Mavzu: Falsafa fanining predmeti va uning pedagoglar uchun nazariy va amaliy axamiyati. Reja


Download 203.52 Kb.
bet40/69
Sana27.01.2023
Hajmi203.52 Kb.
#1130323
1   ...   36   37   38   39   40   41   42   43   ...   69
Bog'liq
Kechki maruza matni

Donishmandlik – bu Buddaviylikning asosiy maqsadi bо‘lib, narsalar tabiatini tо‘g‘ri tushunishdan iborat.

Yuqorida kо‘rsatilgan uch amaliyot bosqichini о‘tagan inson oxir-oqibat oliy saodatga, ya’ni nirvana holatiga erishadi. Nirvana sо‘zining lug‘aviy ma’nosi – «о‘chish, sо‘nish». Unda hayotning har qanday kо‘rinishiga intilish yо‘qoladi.
Azob-uqubatlardan xalos bо‘lish kishi uchun rohiblik (monahlik) jamiyati (sangha)ga a’zo bо‘lishi lozim. Buddaviylik ta’limotini yoyishda, aholini bu dinga da’vat qilishda rohiblar, buddaviy jamoa – sanghalar kо‘p xizmat qilgan.
Budda yangi diniy qonun-qoidalar, rasm-rusumlar ishlab chiqmagan, balki insonni mashaqqatlardan qutqarish uchun bir necha kо‘rsatmalar ishlab chiqqan. Budda ta’limotida inson oliy qadriyat sifatida ulug‘lanadi; insonning shaxsiy kamolotga erishish yо‘llari belgilab beriladi. Xotirjamlik, dunyo tashvishlaridan g‘amga tushmaslik, ulug‘vor va vazmin qiyofa Budda obrazining timsolidir.
Unga kо‘ra olam uch bosqichli bо‘lib,
Birinchi olam – eng yuqori, ya’ni nirvana olamidir. Nirvana mutlaq osoyishtalik olami bо‘lib, u yerda inson barcha istaklari, tuyg‘u va ehtiroslaridan xalos bо‘ladi. Buni о‘ziga xos jannat, deb atash mumkin.
Ikkinchi olam – “bodhisatva”. Bu jannat, jannatning yaratuvchisi Amitabh bunda hukmronlik qiladi. Bu olamda yerdagi gunohlardan halos bо‘lgan, ammo eng oliy olamiga kо‘tarila olmagan avliyolar yashaydi.
Uchinchi olam – bu eng quyi olam bо‘lib, unda odamlar va hayvonlar yashaydi. Ammo ruh qafasda bо‘ladi. Ruh yuqori olamga kо‘tarilishi uchun esa, odamlar savob ishlar qilishi lozim. Inson hayotida abadiy qiynoqqa duchor bо‘ladi. Bu jarayonn «hayot g‘ildiragi» deb atalib, u doimiy ravishda aylanaveradi, ya’ni inson qayta tug‘ilaveradi va bu dunyo qiynoqlaridan uzila olmaydi. Insonni keyingi hayotidagi kelajagini uni yaxshi yoki yomon niyatlardan tuzilgan karma hozirlaydi.
Demak, qayta tug‘ilish bu qiynoqlarga duchor bо‘laverishdir. Buddaviylar fikricha, nirvana holatiga faqat Budda erisha olgan. Inson bu hayotida nafaqat inson, balki hayvon, о‘simlik, yomon ruh qiyofasida tug‘ilishi mumkin. Qayta tug‘ilishning oliy shakli inson bо‘lib, faqat insongina nirvanaga kо‘tarilishi mumkin. Nirvanaga yetishish uchun insonning о‘zi harakat qilmasa, unga hech kim yordam bermaydi, hatto xudolardan ham umid yо‘q. Xudolarning о‘zlari ham sansara qonuniga bо‘ysundirilgan.
Agar inson xirsiy aldanishlarga berilib ketsa, undan qutula olmasa, uning ruhi bir necha qayta tug‘ilishlardan sо‘ng dо‘zahga tushadi. Budda ta’limotiga kо‘ra, о‘lim insonni hayot azob uqubatlaridan xalos eta olmaydi. Sansaraning og‘ir azob uqubatlaridan faqat qayta tug‘ilishlardan sо‘ng arxat xolatiga erishgan kishilargina xalos bо‘lishlari mumkkin. Tirik mavjudot qayta tug‘ilish natijasida nafaqat insoniy, blshqacha qiyofada (xayvon, о‘simlik, yomon ruh, Xudo) xam namoyon bо‘lishi mumkin.
Ma’lum darajada ehtiyotkorlik bilan Buddaviylikni ateistik din, ya’ni Xudo haqidagi ta’limotsiz din sifatida tavsiflash mumkin.
Upanishadlarning kо‘plab parchalari singari (Hinduizmning falsafiy qismi) Yangi ta’limot ham insonning ozod etilishi yoki xalos bо‘lishga qaratilgan. Ozodlik xolatini budda nirvana deydi. Budda о‘zi erishgani kabi nirvanaga erishgani kabi о‘zini bu dunyo bilan bog‘lab turgan xamma narsadan, shu jumladan, falsafiy va diniy ta’limotlardan ham xalos qilishga о‘rganish kerak. Buddaviylik qadimiy hind diniy-falsafiy ta’limotlari asosida vujudga kelgan diniy tizimdir. Budda yangi diniy qnun qoidalar, rasm-rusumlar ishlab chiqmagan, balki har bir inson tug‘ilishi va о‘lim mashaqqatlaridan qutilish uchun lozim bо‘lgan bir necha kо‘rsatmalarni ishlab chiqdi xolos. U vedalardagi hayvonlarni vahshiyona qurbon qilishni qoraladi, kasta tizimini, ruhoniylarning boshqalardan ustunligini inkor qildi.
Budda “yaratuvchi oliy kuch”ning borligiga shu’ha, ishonchsizlik bildirgan. Uning fikricha, eng muhimi insonning shaxsiy kamoloti. Budda ta’limotining asosida “hayot-azob-uqubat” va “najot yо‘li mavjud” degan g‘oyalar yotadi. Unga kо‘ra “hayot g‘ildiragi” doimiy ravishda aylanib, inson abadiy qiynoqqa duchor bо‘ladi. Bu ta’limotga kо‘ra inson tug‘iladi, о‘zini о‘zi xalok qiladi yoki qutqaradi.
Boshqa dinlardan farqli ravishda Buddada hech о‘zgarmas narsa yо‘q hatto Xudo ham о‘zgaruvchan, deb uqtiriladi. Faqat lahzalar mavjud bо‘lib, ularning xam biri yо‘qolib, keyingisiga о‘rin beradi. Buddaviylik ta’limotiga kо‘ra, inson doimo azob uqubatga maxkum va bunga о‘zi sabab bо‘ladi. Zero u befoyda bо‘lsada, о‘z hayoti va farovon turmushini saqlab qolishga xarakat qiladi. Azob uqubatlardan qutulish uchun kо‘ngil xush kо‘rgan barcha narsalardan о‘zini tiyishi darkor. Ongni oliy xaqiqatga erishishga qaratish “bodxi” ya’ni nirvanaga oib keladi. Nirsanaga yetish uchun talab qilinadigan axloqiy barkamollik bir emas, bir necha hayotni taqozo etishi mumkin. Buddaviylik zaminida 3 narsa-Budda, Dxarma va Sangxaga e’tiqod yotadi. Budda (Gautama Siddhartha) oliy haqiqatga yetishishning yorqin timsoli. Dxarma-gautama qoldirgan ta’limot. Bu ta’limotning eng qisqa bayoni 4-oliy haqiat. Sangha-Budda asos solgan va hozirgacha faoliyat kо‘rsatib turgan rohiblar jamoasi. YA’ni oliy xaqiqatga erishgan kо‘plab avliyolardir.
Qisqasi Buddaviylik Buddaga ergashib, Dxarma talablarini bajarish va Sangxa jamoasining a’zosi bо‘lib qolishdir. Buddaviylikda monastir, butxonalarda ertalabki va kechki ibodatlar uyushtiriladi. Oddiy kishilarning kundalik asosiy vazifasi rohiblarni ovqat bilan ta’minlashdir. Bu bilan ular xayrli xizmat qilganlar.

Download 203.52 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   36   37   38   39   40   41   42   43   ...   69




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling