Mavzu: Falsafa fanining predmeti va uning pedagoglar uchun nazariy va amaliy axamiyati. Reja


Download 203.52 Kb.
bet45/69
Sana27.01.2023
Hajmi203.52 Kb.
#1130323
1   ...   41   42   43   44   45   46   47   48   ...   69
Bog'liq
Kechki maruza matni

CHо‘qintirish sirli hodisasi (tainstvo). Bunda dindor о‘z tanasini uch marta suvga botirishi, Xudo-Otani, о‘g‘ilni va Muqaddas Ruhni chaqirishi bilan ruhiy tug‘ilishni kasb etadi.
Badanga miro surkash ham sirli bо‘lib, bunda dindorga Muqaddas Ruhning ruhiy hayotga qaytaruvchi va chiniqtiruvchi ehsonlari ulashiladi.
Poklanishning sirliligi. Unda dindor non va vino kо‘rinishida о‘z badanida Iso qonini abadiy hayotga tayyorlaydi.
Nadomatning sirliligi shundaki, dindor о‘z gunohlarini din peshvosi oldida tan oladi, din peshvosi esa uning gunohlarini Iso nomidan kechiradi.
Ruhoniylikning sirliligi u yoki bu shaxsni ruhoniy darajasiga kо‘tarish uchun yepiskop qо‘lini о‘sha shaxs badaniga tegizishi (yoki qо‘yishi) orqali amalga oshiriladi.
Nikohning sirliligi. Bunda kelin-kuyov turmush qurish, farzand kо‘rish va uni tarbiyalashga oq fotiha oladilar.
Badanni yeley bilan ishqalash sirida Xudoning ruhiy va jismoniy zaifliklarni tuzatuvchi lutfu marhamatidan umid qilinadi.
Pravoslav cherkovi bayramlar va diniy marosimlarga alohida ahamiyat beradi. Pasxadan sо‘ng pravoslav dinining о‘n ikki kunlik о‘n ikki muhim bayrami boshlanadi. Ular:

  1. Bibi Maryamning tug‘ilishi (Rojdestvo Bojyey materi);

  2. Isoning xochini tiklash (Vozdvijeniye kresta Gospodnya);

  3. Bibi Maryamning ibodatxonaga kirishi (Vvedeniye vo xram Presvyatoy Bogoroditsi);

  4. Isoning tug‘ilishi (Rojdestvo Xristovo);

  5. Isoni chо‘qintirish (Kresheniye Gospodnya);

  6. Olqishlash (Sreteniye);

  7. Xushxabarning nozil bо‘lishi (Blagoveshaniye);

  8. Isoning Quddusga kirishi (Vxod Gospodnya v Iyerusalim) – pasxa postidan 6 hafta keyingi yakshanba;

  9. Isoning qayta tirilishi (Voskresenye Xristovo) – Pasxa, bahorgi kecha va kunduz tengligi va oy tо‘lishgan birinchi yakshanba;

  10. Isoning osmonga kо‘tarilishi (Vozneseniye Iisusa) – Pasxadan 39 kun keyin;

  11. Muqaddas Ruhning tushishi (Soshestviye Svyatogo duxa – Troitsin Den);

  12. Iso qiyofasining о‘zgarishi (Preobrajeniye) – 6 avgustda.

Cherkov yili eski hisobga muvofiq 1 sentabrdan boshlanadi. 8 sentabr kuni «Rojdestvo Bojyey materi» bayrami о‘tkaziladi. 12 sentabr kuni «Vozdvijeniye kresta Gospodnya» bayrami nishonlanadi. Bu bayram imperator Irakliy davrida Iso krestining forslar tutqunidan qaytarib olib kelinishiga bag‘ishlanadi. 21 noyabr kuni «Vvedeniye vo xram Presvyatoy Bogoroditsi» bayrami о‘tkaziladi. Bu bayram uch yoshli Maryamning birinchi ruhoniy tomonidan Qadimiy Ahd ibodatxonasiga olib kirilganligiga bag‘ishlanadi. Ibodatxonaga kirish bayramidan bir hafta oldin, yani 15 noyabrda Rojdestvo posti boshlanadi. Va nihoyat, 20 dekabrda Rojdestvo bayrami kiradi va 31 yanvargacha davom etadi.
Isoning chо‘qintirilishi (Kresheniye Gospodnya) bayrami 6 yanvarda nishonlanadi. Bu bayram Isoning Yahyo tomonidan chо‘qintirilishiga bag‘ishlanadi.
Navbatdagi yana bir yirik bayram Sreteniye (olqishlash, kutib olish) bayramidir. Bu bayram Iso tug‘ilgach, avliyo Simeon tomonidan uning kutib olinishiga bag‘ishlanadi.
Buyuk bayramlar ichida Pasxa birinchi о‘rinda turadi. Pasxa – Isoning о‘lganidan sо‘ng qayta tirilganini nishonlab о‘tkaziladigan bayram. Pasxaning tarixi yahudiylikdagi peysax bayrami bilan bog‘liq bо‘lib, u yahudiylarning Misrdan qochib chiqishi va ozodlikka erishishining nishonlanishidir. Xristianlik yahudiylikdan tо‘la ajralib chiqqach, Pasxa yangicha tus olgan.
Yuqorida sanab о‘tilgan bayramlar oldidan ularga tayyorgarlik sifatida turli muddatli postlar о‘tkaziladi. Postning mohiyati inson ruhini tozalash va yangilash, diniy hayotning muhim voqealariga tayyorgarlikdan iborat.
Rus Pravoslavining kо‘p kunlik postlari (rо‘zalari) bо‘lib, ular tо‘rtta: Pasxa oldidan, Pyotr va Pavel kuni oldidan, Bogoroditsa uyqusidan oldin va Iso tug‘ilgan kundan oldin bо‘ladigan postlar. Pasxa oldidan bо‘ladigan «Velikiy post» 40 kunga chо‘ziladi. Ushbu post davrida – eski hisob bо‘yicha 25 martda «Blagovesheniye» bayrami о‘tkaziladi. Post boshlanishidan olti hafta о‘tgach, yakshanba kuni xristianlikning о‘n ikkinchi bayrami yoki 8-bayram «Xudoning Quddusga kirishi» nishonlanadi.
Ilk inkvizatsiY. Rim davlatining markazlashish tizimining yemirila boshlashi oqibatida mustaqil cherkovlar paydo bо‘ldi.Lekin masala xristian cherkovlarining bо‘linishi bilan hal bо‘lib qolmadi. Ulardan ba’zilari xristian ruhoniylarining xalqaro yig‘inlari qarorlarini va tasdiqlangan aqidalarni tan olishdan bosh tortdilar. V asrning о‘rtalariga kelib umumxristian yig‘ini qarorlaridan norozi cherkovlar paydo bо‘ldi. Bu cherkovlar rasmiy xristianlikka nisbatan muayyan mavqega da’vogarlik qila boshladi.

Download 203.52 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   41   42   43   44   45   46   47   48   ...   69




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling