Mavzu: Falsafa fanining predmeti va uning pedagoglar uchun nazariy va amaliy axamiyati. Reja
Axloq normalari – «Pancha shila» (Buddaning besh nasihati)
Download 203.52 Kb.
|
Kechki maruza matni
Axloq normalari – «Pancha shila» (Buddaning besh nasihati):
qotillikdan saqlanish; о‘g‘rilikdan saqlanish; gumrohlikdan saqlanish; yolg‘on, qalbaki narsalardan saqlanish; mast qiluvchi narsalardan saqlanish. MeditatsiY. tо‘g‘ri tushunish (tо‘g‘ri e’tiqod qilish) – Buddaning birinchi da’vatida sо‘z yuritilgan tо‘rt haqiqatni bilish va unga ishonish; tо‘g‘ri niyat qilish – dunyoviy lazzat-halovatlardan xalos bо‘lishga, keraksiz fikrlar va boshqalarga zarar yetkazib qо‘yishdan saqlanishga intilish; о‘zini tо‘g‘ri tutish – о‘ziniki bо‘lmagan narsaga kо‘z olaytirmaslik, ortiqcha hissiyotga berilmaslik; tо‘g‘ri anglash – о‘z tanasi va ruhiga о‘zini yо‘qotib qо‘ymaydigan darajada nazoratda bо‘lish hamda bunda ehtiroslar va iztiroblarga chek qо‘yish; tо‘g‘ri harakat qilish – о‘zidagi yomon tuyg‘ularni jilovlash hamda ezgu tuyg‘ular va harakatlarni rivojlantirish; tо‘g‘ri hayot kechirish – noma’qul hayot tarzidan saqlanish; tо‘g‘ri fikr yuritish – kamolotning tо‘rt bosqichini ketma-ket bosib о‘tish; tо‘g‘ri gapirish – yolg‘ondan, tuhmatdan, haqoratdan va befoyda gaplardan saqlanish. MANTRA – inson aqlini har xil fikrlardan ozod qilish uchun qо‘llanadigan ilohiy tovushlar birikmasi. M. Sо‘zi qadimiy sanskrit tilidan olingan. “Manas” – “aql” va traya – ozod qilish sо‘zlarining birikmasi, “aqlni ozod qilish” ma’nosini anglatadi. Mantralar yordamida inson aqliy faoliyatini ruhiy tabiatga ta’luqli xodisalar xaqida о‘ylashga jalb qilib, ruhiy faoliyatga aylantiradi. Ruh о‘zi qamalgan tanani hissiyotlar, aql va tafakkur orqali boshqarib turadi. Moddiy vujud о‘zgaruvchan va о‘tkinchi tabiatga ega, ya’ni paydo bо‘ladi (tug‘iladi) va vaqt о‘tishi bilan yо‘qoladi (о‘ladi). Ruhiy tabiatga ega jon aql, tafakkur yordamida о‘tkinchi tanani о‘ziga qiyoslab, unga bog‘lanib qolishi natijasida о‘zini tana deb hisoblaydi. Mana shu g‘ofilligi sababli bu moddiy olamda tanasi bilan bog‘liq bо‘lgan har xil azob uqubatlarni boshidan kechiradi. Aslida ruhga hech qanday aloqasi bо‘lmagan mana shu azob uqubatlardan bira tо‘la qutulishning yagona yо‘li ruhiy tabiatga ega bо‘lgan mangu jonni tana tutqunligidan ozod qilishdir. Jonni ozodlikka chiqarish aqlni moddiy tanaga bog‘liq bо‘lgan о‘y fikrlardan ozod qilish orqali boshlanadi. Aql, о‘z tabiatiga kо‘ra betinim uni bir lahza ham о‘ylashdan, xarakatdan tо‘xtatib bо‘lmaydi. Aql faoliyatini о‘zgartirish jarayoni “yoga” deb ataladi. Yoga jarayonida har xil mantralar qо‘llaniladi. Mantarni mauntazam takrorlab yurish yordamida inson turmush tashvishlaridan charachagan aqlning tiniqligiga, qalbining osoyishtaligiga va ruhiy xalovatga erishishi mumkin. Download 203.52 Kb. Do'stlaringiz bilan baham: |
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling