi. Buddizmda shuningdek dialektik unsurlar ham bor. Ularning fikricha, olam xamisha о‘zgarishda, unda о‘zgarmayigan doimiy narsaning о‘zi yо‘q. Voqea va xodisalar bir biri bilan sababiy bog‘langan. Buddizm ta’limotiga kо‘ra olam narsa va hodisalardan iborat. Olamdagi har bir narsa shu narsalarni tashkil etgan dxarma zarrachalar ham shunday sifatga egair. Buddaviylik ta’limoti 3 qismdan iborat: 1) Axloq, axloq normalari – «Pancha shila» (Buddaning besh nasihati)dan iborat; 2) Meditatsiya – tо‘g‘ri tushunish, tо‘g‘ri niyat qilish, о‘zini tо‘g‘ri tutish, tо‘g‘ri anglash, tо‘g‘ri harakat qilish, tо‘g‘ri hayot kechirish, tо‘g‘ri fikr yuritish, tо‘g‘ri gapirish. 3) Donolik, donishmandlik – bu diniy ta’limotning asosiy maqsadi bо‘lib, Budda ham donolik timsolidir. bu Buddaviylikning asosiy maqsadi bо‘lib, narsalar tabiatini tо‘g‘ri tushunishdan iborat. Yuqorida kо‘rsatilgan uch amaliyot bosqichini о‘tagan inson oxir-oqibat oliy saodatga, ya’ni nirvana holatiga erishadi. Nirvana sо‘zining lug‘aviy ma’nosi – «о‘chish, sо‘nish». Unda hayotning har qanday kо‘rinishiga intilish yо‘qoladi. Buddaviylik ta’limoti, asosan, uch qismdan iborat: 1) axloq; 2) meditatsiya; 3) donolik. Download 203.52 Kb. Do'stlaringiz bilan baham: |
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling