Mavzu: Fe’llarda mayl kategoriyalari Reja: Kirish Asosiy qism


Download 37.72 Kb.
bet6/16
Sana21.02.2023
Hajmi37.72 Kb.
#1218472
1   2   3   4   5   6   7   8   9   ...   16
Bog'liq
Feruza turkiy tillar kurs ishi

Birlikda Ko‘plikda
1-shaxs. kördörbün kördörbüt
2-shaxs. kördörgüñ kördörgüt
3-shaxs. kördör kördörlär
-san ko‘rsatkichli shart mayli faqat chuvash tilida mavjud: Kas‘xine puja pulzan, kurnъzьbъr (Agar bo‘sh bo‘lsak, kechqurun uchrashamiz).
Muqarrarlik mayli. Maylning ushbu tipi, asosan, o‘g‘uz guruh tillarida uchraydi. Bu maylning ko‘rsatkichi -malї//-mäli hisoblanadi: tur. yazmalїyїm (yozishim kerak), yazmalїydїm (men yozishim kerak edi), ozarb. gälmäliyäm (kelishim kerak), oxumalїidim (o‘qishim kerak edi). Turkman tilida fe’lning muqarrarlik formasi o‘z ko‘rsatkichlariga ega emas: men yaz‘malї (men yozishim kerak), ol yaz‘malї (u yozishi kerak).
Ushbu maylning xuddi turkman tilidagi shakli Turkmanistonning Toshhovuz viloyat o‘g‘uz va qipchoq shevalarida faol ishlatiladi: barmalї (borish kerak), gälmäli (kelish kerak), görmäli (ko‘rish kerak), almalї (olish kerak) kabi. Bu viloyatdagi o‘zbek shevalariga turkman tilining ta’siri natijasida ro‘y bergan.
Maylning ushbu ko‘rinishining hududiy chegaralanganligi uning turkiy bobotilda ham mavjud bo‘lganligiga taxmin qilishga imkon beradi. Uning izlari ayrim turkiy tillarda uchraydi. Chuvash tilida ushbu mayl ko‘rsatkichi -mala shaklida: kaymalla s‘їn (ketishi kerak bo‘lgan odam). Turkologlar -malї//-mali ning kelib chiqishi -ma fe’ldan ot yasovchi qo‘shimcha va sifat yasovchi -lї (-lїg‘) affiksining birikishi bilan bog‘laydilar.
Turkiy tillarda bo‘lishsiz fe’lning ifodalanishi. Turkiy bobotil davri-dayoq fe’llarda bo‘lishsizlikni ifodalash uchun -ba (-ma) affiksi ishlatilgan.
Turkiy tillarda -ma bo‘lishsizlik affiksidan keyin y tovushi orttiriladi:
Birlikda Ko‘plikda
1-shaxs. barmadim barmadїk
2-shaxs. barmadїñ barmadїg‘їz
3-shaxs. barmadї barmadїlar


1-shaxs. barmayman barmaymїz
2-shaxs. barmaysїñ barmaysїz
3-shaxs. barmaydї barmaydїlar
Kelasi zamonda bo‘lishsizlik qo‘shimchasi -ma dan keyin -s ko‘rsatkichini qabul qiladi:
1-shaxs. barmasman barmasbїz
2-shaxs. barmassañ barmassїz
3-shaxs. barmas barmaslar
Bu yerdagi s elementi kelasi zamon sifatdoshi -asїdagi sning aynan o‘zi ekanligi taxmin etiladi.
Tatar tilida kelasi zamon shakli -ma bo‘lishsizlik affiksi bilan kelganda, diftongning birinchi qismida qisqarish ro‘y bergan: tat. almьym (olmayman), almьysьñ (olmaysan), almьy (olmaydi). -mäy inkor ma’noli affiksda ay>i hodisasi ro‘y bergan: bilmim (bilmayman), bilmisiñ (bilmaysan)
Chuvash tilidagi -mas bo‘lishsizlik affiksi ham hozirgi zamonni ifodalashga xizmat qiladi: sїrmas-tъp (yozmayman), sїr-mas-tъn (yozmaysan) kabi. Xuddi shunday holat yoqut tilida kuzatiladi: bar-bat (bormaydi)
Ayrim turkiy tillarda, asosan, o‘g‘uz tillarida s inkor affiksi o‘rnida r elementi qo‘llaniladi. Bu, ayniqsa, turkman tilida yaqqol ko‘zga tashlanadi:

Download 37.72 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   2   3   4   5   6   7   8   9   ...   16




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling