Mavzu: Fe’llarda mayl kategoriyalari Reja: Kirish Asosiy qism


Download 37.72 Kb.
bet5/16
Sana21.02.2023
Hajmi37.72 Kb.
#1218472
1   2   3   4   5   6   7   8   9   ...   16
Bog'liq
Feruza turkiy tillar kurs ishi

Birlikda Ko‘plikda
1-shaxs. alasїbїn alasїbїz
2-shaxs. alasїsan alasїsїz
3-shaxs. alasї alasї
Fe’l o‘zagiga -a ko‘rsatkichi va shaxs-son qo‘shimchalarini qo‘shish bilan hosil qilinadigan istak mayli o‘g‘uz guruhidagi tillarda uchraydi. U turkiy bobotilda ham mavjud bo‘lgan bo‘lishi mumkin. Buni ozarbayjon tilidagi al (ol) fe’lining tuslanishi misolida ko‘rish mumkin:
Birlikda Ko‘plikda
1-shaxs. alam alax
2-shaxs. alasan alasїnїz
3-shaxs. ala alalar
Turk tilida yaz (yoz) fe’lining tuslanishida biroz fonetik o‘zgarishlar sodir bo‘ladi:
1-shaxs. yazayїm yazalїm
2-shaxs. yazasan yazasїnїz
3-shaxs. yaza yazalar
11.2. Buyruq mayli. Turkiyshunoslar fikricha, ushbu mayl har xil mayllar yig‘indisidan sun’iy hosil qilingan mayl hisoblanadi. Buni qozoq tilidagi al (ol) fe’lining tuslanishi ham tasdiqlaydi:
Birlikda Ko‘plikda
1-shaxs. alayїn alayьq
2-shaxs. al alїñdar
3-shaxs. alsїn alsїn
Bu yerdagi 1-shaxsning birlik va ko‘plik shakli istak mayli qo‘shimchasi -ay ga, 3-shaxs birlik va ko‘plik esa istak maylining boshka tipi -sїnga to‘g‘ri keladi.
Shart mayli. Turkiy tillarda shart maylini -sa -sar va -san ko‘rsatkichlari bilan hosil qilishning uchta modeli uchraydi.
Shart maylining -sar ko‘rsatkichi bilan hosil qilinadigan tipini al (ol) fe’lining tuslanishi misolida ko‘rish mumkin:
Birlikda Ko‘plikda
1-shaxs. al-sa-m al-sa-k
2-shaxs. al-sa-ñ al-sa-g‘їz
3-shaxs. al-sa al-sa
Shart maylining -sar ko‘rsatkichi ham, xuddi yuqoridagidek, fe’l o‘zagiga ushbu ko‘rsatkichdan keyin birinchi kategoriya affikslarini biriktirish orqali hosil qilinadi. -sar ko‘rsatkichli shart mayli o‘rxun-enasoy va uyg‘ur yodnomalarida, shuningdek, X–XIII asrlarga mansub Sharqiy Turkiston matnlarida ham uchraydi:
1-shaxs. alsarman alsarbїz
2-shaxs. alsarsañ alsarsїz
3-shaxs. alsar alsar
Shart maylining ushbu tipi hozirgi turkiy tillar uchun xarakterli emas. U biroz o‘zgargan holda faqat yoqut tilida saqlangan. Yoqut tili uchun -tar ko‘r-satkichi xosdir. Aslida, tar< -sar bo‘lib uning -ter, -dar//-der,-lar//-ler, -nar//-ner va lablangan variantlari ham mavjud.

Download 37.72 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   2   3   4   5   6   7   8   9   ...   16




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling