Mavzu: Falsafa fanining predmeti va uning pedagoglar uchun nazariy va amaliy axamiyati. Reja


Ilk buddizmning birinchi bosqichi


Download 203.52 Kb.
bet42/69
Sana27.01.2023
Hajmi203.52 Kb.
#1130323
1   ...   38   39   40   41   42   43   44   45   ...   69
Bog'liq
Kechki maruza matni

Ilk buddizmning birinchi bosqichi.
Buddizm Braxmanizm diniga qarshi yuzaga kelgan axloqiy ta’limotdir. Aytishlaricha, Budda ongli ravishda dunyoning paydo bо‘lishi, jon haqida va uning tana bilan aloqadorligi tо‘g‘risidagi savollarni chetlab о‘tgan. Dunyo abadiymi yoki yо‘qmi, cheklimi yoki cheksizmi, jon tana bilan aynanmi yoki yо‘qmi, haqiqatni bilgan abadiymi yoki yо‘qmi degan savollar befoydadir deb aytgan Budda. Buddaning diqqat e’tibori azob-uqubatga tо‘lgan dunyoni ozod qilishdan iboratdir. Hayotning maqsadini tushunishda brahmandlariga nisbatan pissimistik ruhda bо‘lgan. Agar braxmanizm ta’limotiga azob-uqubat insonningoldingi qilgan gunohlariga berilgan jazo deyilsa, buddizm esa har qanday hayot bu azob-uqubatdir sansarada baxtli hayot bо‘lishi mumkin emas. Inson kim bо‘lishidan qatiy nazar u kasallikka, keksalikk va о‘limga mahkamdir. Xudolarga keltiradigan biron bir qurbonlik yordam bermaydi.
Azob-uqubatdan qutulishning biridan bir yо‘li sansara xolatdan chiqishdir.
Ilk Buddizmning ikkinchi bosqichi
Kelib chiqishning bog‘liqligi haqidagi nazariyada dunyo zamonda va makonda ibtidosiga yoki intihosiga egami yoki yо‘qmi degani muhim emas, balki olisda hamma narsa sababiy bog‘liqmi, hamma narsa bir-biriga bog‘liqmi degan masala muhim rol о‘ynaydi. Shuning uchun biron-bir narsa sababsiz bо‘lmaydi. Buddizmda kо‘rib turganimizdek sababiyat qonuni muhim ahamiyatga ega. Buddizm karmani shu asnoda tushunadi. Karma sababiyat qonuni ma’nosida tushuniladi.
Ilk Buddizmning uchinchi bosqichi
Eramizdan avvalgi III asrda podshoh Ashoka Buddizmni rasmiy mafkura sifatida qabul qilgan.
Buddizm ta’limoti ikki qanotiga egadir. Maxayana va Xinayana.
Buddaviylikning yо‘nalishlari. Buddaviylik 2 oqim –
Hinayana (“kichik arava”, yoki najotning tor yо‘li ma’nasida) hamda
Mahayana (“katta arava”, najot topishning keng yо‘li)ga bо‘linib ketdi.
Xinayana ta’limotiga kо‘ra, dharmalar tabiatini о‘rganishga va nirvanaga ma’naviy yо‘l bilan erishiladi. Bu yо‘l juda og‘ir, shu sababli faqat monaxlargina nirvana holatiga yetishi mumkin. Keyinchalik Xinayanada juda ham murakkab va dabdabali ibodatlar (masalan, «Budda tishiga sig‘inish»), Buddaviylikning muqaddas joylariga ommaviy ziyoratlar joriy qilingan. Bu yо‘nalish Sharqiy Hindistonda, Shri Lanka, Hindi-xitoy davlatlarida tarqalgan.
Kushonlar saltanati Mahayana yо‘nalishini о‘z mafkurasi, deb e’lon qildi. Ayni paytda diniy e’tiqod erkinligi, siyosati amalga oshirilgan. Chunki, Kushonlar davlatida Buddaviylikdan tashqari qadimgi turkiy Tangri e’tiqodi, Zardushtiylik va boshqa dinlarga sig‘inishga erkinlik berilgan edi.
Mahayana ta’limoti aqidalariga jiddiy о‘zgartirishlar kiritilib, “Nirvana”ga faqat ilohiy iqtidor sohiblari bо‘lmish budda avliyolarigina emas, komillikni maqsad qilgan barcha insonlar erishishi mumkin, degan g‘oya ustuvor bо‘lgan. Past, huquqsiz tabaqa – “kasta” a’zolari ham buddaviylikning rohiblik jamoasiga kirishlari bilan ma’lum insoniylik huquqlariga ega bо‘lishgan. Agar Hinayanada bu dunyoning azoblaridan faqatgina rohib qutuladi deb hisoblansa, Mahayanada Xudoga iltijo qilib, rohiblarga in’om beruvchi har qanday kishi najot topishi mumkin, deb ishontiriladi. Undan tashqari Mahayanada jannat haqidagi ta’limot ham qо‘shilgan.
Hinayanada nirvanaga erishgan rohib, dunyo iztiroblaridan faqat о‘zini qutqarsa, “Mahayana mazhabi yо‘lini tanlab, e’tiqodda mukammallik kasb etgan bо‘ddhisatva esa, jismonan nirvanadan voz kechib, о‘z ortidan buddaparastlarni “Haq yо‘li”ga boshlab borishdek ulug‘ ishga xizmat qiladi.”1
Mahayana g‘oyasi, odamlarga tushunarli dinga aylantirishga qaratilgan edi. Buddaviylikda ilohlar tirik jonzotlar bо‘lib, gumrohlik va ehtiroslarga moyil bо‘lganliklari uchun tug‘ilish va о‘limga maxkum edilar. Shu zaylda Buddaviylikning sig‘inish obyekti, xudolar emas, “qalb kо‘zi ochilgan”, borliq xaqiqatini bilishga musharraf bо‘lgan kishilar ramzida ifodalangandir.
Lamaizm Buddaviylikning asosiy yо‘nalishlaridan biri bо‘lib, u tibet tilida «lama» – «eng ulug‘» degan ma’noni anglatadi. Mazkur diniy yо‘nalish rahbari shu nom bilan – lama deb ataladi.
Lamaizm Tibetda VII – XIV asrlarda tibetliklarning qadimiy dini Bon-Po (shamanizmning bir turi) unsurlarini qabul qilgan Maxayana va Tantrizm asosida vujudga kelgan bо‘lib, hozirda tibetliklarning asosiy dini hisoblanadi. U bir necha firqa va mazhablarga bо‘linadi. Lamaizm XVI asr oxiridan mо‘g‘ullar, XVI asr boshlaridan Rossiya hududida yashovchi buryatlar, tuvaliklar va qalmiqlar orasida ham tarqaldi. Buddaviylikning barcha aqidalarini qabul qilgan lamaizmda inson faqat lamalar yordamida najot topadi. Lamalarsiz nirvanaga yetishish u yoqda tursin, kishi bu dunyoga qaytib kelishda ham hech narsaga erisha olmaydi, deb ta’kidlanadi.
Lamaizmning an’anaviy qonunlashgan asosi Kanjur (108 jildli) va Tanjur (225 jildli) nomli muqaddas kitoblarda bayon qilingan. Bu dinda dabdabali ibodatlar, teatrlashtirilgan muqaddas tomoshalar – misteriyalar, kо‘pgina maishiy rasm-rusumlar, xudolarning g‘azabini, yovuz ruhlarning ziyonlarini qaytarish uchun qilinadigan xatti-harakatlar, duo va afsunlar bor. Lamaizmga kо‘ra, lamalarga va dunyoviy hokimlarga sо‘zsiz bо‘ysunish asosiy fazilat sanaladi. Masalan, buryat lamalari rus podshohlarini – avatara, ya’ni ma’buda Sagan-Daraexening yerdagi kо‘rinishi deb e’lon qilganlar.
Lamaizm ta’limotiga kо‘ra, odam о‘ldirish, о‘g‘rilik, yolg‘onchilik, tuhmat, g‘iybat, bekorchi sо‘zlash, ochkо‘zlik, kek saqlash, zino qilish – о‘nta «og‘ir gunoh» sanaladi. Gunoh qilishdan о‘zini tiyish insonga eng yaxshi qayta tug‘ilishga imkon beradi.
Lamaizm yо‘nalishining oliy diniy rahnamosi Dalay-Lama sanaladi. U tug‘ilgan mavjudotlarning eng ulug‘i, bodxisatva Avalakiteshvaraning yerdagi kо‘rinishi, tirik xudo hisoblanadi. Dalay – tibet tilida «dengiz» ma’nosini anglatadi. Dalay-Lama «dengizdek ulug‘ lama» deganidir. Bu unvon 1391 yilda joriy qilingan. Birinchi Dalay-Lama Binduidub (1391-1475) bо‘lgan. Hozirgi kunda Dalay-Lama XIV Lozondantzenjanso-Igvant hisoblanadi. U 1935 yilda tug‘ilgan. Uning о‘limi bilan yerda yangi Dalay-Lama paydo bо‘ladi. Oliy lamalardan tashkil qilingan hay’at uning о‘limidan sо‘ng bir yil mobaynida yangi tug‘ilgan gо‘daklar orasidan yangi Dalay-Lamani qidirib topadilar. Shundan sо‘ng gо‘dak monastirda tarbiyalanadi. U voyaga yetgunga qadar uning vazifasini regent – muvaqqat vakil bajarib turadi.
Lamaizm diniy hayotining markazini monastir tashkil qiladi. U yerda Dalay-Lama, Lamalar diniy uyushmasi, rohiblar, talabalar faoliyat olib boradilar.
Ijtimoiy dastur insonning ijtimoiy mavqei (jamiyatda tutgan holati) о‘tmishdagi va hozirgi vaqtdagi qilmishlariga bog‘liqligi tо‘g‘risidagi ta’limotga asoslangan. Buddaviylikning avval davlat, sо‘ngra esa jahon dinlaridan biriga aylanishiga, bu ta’limotning, asosan, ikkita qoidasi yordam bergan. Birinchidan, ijtimoiy mavqe va boylik «avvalgi hayotlarida» tо‘plangan fazilatlar kо‘pligidan dalolat beradi degan fikr davlatlar hukmdorlariga о‘zlarini benuqson odamlar deb e’lon qilish imkoniyatini bergan. Bu ularning hokimiyati cheklanmagan xususiyat kasb etishiga olib borgan. Keyinchalik mazkur g‘oya buddaviylikning bekami-kо‘st hukmdor – chakravartina deb ataluvchi – hukmdorning bekamu-kо‘stligi xususidagi konsepsiyada mujassamini topdi va rasmiy tus oldi. Ikkinchidan, qattiq tabaqaviy-kastaviy yakkalanish sharoitida buddaviylik ezilgan ommani ijtimoiy-axloqiy xulq-atvor meyorlariga og‘ishmay rioya etish yoki diniy jamoaga kirish yо‘li bilan kelgusi hayotda ancha yaxshiroq ahvolda tug‘ilishdan umidvor qilgan. Bu buddaviylikning aholi keng qatlamlari orasida ommalashuvi kuchayishiga yordam bergan.
Budda о‘zini ilohiylashtirilishiga qarshi bо‘lgan. Ammo, eramizning I asridan uning haykaliga xudo sifatida sajda qilish rusum bо‘ldi. Bodhisatva, ya’ni Buddaning izdoshlari tasvirlari ham shu vaqtdan e’tiboran yaratila boshlandi.
О‘rta Osiyo janubida amalga oshirilgan diniy islohotlar, ya’ni Buddaviylikning davlat dini sifatida qabul qilinishi uning mavqeini yanada oshirdi, u bilan bog‘liq atribut, tartib, vosita va manzillari, haykal, sig‘inadigan buyum va qurilmalarning shaklanishi hamda rivojlanishiga keng ta’sir etdi.



Download 203.52 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   38   39   40   41   42   43   44   45   ...   69




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling