Mavzu: Fe’llarda mayl kategoriyalari Reja: Kirish Asosiy qism


Turkiy tillarda mayl kategoriyasi


Download 37.72 Kb.
bet4/16
Sana21.02.2023
Hajmi37.72 Kb.
#1218472
1   2   3   4   5   6   7   8   9   ...   16
Bog'liq
Feruza turkiy tillar kurs ishi

Turkiy tillarda mayl kategoriyasi. Bir qancha qo‘shimcha dalillarga qaraganda, turkiy bobotilda mayl kategoriyasi ancha taraqqiy etgan. Turli model ma’nolarni ifodalash uchun ixtisoslashgan alohida formantlar mavjud bo‘lgan. Ular jumlasiga -q (-g‘), -k (g‘), -s, -chlar kiradi.
Turkiy tillarda uchta - istak, shart va buyruq mayllari mavjud.
Istak mayli. Eski va yangi turkiy tillar materiallari tadqiqi shuni ko‘ratadiki, turkiy bobotilda shart maylining to‘rtta ko‘rsatkichi mavjud:
1) -g‘ay; 2) -ay; 3) -asï, -a.
Birinchisida fe’l o‘zagiga -g‘ay//-qay ko‘rsatkichi, so‘ngra birinchi kategoriya affikslari qo‘shiladi. Buni no‘g‘oy tilidagi bar (bor) fe’lining shaxs-sonda tuslanishi misolida ko‘rish mumkin:
Birlikda Ko‘plikda
1-shaxs. barg‘ayman barg‘aymїz
2-shaxs. barg‘aysañ barg‘aysїz
3-shaxs. barg‘ay barg‘aylar
Istak maylini hosil qiluvchi -g‘ay turkiy tillardan qaraim, shor, oltoy, tuva, no‘g‘oy, qozoq, qoraqalpoq, chulim tatar, xakas, salar tillarida, shuningdek, biroz o‘zgargan holatda yoqut tilida uchraydi. Salar tilida -g‘ay ko‘rsatkichi -g‘їyї shakliga ega: alg‘їyї (men boray). Yoqut tilida -g‘ay ko‘rsatkichining tarixiy-tadrijiy davomi sifatida bo‘lishi mumkin bo‘lgan (ehtimol) mayl hisoblanadi. U fe’l o‘zagiga -a:ya//-e:ye,-o:yo//-ö:yö ko‘rsatkichlariga birinchi kategoriya affikslari tarzida hosil qilinadi: min bar-a:ya-bїn (balkim, men borarman), sin bar-a:ya-gїñ (sen borarsan), bar-a:ray (u borar) kabi.
Turkiy bobotilda -ay ko‘ratkichli istak mayli mavjud bo‘lgan. Ushbu mayl qurshovini tiklash ancha qiyin, chunki undan faqat 1-shaxs birlik va ko‘plik shakli saqlangan, xolos: no‘g‘. barayьm (men boray), barayьq (boraylik), tat. alyїm (olay), alyïq (olaylik).
Istak maylining ushbu tipi modelini taxminan quyidagicha tiklash mumkin:
Birlikda Ko‘plikda
1-shaxs. fe’l o‘zagiga+ay-їm fe’l o‘zagiga+ay-їq
2-shaxs. -//-+ay -їñ -//- +ay-g‘їz
3-shaxs. -//-+ay -//- +ay
Turkiy tillarda 1-shaxs birlikdagi -ay li istak maylining bir necha varianti bor. Eng ko‘p tarqalganlari -їm va -їn dir. Ba’zan, -їm yoki -їn ko‘rsatkichi tushib qoladi: uyg‘. alay (olay), o‘zb. olay.
Ayrim holatlarda 1-shaxs ko‘plik uchun 1-shaxs birlik affiksi -їm qo‘llaniladi: tur., gag. alalїm (olaylik). Ba’zi turkiy tillarda uning o‘rnida ko‘plik ko‘rsatkichi -ar//-är ishlatiladi: tuv. alїlїñar, xak. alañar, turkm. alalїñ (olaylik).
Turk, ozarbayjon va gagauz tillari materiallari turkiy bobotilda -asї ko‘rsatkichli istak mayli mavjud bo‘lganligini ko‘rsatadi. U fe’l o‘zagiga -asї ko‘rsatkichi va birinchi kategoriya affikslarini qo‘shish orqali hosil qilinadi. Buni al (ol) fe’lining tuslanishi misolida ko‘rish mumkin:

Download 37.72 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   2   3   4   5   6   7   8   9   ...   16




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling