Mavzu: Falsafa fanining predmeti va uning pedagoglar uchun nazariy va amaliy axamiyati. Reja
Download 203.52 Kb.
|
Kechki maruza matni
Xristianlik ta’limoti. Manbalarning xabar berishicha, xristianlik yahudiy muhitida yuzaga kelgan. Shu bois xristianlikning shakllanishida yaxudiylikning ta’siri salmoqli bо‘lgani, shubhasiz. Xristianlikning asosiy g‘oyasi – Isoning odamzodning xaloskori «messiya» ekanligi yahudiylikda mavjud bо‘lib, oxiratga yaqin kelishi kutilayotgan xaloskor haqidagi ta’limotdan kelib chiqqandir.
Keyinchalik bu ta’limot Xudoning mujassamlanishi yoki Isoning ikki xil – odam va xudo mohiyati haqida «gunohni yuvish», ya’ni Isoning о‘zini ixtiyoriy tarzda qurbon qilishi haqidagi ta’limot bilan mustahkamlanadi. Xristianlik Ota-Xudo, о‘g‘il-Xudo va Muqaddas Ruh – Uch yuzlik Xudo (Trinity) tо‘g‘risidagi ta’limotni, jannat va dо‘zax, oxirat, Isoning qaytishi haqidagi va boshqa aqidalarni о‘z ichiga oladi. Xristianlikning diniy ta’limoti mazmunini asosan quyidagilar tashkil etadi: Xudo muqaddas uchlikda (troitsa) namoyon bо‘ladi. YA’ni Xudo uch qiyofali, lekin yagonadir. Bu degani, Xudo Xudo-Ota, Xudo-О‘g‘il, Xudo-Muqaddas Ruhdan iborat. Biroq, bu uch qiyofali xudolar ayni paytda shaxslariga kо‘ra farq qiladilar. Xudo-Ota tug‘ilish yо‘li bilan paydo bо‘lmagan, uni hech kim yaratgan emas. Xudo-О‘g‘il esa, tug‘ilgan. Xudo-Muqaddas Ruh esa, Xudo otadan paydo bо‘lgan. Asosiy aqidalar quyidagilardir: xudo-О‘g‘il (Iso) Masih, ya’ni Xudo yarlaqagan vakil. U ilohiy xaloskor. Iso-Xristianlikning asoschisi; Iso о‘ldirilgandan keyin osmonga kо‘tarilib ketgan, u kelajakda tiriklar va о‘liklar ustidan hukm chiqarish uchun oxirat kuni yerga qaytib keladi; Iso ham ilohiy, ham insoniy tabiatga ega; Bibi Maryam Xudoning onasi, u qizlik iffatini saqlangan holda ilohiy xomilador bо‘lgan va Isoni tuqqan; ikonalarga sig‘inish; Xudo hamma narsadan ustun turadi va abadiydir. Uni hech kim yaratgan emas. Xudo dunyoning yaratuvchisidir; odamzot tug‘ilgan paytidan boshlaboq gunohkordir; 9 Xudo yaratgan mavjudotlarning gultojisi edi, chunki u insonni о‘ziga о‘xshash qilib yaratgan edi. Bu о‘xshashlikning asosiy qirralari bu insonga berilgan aql-idrok, iroda, abadiy о‘lmasliklarida edi. Xudo butun kosmik tartibni insonga bog‘liq qilib qо‘ydi. Biroq inson о‘zining irodasini, erkini Xudo irodasiga, erkiga qarama-qarshi qilib qо‘yganligi uchun uni abadiy gunohkorlikka mahkum etgan; chо‘qintirish yо‘li bilan Xudo odamlarga najot yо‘lini ochib bergan; Odam va Momo Xavo qilgan ish shunday gunohi azim ediki, odamlar qiladigan har qanday qurbonlik xudoni qanoatlantira olmaydi. Shuning uchun Xudo odamlarga rahm qilib, о‘z о‘g‘li Isoni о‘limga mahkum etgan. Bu qurbonlik Xudoni Isoga e’tiqod qilganlar bilan yarashtirgan va ularga chо‘qintirish marosimi orqali najot yо‘lini ochib bergan: faqat xristian cherkovi bag‘ridagina odamlar Xudoning marhamatiga, uning himoyasida bо‘lishiga umid bog‘lashlari mumkin; Iso о‘gitlariga, vasiyatlariga amal qilish, hayot mashaqqatlariga Iso kabi bardosh berish, buning evaziga narigi dunyoda ajr (mukofotga) erishajaklik muqarrarligi; jannat va dо‘zahning mavjudligi; jonning о‘lmasligi1- haqidagi g‘oyalar mavjud. Xristianlikning tarqalishi jarayonida unga aholining keng qatlami qо‘shila boshladi. Dastlabki xristianlik jamoalari tarkibida quyi qatlam vakillari kо‘pchilikni tashkil etardi. Keyinchalik jamoalarning tarkibida senatorlar va suvoriylar kо‘paya bordi. Xristianlik xarakatiga aslzodalar va ziyolilarning qо‘shilishi uning xarakterining о‘zgarishiga olib keldi. Imperator xokimiyati о‘z navbatida jahon diniga juda katta ehtiyoj semoqda edi. Shu maqsadda milliy, jumladan, Rim dinidan foydalanishga urinish natija bermadi. Imperiyaning jami xalqi uchun tushunarli din zarur edi. Shuning uchun ΙV asrga kelib. Xristianlikni quvg‘in qilish о‘rniga uni faol qо‘llab quvvatlashga о‘tildi. Imperator Konstantin (285-337 yillar) 312 yilda xristianlikni Rim imperiyasining davlat diniga aylanishini boshlab bergan Milan ediktini e’lon qildi. U 325 yilda mutlaq xukmronlikni qо‘lga kiritgach, butun Rim imperiyasida xristianlikning erkinligini, mamlakatdagi boshqa dinlar bilan tengligini ta’minladi. X. 311 y.da rasman ruxsat berilgan dinga aylangan. Imperator Konstantin 324 X.ni davlat dini deb e’lon qilgan. Xristian jamoasining shakllanishi, aqidalarining tartibga solinishi, cherkov munosabatlarining ishlab chiqilishi, diniy tabaqalar tuzumining vujudga kelishi milodning IV asr boshlarida, yani 324 yili xristianlik Rim imperiyasida davlat dini deb e’lon qilinganidan sо‘ng amalga oshirildi. 325 yili tarixda birinchi marta Rim imperatori Litsiniya imperiya hududidagi xristian jamoalarini о‘zaro kelishtirish va tartibga solish maqsadida Nikeya shahrida I Butun Olam Xristian Soborini (о‘tkazilgan 21 sobordan birinchisi) chaqirdi. Bu soborda «e’tiqod timsoli»ning (Credo) dastlabki tahriri qabul qilingan, Pasxani bayram qilish vaqti belgilangan, ariychilik qoralangan (Ariy Aleksandriya shahridan chiqqan ruhoniy; 318 yilda о‘g‘il-Xudo va Ota-Xudoning yagona mohiyati haqidagi cherkov ta’limotiga qarshi chiqib, Isoni ilohiy xususiyatlari va shon-shuhrati jihatidan Ota-Xudodan keyin turadi, chunki ota-xudo azaliy va abadiy, Isoni u yaratgan deb targ‘ib qilgan). 20 ta kanon, jumladan, Aleksandriya, Rim, Antioxiya, Quddus mitropolitlarining imtiyozlari tо‘g‘risidagi qoidani ishlab chiqqan. 381 yili Konstantinopolda II Butun Olam Xristian Sobori bо‘lib о‘tdi. Bu soborda Nikeyada qabul qilingan «e’tiqod timsoli»ga aniqlik kiritish, ariychilar, yevnomiychilar, fotinianlar, savelianlar kabi adashgan firqalar bilan kurashish masalalari kо‘rilgan. II Jahon sobori troitsa (Trinity) haqidagi qoidani ishlab chiqqan va «e’tiqod timsoli»ni qonunlashtirgan. Konstantinopol patriarxi Rim patriarxi kabi barcha boshqa yepiskoplarga nisbatan imtiyozlarga ega degan qoidani kiritgan. Bu soborda qabul qilingan «e’tiqod timsoli» 12 qismda ifodalandi: birinchi qismda olamni yaratgan Xudo haqida; ikkinchi qismda nasroniylikda Xudoning о‘g‘li hisoblangan Iisus Xristosga imon keltirish haqida; uchinchi qismda ilohiy mujassamlashuv haqida sо‘z yuritilib, unga kо‘ra, Iso Xudo bо‘la turib, bokira Bibi Maryamdan tug‘ilgan va inson qiyofasiga kirganligi haqida; tо‘rtinchi qismda Isoning azob-uqubatlari va о‘limi haqida sо‘z ketadi. Bu gunohlarning kechirilishi haqidagi aqidadir. Bunda Isoning tortgan azoblari va о‘limi tufayli Xudo tomonidan insoniyatning barcha gunohlari kechiriladi deb e’tiqod qilinishi haqida; beshinchi qismda Isoning xochga mixlanganidan sо‘ng uch kun о‘tib qayta tirilganligi haqida; oltinchi qismda Isoning me’roji haqida; yettinchi qismda Isoning nuzuli (ikkinchi marotaba yerga qaytishi) haqida; sakkizinchi qismda Muqaddas Ruhga imon keltirmoq borasida; tо‘qqizinchi qismda cherkovga munosabat haqida; о‘ninchi qismda chо‘qintirishning gunohlardan forig‘ qilishi haqida; о‘n birinchi qismda о‘lganlarning ommaviy tirilishi haqida; о‘n ikkinchi qismda abadiy hayot haqida sо‘z yuritiladi. Pravoslav oqimida sirli rasm-rusumlar muhim о‘rin egallaydi. Cherkov ta’limotiga kо‘ra, bunday paytlarda Xudo tomonidan dindorlarga alohida savoblar nozil bо‘ladi. Download 203.52 Kb. Do'stlaringiz bilan baham: |
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling