Mavzu: Falsafa fanining predmeti va uning pedagoglar uchun nazariy va amaliy axamiyati. Reja


Download 203.52 Kb.
bet35/69
Sana27.01.2023
Hajmi203.52 Kb.
#1130323
1   ...   31   32   33   34   35   36   37   38   ...   69
Bog'liq
Kechki maruza matni

Buddizm. Bu diniy-falsafiy ta’limot braxmanizm va jaynizmdan keyin qadimgi hind dunyoqarashida anti braxman kshatriylar harakatiga qarshi turgan uchinchi ta’limot Buddizm eramizdan avvalgi VI-V asrlarda qadimgi Hindistonda paydo bо‘lgandi. Buddizm ta’limotiga Sidxarta Gautama asos solgan.
Buddizm ta’limotining tadqiq etuvchi olimlarning bergan ma’lumotlariga qaraganda Shakya qabilasidan chiqqan Siddxarta eramizdan avvalgi 560-480 yillarda yashab ijod etgan. Tarixiy manba’larda keltirilishicha Siddxarta Shakya qabilasi boshlig‘ining о‘g‘li shahzoda Kapilavastu shahrida tavallud topgan.
Gautamaning otasi Himolay tog‘i yon bag‘irlarida yashagan kichik bir Shakya qabilasining rahbari bо‘lgan. Shuning uchun unga Shakyamunna ya’ni Shakya qabilasidan chiqqan degan nom qо‘yilgan. Gautama dunyoga kelishidan avval uning onasi g‘aroyib tush kо‘radi. Tushida oq filni kо‘radi. О‘zi kо‘rgan bu g‘aroyib tushini kohinga sо‘zlab beradi. Kohin tushning ta’birini aytib, siz kutayotgan farzand g‘ayri tabiiy aqlga ega bо‘ladi. Farzandingiz qalandar- monax bо‘lmasligi uchun dunyoga kelgach, jamiyatdagi azob-uqubatlar, hayot tashvishlaridan xoli yashab, о‘sishiga imkoniyat yaratib berishingiz kerak deydi donishmand. О‘ziga tо‘q, kichik bir qabilaning boshlig‘i bо‘lmish bо‘lajak donishmandning otasi kohin aytgan barcha sharoitlarni о‘z farzandi jamiyatda mavjud hayotning azob-uqubatlaridan xoli yashashga imkoniyat yaratib beradi. Farzandining ta’lim tarbiyasi bilan shug‘ullanuvchi guru (ustozlarni) о‘z saroyiga taklif etib, xonadonda dars beradilar. Shahzoda yil sayin ulg‘ayib, oq-qorani taniy boshlaydi. Kunlardan bir kuni xizmatchisi bilan bog‘ga chiqadi. Shunda uning kо‘zi daraxt tagida dam olayotgan qariyalarga tushib, xizmatchisidan: “Bu ne hol?” deb sо‘raydi. Bu qariya mehnat qilib charchagach, dam olib о‘tiribdi deb javob beradi. Sal yurgach, bir qariya chol omoch bilan jо‘yak olayotganini kо‘rib: “Bu-chi?”- deydi. Bu qariya tirikchilik о‘tkazish uchun, don sepish uchun jо‘yak olyapti. Kuzda hosilni yig‘ib terib oladi – deb javob beradi. Yana bir oz yurgach devor tagida ingrab yotgan bir qariyaga kо‘zi tushib, nega bu qariya ingrab devor tagida yotibdi? degan savoliga u: Bu betob bо‘lib yotibdi. Inson qariganda tez-tez kasalikka chalinadi deb javob beradi. Shahzoda bu manzarani hayolidan о‘tkazib bog‘da sayr qilib yurganida devor ortida bir necha kishilar mayitni tobutda kо‘tarib ketishayotganlarini kо‘rib: Bu nima? deb sо‘raydi. Shunda xizmatkori unga qarab: Bu vafot etgan kishini dafn etmoq uchun qabristonga olib ketishyapti, deydi. Inson dunyoga keladi, ulg‘ayadi va vaqti soati yetgach, foniy dunyodan boqiy dunyoga rihlat qiladi. О‘lim haq narsa deb javob beradi.
Shahzoda bog‘da kо‘rgan voqealarning sababini topish yо‘lida ancha bosh qotiradi. Unga saboq beruvchi ustozlar ham uni qoniqtiradigan javob berolmaydi. Bularning sirlarini topish uchun kо‘p bosh qotiradi. Nihoyat 29 yoshida bо‘lajak donishmand о‘z oilasini ota saroyini yashirincha tunda tark etadi. U kishilar boshiga tushadigan kulfatlarning sabablarini bilish va kishilarni bundan qutqarish maqsadida tarkidunyochilik qilib, о‘rmonda yashab diniy kitoblarni mutolaa qilishga kirishadi. Kо‘p shaharlarni ziyorat qiladi. Haqiqatni topaman deb shaharma-shahar yurib, charchaydi. Nihoyat bir daraxtning tagiga kelib о‘tirib, hayotning asosiy haqiqatini topmaguncha bu yerdan qimirlamaslikka ahd qiladi. Daraxt tagida о‘tirgan Sidxarta tо‘rtinchi kuni nur taralganini kо‘radi. Shundan keyin uni budxa ya’ni nurlangan deb atashadi. Asta-sekin uning atrofida shogirdlari tо‘planib, buddaviylik jamiyatini tashkil etishadi.
U о‘zining diniy ta’limotini yaratishga kirishadi. О‘ttiz olti yoshida u “Haqiqiy bilim”ga ega bо‘lganligini e’lon qiladi. U о‘z umrining oxirigacha shaharma-shahar, qishloqma-qishloq kezib, о‘z ta’limotini tashviqot qilib yurgan.
Buddizm ta’limoti tarixiy taraqqiyot jarayonida xristian va islom dinlari qatorida keng tarqalgan ta’limotlardan biri hisoblangan. Buddizm ta’limoti kastachilik tuzumiga qarshi oppozitsiyada bо‘lgan. Bu ta’limot jamiyatning barcha a’zolari «azob-uqubatda» va undan qutulish uchun huquqga ega bо‘lib, tengdirlar. Buddizm shuningdek qurbonlik keltirish va diniy rasm-rusmlarga qarshi chiqqan. Jamiyatning barcha a’zolari tengdirlar degan ta’limotlari nafaqat Hindistonda balki qо‘shni mamlakatlarning xalqlari о‘rtasida keng tarqalishiga asos bо‘lgan.
Buddizm sabr-toqatli, itoatkor bо‘lishga passiv bо‘lishga, voqelikka toqatli bо‘lishga da’vat etganligi uchun Hindiston davlatining xukmron sinfi tomonidan qabul qilinib, mazlum xalqlarning ma’naviy hayotlariga g‘oyaviy qurol sifatida о‘z ta’sirini kо‘rsatib kelgan.
Hindiston yiriklashgan davlatlarning shakillanishida kohinlarga imtiyozlar bergan braxmanlar diniga kо‘ra, qurbonlik keltirishga qarshi turgan buddizm ta’limoti kо‘proq foydali ta’limot deb topildi.
Boshqa kо‘plab hind avliyolari singari Siddharta Gautama ham uy rо‘zg‘orini va xotinini qoldirib, zohid va donishmand sifatida ziyoratga chiqib ketgan. Kо‘p yillik zohidlik va о‘z о‘zini azoblashdagn keyin u inson hayotining fundamental masalalari yuzasidan xali ham ilgarigidek baribir tо‘la g‘aflatda ekanini sezgan. Shuning uchun о‘z о‘zini azoblash amaliyotidan voz kechib an’anaviy mushohadaga qaytishga qaror qilgan.
Birmuncha vaqt changalzor о‘rmonlarda kezib horib charchagach, bir daraxtning tagida dam olish uchun о‘tiradi, va о‘zicha, to haqiqatni topmaguncha shu yerdan turmaslikka qaror qiladi. Biroz vaqtdan keyin Gautamaning ongi tiniqlashib ketgan va bu savollarga javob beradigan bilimni egallaydi.
Bu о‘tirishning 49 kuni uning qalbidan «Sen haqiqatni topding» degan sado keladi. Shu paytda uning kо‘z oldida butun borliq namoyon bо‘ladi. U hamma joyda shoshilish, qayoqqadir intilishni kо‘radi: hech bir joyda osudalik yо‘q edi. Hayot nihoyasiz uzoqlikni kо‘zlab о‘tib ketayotgan edi. Inson aqli yetmas bir kuch. Trishna – yashash, mavjud bо‘lish umidi barchaning tinchini buzar, halok qilar va yana qayta yaratar edi. Mana endi Budda kimga qarshi kurashish kerakligini angladi. Shu ondan u Budda – nurlangan deb ataldi. U tagida о‘tirgan daraxt esa – nurlangan daraxt (botxa) deb atala boshladi. Keyinchalik Budda (Oydinlashgan) nomi bilan mashhur bо‘ladi.
Budda о‘zining birinchi da’vatini Varanasi yaqinidagi Rishipatana bog‘ida о‘zining besh rohib dо‘stlariga qildi va ular Buddaning birinchi shogirdlari bо‘ldilar.
Shu kundan boshlab Budda о‘z shogirdlari bilan qishloqma-qishloq yurib, о‘ziga yangi izdoshlar orttiradi. Budda 40 yil mobaynida Hindistonning turli joylarida bо‘ladi, odamlarga о‘z g‘oyalarini yetkazadi, singdiradi va 80 yoshida Kushtnagara degan joyda dunyodan о‘tadi. Uning jasadi, hind udumiga kо‘ra, kuydirilib, xoki 8 ta buddist jamoalariga bо‘lib yuborildi va har bir jamoa uni dafn etgan joyida ibodatxona (stupa) barpo etdi.
Buddaning hayoti haqida turli asotirlar paydo bо‘ldi. Ularda aytilishicha, Budda kо‘p yillar davomida yer yuzidagi turli mavjudotlar qiyofasida qayta tug‘ilgan: 84 marta ruhoniy, 58 marta shoh, 24 marta rohib, 13 marta savdogar, 18 marta maymun, 12 marta tovuq, 8 marta g‘oz, 6 marta fil, shuningdek, baliq, qurbaqa, kalamush, quyon qiyofalarida qayta tug‘ilgan. Jami 550 marta qayta tug‘ilgan. U doimo qayerda, qay qiyofada tug‘ilishini о‘ziga о‘zi belgilagan.
Sо‘nggi marta uni xudolar insoniyatni tо‘g‘ri yо‘lga boshlashi uchun inson qiyofasida yaratganlar. Bu afsonalarning ba’zilariga kо‘ra, yer yuzida Gautamaga qadar 6 ta budda о‘tgan. Shuning uchun Buddaviylikning ba’zi muqaddas joylarida 7 ta ibodatxona barpo etilgan. 7 ta Bodxa daraxti о‘tkazilgan. Ba’zi afsonalar 24 ta Budda avlodi о‘tgan desa, ba’zilari minglab buddalar о‘tgan deb da’vo qiladi.

Download 203.52 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   31   32   33   34   35   36   37   38   ...   69




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling