-qa//-g‘a ko‘rsatkichi fe’ldan hosil qilingan qadimgi sifatlarning izlarini: tur. örge (chayla, kapa)<ör (to‘qimoq, o‘rmoq), ozarb. govurga (qovurilgan bug‘doy yoki makkajo‘xori)(qovurmoq) kabi so‘zlarni ko‘rish mumkin. Harakat natijasi negizida fe’ldan otlar hosil qilinishi mumkin: qirg‘. qapqa (darvoza)(yopmoq), chuv. tїtkъ (suyanchiq, to‘siq)(tutmoq) kabi.
Hozirgi turkiy tillarda -qa//-g‘a ko‘rsatkichli fe’ldan hosil qilingan sifatlar qo‘llanilmaydi. Genetik jihatdan uning hosilalari -їq//-ik elementlarinikiga o‘xshash.
Turkiy tillarda -qan//-kan, -g‘an//-gan ko‘rsatkichli fe’ldan hosil qilingan sifatlar, aslida, -q va -an ko‘rsatkichli fe’ldan hosil qilingan sifatlar shu affikslardan tarkib topgan. Dastlab, ushbu affikslar bilan kelgan fe’ldan hosil qilingan sifatlar muayyan zamon va nisbat farqiga ega bo‘lmasdan, harakat natijasi ma’nosini anglatgan. Ularning izlari, ko‘pincha, sifat, ayrim holatlarda esa ot tarzida namoyon bo‘ladi: tur. chalїshkan (ishlaydigan)(ishlamoq), kurgan (qo‘rg‘on)(qurmoq), ozarb. gudurg‘an (quturgan)(qutur), yarg‘an (yar)(yormoq) kabi.
Turkiy tillarda -qїn//-kin, -g‘їn//-gin ko‘rsatkichli fe’ldan hosil qilingan sifatlar qoldiqlari ham ot hamda sifatlar, ba’zan sifatdosh tarzida uchraydi. Aslida, -qїn affiksi -qan affiksining morfologik ko‘rinishidir: tur. kachkїn (qochqin)< kach (qochmoq), chuv. chupkъn (qochqin)(qochmoq), turkm. uchkun (uchqun)(uchmoq), ozarb. durgun (turg‘un)(turmoq), o‘zb. so‘lg‘in (so‘ligan)(so‘lmoq) kabi.
Hozirgi turkiy tillarda fe’ldan hosil qiliñan sifatlarning -l (-al) ko‘rsatkichli tiplari izlari ancha kam uchraydi. Ayrim turkiy tillarda harakat natijasini anglatadigan -l affiksli otlarga duch kelinadi: turkm. gural (qurol)(qura-moq, qurmoq), boshq. bёgil (bukil)(bukmoq), shor. chaz‘al (bezak)(bezamoq), q.turk. qaqmal (quruq)(qurimoq) kabi.
Do'stlaringiz bilan baham: |