Mavzu: Falsafa fanining predmeti va uning pedagoglar uchun nazariy va amaliy axamiyati. Reja


Download 203.52 Kb.
bet37/69
Sana27.01.2023
Hajmi203.52 Kb.
#1130323
1   ...   33   34   35   36   37   38   39   40   ...   69
Bog'liq
Kechki maruza matni

Ikkinchisi – azob-uqubatlarning sabablari haqidagi ta’limot. Azob-uqubatlarning sabablari – insonning xohish-istaklari. Insonning yaxshi va yomon niyatlari kelajagi uchun “karma” hozirlaydi. Karma nazariyasi odamlar, hayvonlar, о‘simliklar dunyosiga tegishlidir. Karma qonuni insonning ruhiy ibtidosiga taalluqli emas, u kosmik jihatga ega. U kо‘r, ongsiz ibtido.
Karma (sanskr.axloqiy qonun)-axloqiy quvvatni saqlovchi qonunning xarakteri Rigvedada uchraydi. Karma qonuniga binoan axloqiy dunyoda xech bir nomalum yoki tasodifiy narsa yо‘q. Nima eksak shuni о‘rib olamiz. Yearma qonunini chetlab о‘tish о‘z soyasidan sakrab о‘tishdek say xarakatdir. Insonning yaxshi bо‘lishi qurbonlik qilish orqali emas, balki yaxshi ishlar tufayligina amalga oshadi. Bizni qora taqdir ezmaydi, balki о‘tmishimiz ezadi. Azob uqubat bu gunohimiz uchun tо‘lovdir. Inson nafaqat tabiatning maxsuli, balki о‘z karmasi ila ulug‘vordir.
Karma axloqiy sabablilik g‘oyasi bilan chambarchas bog‘langandir. Axloqiy sabablilik deganda koinotning adolat bilan sug‘orilganligi tushuniladi. Saxovatpesha kishi uchun yaxshilikka, gunohkor odamga esa yomonlikka tomon istiqbol ochiladi. Dunyodagi barcha nomukammalliklar va azob uqubatlar odamlarning о‘z xatti xarakati oqibatidir. Shunday qilib, Upanishadlar tabaqali tizimni legitimlashtiradi. Odamlar muayyan tabaqaga mansublik huquqini о‘zlarining oldingi hayotida ishlab topgan.
Shunday qilib xind falsafasida axloqiy xatti xarakatlar aylanishga kiritilgan: qayta tirilish-hayot-о‘lim-qayta tirilish-hayot-о‘lim (sansara)
Qanday qilib karmani nazorat qilish mumkin. Bunga zohidlik va yoga orqali erishish mumkin. Faqat shu tarzdagina karmadan xalos bо‘lishga intiluvchi kishi najotga (moksha)ga ega bо‘ladi. Ammo biz hayot va о‘lim siklidan qutulib keta olmaymiz.
Shunday qilib, karma haqidagi ta’limot tabaqachilik tizimi xind falsafasining yaxlit negizini yaratadi. Uning doirasida axloq va ijtimoiy tizim bir birini о‘zaro qо‘llab quvvatlab turadi.
Inson hayoti muttasil iztirob, mashaqqatlardan iborat bо‘lishining sababi, avvalo, bilimsizlik va hissiyotlardir. Chunki, “hissiyotdan hayotga chanqoqlik, chanqoqlikdan mehr qо‘yish, mehr qо‘yilishidan borliqning yaralishi, borliqdan tug‘ilish, tug‘ilishdan ehtiros, ehtirosdan umid, umiddan baxtsizlik, baxtsizlikdan xо‘rlik, xо‘rlikdan nochorlik va nochorlikdan iztiroblar kelib chiqqan.”7 Yashashga nisbatan kuchli xoxish, ehtiroslar bari xomxayol bо‘lsada yana uni izlaydi.
Demak, insonning xohishlari, istaklari, hissiyotlari, moddiy dunyodan uzilib ketolmasligi, hayotga tashnaligi (“trishna”) azob-uqubatlarning sababchisidir.

Download 203.52 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   33   34   35   36   37   38   39   40   ...   69




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling