Mavzu: Falsafa fanining predmeti va uning pedagoglar uchun nazariy va amaliy axamiyati. Reja
Xristianlikning muqaddas kitoblari
Download 203.52 Kb.
|
Kechki maruza matni
Xristianlikning muqaddas kitoblari.
BibliY. Bibliya yahudiylik va xristianlik dinlari talimotiga kо‘ra, Xudo tomonidan nozil qilingan, asosiy diniy aqida va axloq qonunlarini о‘zida jamlagan muqaddas kitoblar majmuasidir. U ikki qismdan iborat: «Qadimiy Ahd» (Old Testament) va «Yangi Ahd» (New Testament). Yahudiy va xristian Bibliyalari (Bible) bir-biriga mos kelmaydi. Yahudiylarning muqaddas kitobi qadimiy Isroil va qadimiy yahudiylarning diniy ta’limot va urf-odatlari asosida mil. av. XIII asrda yozilgan bо‘lsa, xristianlarning kitobi milodning boshlarida vujudga keldi. Yahudiylar xristianlarning kitobini muqaddas kitob sifatida tan olmaydilar. Xristianlar esa yahudiylarning kitobini muqaddas kitob sifatida tan oladilar. Bibliya sо‘zi grek tilida biblia – “kitob”, “о‘ram” ma’nolarini anglatadi. Hozirgi Bibliya katolik nashrlarida 72, protestant nashrlarida 66 kitobdan iborat. Yahudiylarning yana bir diniy manbai Talmudning xabar berishicha, Qadimiy Ahdda 24 ta kitob bо‘lishi kerak. Qadimiy yahudiy tarixchisi Iosif Flaviyning aytishicha, 22 ta kitob bо‘lishi kerak. Protestantlar va yahudiylar, Trident Soboridan keyin (1545-1563) katoliklar ham Qadimiy Ahd tarkibiga 45 ta kitob kiritadilar. Bu son bilan yuqorida keltirilgan son о‘rtasidagi tafovutni keyinchalik ba’zi kitoblarning bir necha mustaqil kitoblarga bо‘linib ketgani bilan izohlash mumkin. Masalan, «Musoning besh kitobi» avval bir butun bо‘lib, keyinchalik beshta mustaqil kitobga, «Kichik payg‘ambarlar kitobi» 12 kitobga ajratib yuborilgan. Xristianlar Qadimiy Ahdni «Rivoyatlar kitoblari», «Ta’limotlar kitoblari», «Payg‘ambar kitoblari»ga bо‘ladilar. Ular Yangi Ahdning 27 kitobini shunday tasnif qiladilar: «Rivoyatlar kitoblari»ga «Injil» va «Havoriylar faoliyati» kiradi. «Ta’limotlar»ga «Havoriylar maktublari» kiradi, «Payg‘ambarlar kitoblari»ga «Vahy» kitobi kiradi. YevangeliY. Injil sо‘zi yunoncha «evangelion» sо‘zidan kelib chiqqan bо‘lib, “xushxabar” ma’nosini anglatadi. Unda odamzodni qutqaruvchi yagona Najotkor hisoblanmish Iso Masihning yer yuziga yuborilganligi haqida hikoya qilinadi. Injil milodning birinchi asrida yozilgan, 27 bо‘limdan iborat. Injil Iso Masihni kо‘rib, uni yaqindan bilgan, uning ta’limotini sinchiklab о‘rgangan mualliflar tomonidan yozilgan. Xristianlikda bu mualliflar xudoning ruhidan ilhomlanib, aynan xudoning buyurganini Injilda yozib qoldirganlar deb hisoblanadi. Injilning matni yozib tugatilgandan keyin undan kо‘p nusxa kо‘chirilib, dunyoning har tarafiga tarqatilgan. Xristianlikda Yangi Ahd tarkibiga kirgan Injil 4 qismga bо‘linadi: Injilning dastlabki 4 kitobchasi Iso Masihning hayoti va ta’limotiga bag‘ishlangan, ular Matto (Matfey), Marko, Luka, Yuhanno (Ioann) bayon etgan Muqaddas xushxabar (Yevangeliye) deb ataladi. Bu 4 kitob muallifining har biri Iso Masih shaxsiyati va faoliyatining alohida xususiyatlarini tasvirlaydi, tо‘rtala kitob ham Isoning yо‘li va qayta tirilishi bilan yakunlanadi. Bu Injil xushxabarining markaziy nuqtasi hisoblanadi. Aziz havoriylarning faoliyati (Deyaniya svyatix apostolov) nomli kitobchada Iso Masihning alohida tanlagan shogirdlari – havoriylarning nasroniylik dinini tarqatish yо‘lida qilgan ishlari, nutqlari, quvilishlari, xristian jamoalarining vujudga kelishi haqida hikoya qilinadi. Pavel, Iakov, Petr, Ioann, Iuda nomli havoriylarning turli mamlakat va podshohlarga xristianlik dinining aqidalarini bayon qilib yо‘llagan maktublari ham Injilda jamlangan. Vahy (Otkroveniye) deb nomlangan kitob xudo tomonidan avliyo Ioannga yuborilgan bashorat hisoblanadi. Unda oxirzamonda yuz beradigan musibatlar, Iso Masihning dunyoga qaytishi, YA’juj-Ma’juj, Dajjol, qiyomat, jannat va jahannam tasvirlanadi. Islom dini ilohiy kitoblar sifatida Injilni ham tan oladi. Injil- Aloh taolo Iso (as)ga Jabroil orqali og‘zaki tarzda nozil qilgan kitob. Musulmonlar bunga imon keltiradilar. Bu haqda Qur’onda bir necha oyat keltiradi. “Va unga kitobni, xikmatni, Tavrot va Injilni о‘rgatadi” (Oli Imron surasi 48-oyat). “Ularning izlaridan Iso ibn Maryamni о‘zidan oldingi Tavrotni tasdiqlovchi qilib yubordik. Unga Injilni berdik. Unda xidoyat va nur bor. U о‘zidan oldingi Tavrotni tasdiqlaguvchidir. Qur’onga kо‘ra, Injilda Muhammad (sav)ning kelishlari haqida bashorat qilingan, biroq Injil matni nasorolar tomonidan buzilgan, о‘sha ilohiy kitobning asl matni xozirda yо‘q. Chunki, Iso (as) ning vaqtlarida Injil kitob shaklida bо‘lmagan. Isodan keyin “Injil vahiy qilinganlar” kо‘payib ketdi. Ixtiloflarni oldini olish maqsadida Imperator Konstantin 325 yilda Nikeyada katta majlis chaqirdi. Unda 2048 patriarx qatnashdi. Sо‘ngra turli jamoalardan о‘nlab injillar olib kelishdi. Imperator Injillardan eng ishonchlisini tanlab olish vazifasini qо‘ydi. Ulardan 4 dona I.ni tanladilar. Xozirda e’tiqod qiladigan Injillar о‘shalardir. Download 203.52 Kb. Do'stlaringiz bilan baham: |
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling