Mavzu: Falsafa fanining predmeti va uning pedagoglar uchun nazariy va amaliy axamiyati. Reja
Xristianlikning paydo bо‘lishi, ta’limotlari va manbalari
Download 203.52 Kb.
|
Kechki maruza matni
Xristianlikning paydo bо‘lishi, ta’limotlari va manbalari.
Xristianlik buddizm va islom dinlari qatorida jahonda eng keng tarqalgan dinlardan biri hisoblanadi. Ushbu din taravdorlarining miqdori boshqa dinlarga qaraganda eng kо‘p bо‘lib, bu kо‘rsatkich dunyo aholisining deyarli uchdan birini (taqriban 28 foizi) tashkil etadi. Xristianlik, asosan, Yevropa, Amerika, Avstraliya hamda qisman Afrika va Osiyo qit’alarida tarqalgan. Xristianlik (yun. Christos-Xudo yarlaqagan vakil, xaloskor) –Rim imperiyasining sharqiy qismi (Falastin)da paydo bо‘lgan. Iso Masih (Iisus Xristos), Bibliyaning xabar berishiga kо‘ra, xristianlik ta’limotining asoschisi bо‘lib, u Rim imperiyasi tashkil topganining 747 yili Falastinning Nazaret qishlog‘ida bokira qiz Maryamdan Xudoning amri bilan dunyoga keldi. Yangi eraning boshlanishi ham Iso Masihning dunyoga kelishi bilan bog‘liq. Dastlabki davrda Iso izdoshlari о‘zlarini xristianlar va ta’limotini Xristianlik deb atamaganlar. Bu nom dastlab ularga qarshi tomondan haqorat sifatida qо‘llanilgan. Iso nomiga qо‘shiluvchi “Masih” sо‘zi qadimiy yahudiy tili – ivritdagi meshiax sо‘zidan olingan bо‘lib, «silangan» yoki «siylangan» ma’nolarini beradi. Yunon tilida bu sо‘z «xristos» shakliga ega. Bu dinning «xristianlik» yoki «masihiylik» deb atalishi ham shu sо‘zlar bilan bog‘liq. Bundan tashqari xristianlikni Iso Masihning tug‘ilgan qishlog‘i – «Nazaret» bilan bog‘lab, nazroniya deb ham ataganlar. Keyinchalik bu nom nasroniya shaklini olgan. Xristianlikning vujudga kelishi va shakllanish davri va davlat mafkurasiga aylanishi. Xristianlik milodning I asrida rim imperiyasining tarkibida bо‘lgan Falastinda paydo bо‘ldi. Falastin aholisining etnik tarkibi rang barang edi. Bu yerga kelganlar о‘zlari bilan boshqa madaniyat va dinlarning unsurlarini ham olib kelardilar. Siyosiy mustaqillikning tugashini Falastin aholisining bir qismi fojea sifatida qabul qildi. Mahalliy an’analar va diniy qadriyatlarni inkor etadigan ajnabiy xukmronlikdan norozilik, Rimga qarshi qо‘zg‘olonlarning bostirilishidan vujudga kelgan umidsizlik, ijtimoiy va mulkiy tabaqalanishning о‘sib borishi, ichki ziddiyatlarning kuchayishi, ishonchsizlik, loqaydlik va mistik kayfiyatlarni keltirib chiqardi. Milodiy I asriga kelib, Falastinda dinni targ‘ibot qiluvchi sayyohlar kо‘paya boshladi. Ular yahudiy qavmi shohiga aylanuvchi va ularni zulmdan ozod qiluvchi xaloskor Masihning kelishini bashorat qila boshladilar. Umuman, olganda Falastinda sodir bо‘layotgan jarayonlar Rim imperiyasining boshqa hududlaridagi jarayonlarga ham monand edi. Milodning I asrida bu imperiya ellin olamini deyarli hamma qismini о‘z tarkibiga qо‘shib oldi. Milliy davlatlar о‘rnida rang barang etnik tarkibdan iborat bо‘lgan yirik imperiya shakllandi. Buning natijasida kishilarda davlat qudrati oldida ojizlik, himoyasizlik hissiyoti vujudga keldi. Bu jarayonlarning hammasi inqiroz vaziyatidan chiqish, yovuzlik olamidan xalos bо‘lish extiyojini tug‘dirdi. Shuning uchun jodugarlik, folbinlik, suriya-fors, boshqa sharqiy dinlarning mistik amalmyotiga qiziqish ortib bordi. Norozilikning shakli sifatida xristianlik kuchli g‘oyaviy oqimga aylandi. Hech qanday kuch uning rivojlanishiga tо‘siq bо‘la olmadi. Xristianlik, umidsizlika tushgan kishilarga zulmdan, asoratdan qutilish umidini berdi. Xristianlik olamni qayta qurishga chaqirib, huquqsiz va asoratga tushganlarning manfaatlarini ifoda etardi. Qulga taskin berib, insonga e’tiqod orqali ozodlikka erishish mumkinligiga umid uyg‘otdi.Xristianlik yahudiylik g‘oyalarini о‘zlashtirib, ularni yangi mazmun bilan boyitdi. Xristianlik paydo bо‘lganidan boshlab uning asoschisi Iso masih haqidagi rivoyatlar juda kо‘p shubha va munozaralarga sabab bо‘ldi, va bu ikki mifologik va tarixiy maktablarning paydo bо‘lishiga olib keldi. Mifologik maktab vakillarining nuqtai nazaricha, fan Iso Masihning tarixiy shaxs ekanligini tо‘g‘risida aniq dalillarga ega emas. Tarixiy maktab vakillari Iso masihni muayyan shaxs sifatida ta’rif etib, u yangi dinning targ‘ibotchisi sifatida bir qancha umumiy g‘oyalarni ishlab chiqqan, deb hisoblaydilar. Iso Masih yahudiylikni isloh qilish va uni turli xurofotlardan tozalash g‘oyasi bilan chiqib, xristian diniga asos soldi. Yahudiylar uni va uning izdoshlarini Falastindan quvg‘in qildilar. Isoni 33 yoshida fitnachilikda ayblab, qatl etishga hukm qildilar. Iso Masih о‘z ta’limotini о‘zining 12 о‘quvchisi apostollar – havoriylarga о‘rgatdi. Ular esa Isoning vafotidan keyin ustozlarining ta’limotlarini har birlari alohida-alohida tarzda kitob shakliga keltirdilar. Bu kitoblar Bibliyaning «Yangi Ahd» qismini tashkil etadi. Download 203.52 Kb. Do'stlaringiz bilan baham: |
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling