Mavzu fanga kirish. O‘lchash xaqida umumiy tushunchalar. Temperaturani o‘lchash usullari. Ma’ruza rejasi


Download 0.83 Mb.
bet4/6
Sana28.01.2023
Hajmi0.83 Mb.
#1136977
1   2   3   4   5   6
Bog'liq
Маъруза-1

О‘lchov asboblarining sifati о‘lchov asbobining о‘lchash aniqligi, sezgirligi va tezkorligi bilan ifodalanadi.
О‘lchov asboblarining aniqligi uning qanchalik tо‘g‘ri kо‘rsatayogani bilan belgilanadi, ya’ni, о‘lchash natijalari о‘lchanayotgan kattalikning haqiqiy qiymatidan qanchalik chetlashayotganiga bog‘liq.
О‘lchov asbobi sezgirligi deganda uni о‘lchanayotgan kattalikning kichik о‘zgarishlarini sezaolish qobiliyati tushuniladi. О‘lchov asbobi sezgirligini strelkani chiziqli yoki burchak siljishini, bu siljishga sabab bо‘lgan о‘lchanayotgan kattalik о‘zgarishiga nisbati orqali ifodalash mumkin.
Bu, о‘lchov asbobi о‘lchanayotgan kattalikning qancha kichik о‘zgarishini sezsa, uning sezgirligi shuncha katta degani. Sezgirlik bо‘linma qiymatiga teskari proporsionaldir va shuning uchun о‘lchov asbobi shkalasi qancha kichik bо‘linma qiymatiga ega bо‘lsa, uning sezgirligi shuncha katta bо‘ladi.
О‘lchov asbobi tezkorligi uning inersiyasiga, ya’ni о‘lchashning kechikishiga bog‘liq.
Xar xil о‘lchov asboblarining ishlatilishiga ma’lum talablar mavjud (temperatura, namlik, tebranishlar va boshqalar).
О‘zbekistonda xozir avtomatlashtirish vositalarining va sanoat asboblarining yagona davlat tizimi (GSP) mavjud bо‘lib, u о‘lchash va avtomatlashtirish vositalarini unifikatsiyalash va standartlashni nazarda tutadi. Signallarni unifikatsiyalashtirish (pnevmatik signal 0,02- 0,1 MPa; elektr analogli signal 0-5 ma; 0-20ma) avtomatlashtirish vositalari va sanoat asboblarining yagona davlat tizimining asosi hisoblanadi.
О‘LCHASH XATOLIKLARI
О‘lchash usullari va о‘lchov asboblarining takomil emasligi va о‘lchash sharoitlarining ta’siri natijasida fizik kattaliklarni о‘lchashni absolyut aniq amalga oshirib bо‘lmaydi. Bunda hosil bо‘layotgan xatoliklarning son qiymati о‘lchash xatoliklari deyiladi. Shunday qilib, о‘lchash xatoligi deb о‘lchov asbobi kо‘rsatuvi bilan haqiqiy qiymat orasidagi farqga aytiladi.
О‘lchash xatoligi absolyut yoki nisbiy kattaliklarda ifodalanishi mumkin.

Download 0.83 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   2   3   4   5   6




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling