-l (-al) ko‘rsatkichli fe’ldan hosil qilingan sifatlar genetik jihatdan -їlї (-ili) sifatdosh yasovchi affiks bilan aloqador bo‘lishi mumkin: ozarb. jazїlї (yozilgan)< jaz (yozmoq), tur. bukulu (bukilgan)(bukmoq), qoz. turuli (o‘ralgan)(o‘ramoq).
Ushbu sifatdoshlar izlari bo‘lib, sifatdosh ma’noli sifatlar tarzida saqlangan.
Fe’ldan hosil qilingan -їm//-im ko‘rsatkichli sifatlar qoldiqlari hozirgi turkiy tillarda uncha ko‘p emas. Ushbu sifatlar, ko‘pincha, otlashgan shaklda uchraydi: ozarb. jarїm, tat. ya°rьm, qoz. jarьm (yarim)(yormoq), ozarb. käsim (kesim)(kesmoq), bölüm (bo‘lim)(bo‘lmoq), tat. tüshim (ship)(to‘shamoq, yozmoq), qoz. ölim (o‘lim)<öl (o‘lmoq), chuv. s‘ъdъm (yutum)(yutmoq), pulim (bo‘lim)
(bo‘lmoq), tuv. özüm (o‘sim)<ös (o‘smoq) kabi.
Turkiy tillarda -mїsh//-mish affiksli fe’ldan hosil qilingan sifatlar hozirda otlashgan: tat. tъrmъsh (turmush)(turmoq, yashamoq), ya°zmьsh (yoziq, taqdir)(yozmoq), o‘zb. o‘tmish(o‘tmoqda) kabi. Dastlab, ushbu sifatlar harakat natijasi ma’nosini anglatgan.
Hozirgi turkiy tillarda -їn//-in ko‘rsatkichli fe’ldan hosil qilingan sifatlarning ba’zi izlari saqlangan, xolos: ozarb. yїg‘їn (yig‘in)(yig‘moq), gälin (kelin)< gäl (kelmoq), tur. tütün (tutun)(tutamoq), o‘zb. to‘yinto‘ymoq, boshq. sa°bьn (o‘rim)(o‘rmoq), qoz. ag‘ьn (oqin)(oqmoq) kabi.
-an//-an affiksi, aslida, -їn//-in affiksining morfologik varianti bo‘lib, juda kam uchraydi: ozarb. ötän (o‘tgan)<öt (o‘tmoq), kechän (o‘tgan)<kech (o‘tmoq) singari.
Fe’ldan hosil qilingan sifatlarning -ar//-är, -їr//-ir ko‘rsatkichli ancha qadimgi ma’nosi doimiy belgini ifodalagan: ozarb. axar (oqar)(oqmoq), yashar (yashar)(yashamoq), chuv. xizir (tor)(siqmoq) kabi. Natijada -ar//-är ko‘rsatkichidan hozirgi-kelasi zamonni vujudga keltirish uchun foydala-nilgan.
Turkiy bobotilda -asї//-asi ko‘rsatkichi fe’ldan hosil qilingan sifatlar mavjud bo‘lgan. Ular, asosan, doimiy kelasi zamondagi harakatni anglatgan: tat. ba°ras (boradigan), boshq. a°shahь ash (eyiladigan ovqat), ozarb. tikilasi ev (quriladigan uy), chuv. kiles‘ s‘ül (kelgusi yil) kabi.
Do'stlaringiz bilan baham: |