Mavzu: Fe’llarning zamon, mayl va shaxs kategoriyalari. Fe’lning vazifadosh shakllari va modal shakllari. Fe’l yasalishi


Download 0.73 Mb.
Pdf ko'rish
bet8/22
Sana23.04.2023
Hajmi0.73 Mb.
#1385870
1   ...   4   5   6   7   8   9   10   11   ...   22
Bog'liq
130629 Fe’llarning zamon, mayl va shaxs kategoriyalari. Fe’lning vazifadosh shakllari va modal shakllari. Fe’l yasalishi.

Kechaning tili qorasida yulduzlar yorqin yonadi (O). Oyoq ostimizda munchoq-
munchoq oq, sariq gullar sochilib yotibdi (B.Jahongirov). 
Tuslanadigan ravishdoshlar tuslovchi olmagan holda ham qo`llana oladi. 
Masalan: Vohid ho`l sochlarini taray-taray boqqa sho`ng`idi (O.YOqubov). 
Mashina silkinib oldinga intildi (S.Ahmad). 
Ravishdoshlarning –gach (-kach, -qach), -gani (-kani, -qani), guncha (-
kuncha, -quncha) affikslari yordamida hosil qilingan shakllari tuslanmaydigan 
ravishdoshlar sanaladi: etgach, ekkach, chiqqach; etgani, ekkani, chiqqani; 
etguncha, ekkuncha, chiqquncha kabi. Masalan: Sultonali tong otguncha ikki 
go`dakning qo`ynini puch yong`oqqa to`ldirib chiqqan (A.Qodiriy). Uzun, 
qorong`i yo`lakka chiqqach, Unsin to`xtadi (O). Siz bilan maslahatlashgani keldim 
(B.Rahmonov). 
d) zamon ma’nosini ifodalaydi. Ravishdoshning zamon ma’nosini ifodalashi 
nisbiy zamon sanaladi, chunki ravishdoshning zamoni shu gapdagi tuslangan 
fe’lning zamoniga nisbatan belgilanadi. 
Ravishdoshlar zamon ma’nosiga ko`ra uchga bo`linadi: o`tgan zamon 
ravishdoshi, hozirgi zamon ravishdoshi, kelasi zamon ravishdoshi. 
O`tgan zamon ravishdoshlari fe’l o`zak-negiziga –b (-ib), -gach (-
kach, -qach) affikslarini qo`shish bilan hosil qilinadi: qolib, o`qib, qolgach, 
o`qigach kabi. 
-b (-ib) affiksi bilan yasalgan ravishdosh tuslangan fe’l ifodalagan asosiy 
harakatdan ilgari bo`lgan harakatni yoki asosiy harakatdan oldin boshlangandek 
ko`rinsa ham ammo u bilan bir vaqtda yuz bergan harakatni anglatadi. Masalan: 
Zulfiya javob so`rab keldi gapida so`rab ravishdoshi asosiy harakatdan (keldi 
harakatidan) oldin ro`y bergan harakatni bildirsa, U kulib gapirmoqda gapida esa 
kulib ravishdoshi asosiy harakat (gapirmoqda harakati) bilan bir vaqtda yuz 
beradigan harakatni anglatadi. 


13 
-b (-ib) affiksi bilan yasalgan ravishdosh tuslanganda, o`tgan zamon hikoya 
fe’lini hosil qiladi. 
Fe’l negiziga –gach (-kach, -qach) affiksini qo`shish bilan yasalgan 
ravishdosh tuslanmaydigan ravishdosh bo`lib, u tuslangan fe’l ifodalagan 
harakatdan ilgari uning bajarilishi (yoki bajarilmaslik) sababi yoki paytini 
ko`rsatadigan harakatni anglatadi. Masalan: Uch-to`rt kun mehmondorchilikda 
yurishgach, maktabdan qaytdilar (P.Tursun). Zorlanishdan, ichni eyishdan boshqa 
hech nima qo`lidan kelmagach, nima qilsin (M. Ismoiliy). 
Hozirgi zamon ravishdoshi fe’l o`zak-negiziga –a, -y affikslarini qo`shish 
bilan hosil qilinadi: bora-bora, ishlay-ishlay kabi. 
Bu affikslar bilan yasalgan ravishdosh tuslangan fe’l ifodalagan asosiy 
harakat bilan bir vaqtda ro`y beradigan harakatni anglatib, uning bajarilish holati, 
paytini ko`rsatadi. Masalan: Toma-toma ko`l bo`lur, hech tommasa cho`l bo`lur 
(Maqol). Tog` oralig`idagi qalin qor eriy-eriy odam bemalol kira oladigan g`or 
bo`lib qolibdi (S.Anorboyev). 
Bu affikslar bilan yasalgan ravishdoshlar nutqda odatda, takroriy so`z 
shaklida qo`llanadi. Yakka holda ishlatilganda, ravishdosh anglatgan harakatdan 
tuslangan fe’l anglatgan harakatga tezlik bilan o`tilganlik ma’nosi hosil bo`ladi. 
Masalan: Sultonmurod kela o`qishga kirishdi. 
Hozirgi zamon ravishdoshi tuslanib, hozirgi-kelasi zamon fe’lini hosil qiladi. 
Masalan: Sada tagidagi hovuzning suvida yaproqlar suzadi (S.Z.). 
Kelasi zamon ravishdoshlari fe’l negiziga –gani (-kani, -qani), -guncha (-
kuncha, -quncha) affikslarini qo`shish bilan yasaladi: o`qigani, tinchiguncha kabi. 
Bu affikslar bilan yasalgan ravishdoshlar tuslanmaydi. Fe’l negiziga –gani (-
kani, -qani) qo`shish bilan yasalgan ravishdosh tuslangan fe’l ifodalagan 
harakatdan so`ng bajarilishi maqsad qilib olingan harakatni anglatadi. Masalan: 
Men bugun yuragimni ochib gapirgani keldim (U.). 
Fe’l negiziga –guncha (-kuncha, -quncha) affiksini qo`shish bilan yasalgan 
ravishdosh tuslangan fe’l ifodalagan harakatning davom qilish vaqtining o`lchovi 


14 
sifatidagi harakatni ifodalaydi. Masalan: Yo`lchi so`zlaguncha, Tantiboyvachcha 
qorong`ida yo`qoldi (O.). 
Shu bilan birga ravishdosh o`ziga xos sintaktik belgilarga ham ega, ya’ni:
1) gap tarkibida boshqa so`zlarni boshqarib kela oladi; 
2) tuslanadigan ravishdoshlar tuslovchi olmagan holda hol va –b (-ib) affiksi 
bilan yasalgan ergash gapning kesimi vazifasini bajaradi: Gulnorning egnida 
kaltagina qora (lapis) kamzul yuvila-yuvila yupqalashgan (O.). Ibn Iroq uning 
gapidan zavqlanib kuldi (M.Osim). Kursi ustiga dasturxon yozilib, meva-cheva 
to`la patnis qo`yildi (O.). 
Shuningdek, tuslanadigan ravishdoshlar o`zlariga tobe bo`lgan so`zlar bilan 
sostavli hol sifatida, ravishdosh o`ram tarzida ajratilgan hol vazifasini ham 
bajaradi: Bozor darvozasi yoniga kelishganida bir to`da odamni ko`rib to`xtab 
qolishdi (O`.Hoshimov). Aprel oqshomlaridan birida Farida ikkovlari shahar 
aylanib yurib stadionga kirib qolishdi (O`.Hoshimov). Keng, baland, serhasham 
chodirda oltin shamdonlarni qo`yib, Navoiy yaqin beklari bilan suhbatlashib 
o`tirardi (O.). 
3) tuslanmaydigan ravishdoshlar gapda hol, ajratilgan ikkinchi darajali 
bo`lak va ergash gapning kesimi vazifasini bajarib keladi: Oradan uch oy o`tib 
hash-pash deguncha issiq kunlar etib keldi (S.A.). U oltinsoyliklarni kanal va 
buloq qazigani boshlab ketdi (SH.R.). Shartning nozik va qaltisligi ko`z oldiga 
kelgach, yuragi orqasiga tortib ketdi (H.N.). Asalxon karvon o`tib ketguncha, yo`l 
yoqasida qo`l siltab turdi (H.G`.). 
-gani (-kani, -qani) affiksi bilan yasalgan ravishdosh gapda faqat hol 
vazifasini bajaradi. 

Download 0.73 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   4   5   6   7   8   9   10   11   ...   22




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling