Mavzu fanga kirish. O‘lchash xaqida umumiy tushunchalar. Temperaturani o‘lchash usullari. Ma’ruza rejasi
О‘lchov asbobining asosiy elementi
Download 0.83 Mb.
|
Маъруза-1
О‘lchov asbobining asosiy elementi bо‘lib о‘lchash mexanizmi hisoblanadi va u о‘zining sezgir elementi va kо‘rsatish qurilmasi yordamida (kо‘rsatuvchi, yozib boruvchi va jamlovchi), tо‘g‘ridan-tо‘g‘ri о‘lchashni amalga oshiradi.
О‘lchov asbobi shkalasi quyidagi kо‘rinishlarda bо‘lishi mumkin: a – tо‘g‘ri chiziqli; b – yoysimon; v – aylanma bir tekisda; g – profil kо‘rinishida; d – baraban kо‘rinishida; ye – aylanma bir tekisda emas. Rasm 1. Shkaladagi bо‘linmalar graduirovka va undagi raqamlar shkalaning raqamlanishi (otsifrovka) deyiladi. О‘lcham birligidagi shkalaning eng kichik bо‘linmasi bо‘linma qiymati deb nomlanadi. Shkalaning boshlang‘ich va oxirgi bо‘linmalari о‘lchashning boshlang‘ich va oxirgi qiymatlarini yoki shkala diapazonini (о‘lchash diapazonini) belgilaydi. Shuningdek о‘lchov asbobi shkalasi bir tekisda va bir tekisdamas, hamda, bir tomonlama va ikki tomonlama bо‘lishi mumkin. О‘lchov asbobi strelkasi pona, nayza va pichoqsimon (aniq о‘lchov asboblarida) kо‘rinishda bо‘lishi mumkin. О‘ziyozar о‘lchov asboblarida odatda lentasimon va disksimon diagramma qog‘ozlari ishlatiladi. Rasm 2. Yozish qurilmasida diagrammani yurgazish uchun soat mexanizmidan yoki sinxron elektr yuritmadan foydalaniladi. Jamlovchi asboblarda strelkali yoki rolikli hisoblash qurilmalari ishlatiladi. Rasm 3. Bir korpusdan tashkil topgan о‘lchov asbobi odatda joyida о‘lchashga mо‘ljallangan bо‘ladi. Axborotni masofaga uzatishga mо‘ljallagan о‘lchov asbobi birlamchi va ikkilamchi о‘lchov asboblaridan tashkil topgan bо‘ladi. Birlamchi о‘lchov asbobidagi sezgir element о‘lchash obyektiga о‘rnatiladi. Ikkilamchi о‘lchov asbobi birlamchi asbobdan kelgan signalni qabul qilib olib, uni hisoblash qurilmasi siljishiga aylantiradi va parametrni masofadan о‘lchaydi. Birlamchi о‘lchov asboblari masofadan о‘lchashda signal о‘zgartirgichlar bilan jixozlangan bо‘lib, ularda о‘lchanayotgan kattalik proporsional elektr yoki pnevmatik signallarga aylantiriladi. Download 0.83 Mb. Do'stlaringiz bilan baham: |
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling