Mavzu: Fe’llarning zamon, mayl va shaxs kategoriyalari. Fe’lning vazifadosh shakllari va modal shakllari. Fe’l yasalishi


Download 0.73 Mb.
Pdf ko'rish
bet7/22
Sana23.04.2023
Hajmi0.73 Mb.
#1385870
1   2   3   4   5   6   7   8   9   10   ...   22
Bog'liq
130629 Fe’llarning zamon, mayl va shaxs kategoriyalari. Fe’lning vazifadosh shakllari va modal shakllari. Fe’l yasalishi.

Fe’lning vazifadosh shakllari. Fe’lning gapda ma’lum bir gap bo`lagi 
vazifasini bajarishga mos bo`lgan shakli uning funktsional
1
formasi deyiladi. 
Fe’lning funktsional formalari gapda kesim, hol, aniqlovchi, ega va to`ldiruvchi 
vazifalarida keladi. 
O`zbek tilida fe’lning funktsional formalariga sof fe’l, ravishdosh,
sifatdosh, harakat nomi kiradi. 
 Sof fe’l. Fe’lning tuslangan formada qo`llanib, kesim vazifasini bajarishga 
mos shakli sof fe’l deb ataladi. Sof fe’l har uch zamon shaklida qo`llangan 
aniqlik, buyruq-istak, shart mayli formasidagi fe’llarni o`z ichiga oladi. Masalan: 
To`g`ri so`z odam butun hayoti davomida mehr, sadoqat nurlarini tarqatadi 
(U.Mahkamov). Kimki oz bilsa, ozga o`rgatadi. (Tafakkur gulshani). Aqlni 
beaqldan o`rgan (Maqol). 
 Ravishdosh. Harakatning belgisini (harakat tarzidagi belgi) anglatadigan
gapda ko`pincha hol yoki ergash gapning kesimi vazifasini bajarishga mos bo`lgan 
fe’l shakli ravishdosh deyiladi. Masalan: Ilmu hunarni Xitoydan bo`lsa ham borib 
o`rganinglar (“Pedagogika tarixi”dan). Choyga fotiha o`qilgach, hamma o`rnidan 
turdi (S.Ahmad). Bu misollarning birinchisida borib ravishdoshi hol vazifasini, 
ikkinchi misoldagi o`qilgach ravishdoshi ergash gapning kesimi vazifasini 
bajargan. 
1
Funktsiya – lat. function – «faoliyat», «vazifa». 


11 
Ravishdosh quyidagi affikslar bilan yasaladi: 
1) fe’l o`zak-negiziga unlidan so`ng –b, undoshdan so`ng –ib affiksini 
qo`shish bilan: o`qib, borib; 
2) fe’l o`zak-negiziga unlidan so`ng –y, undashdan so`ng –a affiksini 
qo`shish bilan: o`qiy-o`qiy, bora-bora. 
Bu affikslar bilan yasalgan ravishdoshlar nutqda, asosan, takroriy holda 
qo`llanadi; 
-b (-ib), -a, -y affikslari bilan yasalgan ravishdosh qo`shma fe’l (sof fe’l) 
tarkibida yetakchi qism vazifasida ham keladi: yoza boshladi, o`qib chiqdi kabi. 
3) –gani (-kani, -qani) affikslari bilan: o`qigani, aytgani kabi; 
4) –gach (-kach, -qach) affikslari bilan: o`qigach, borgach kabi; 
5) –guncha (-kuncha, -quncha) affikslari bilan: o`qiguncha, borguncha kabi. 
Fe’l o`zak-negizi k yoki g undoshi bilan tugasa, -kani, -kach, -kuncha 
tarzida, q yoki g` undoshi bilan tugasa, -qani, -qach, -quncha tarzida qo`shiladi: 
ekkani, ekkach, ekkani, ekkuncha; chiqqani, chiqqach, chiqquncha kabi. 
Fe’lning ravishdosh shakli fe’l singari harakat tushunchasini anglatib, fe’lga 
xos quyidagi morfologik belgilarga ega, ya’ni: 
1) o`timli-o`timsizlik ma’nosini ifodalaydi: eslab - o`timli, kulib - o`timsiz 
ravishdosh; 
2) bo`lishli-bo`lishsizlik ma’nosiga ega: ko`rib – bo`lishli, ko`rmay, 
ko`rmasdan – bo`lishsiz ravishdosh; kelguncha – bo`lishli, kelmaguncha – 
bo`lishsiz ravishdosh; o`tgach – bo`lishli, o`tmagach – bo`lishsiz ravishdosh. 
-gani (-kani, -qani) affiksi bilan yasalgan ravishdoshning bo`lishsizlik shakli 
yo`q (-ma bo`lishsizlik qo`shimchasini olmaydi). 
3) nisbat ma’nosini anglatadi: yasab - aniq nisbat, yasanib - o`zlik nisbat, 
yasalib - majhullik nisbati, yasashib – birgalik nisbat, yasatib – orttirma nisbat; 
4) ravishdoshlar tuslovchi qo`shimchalarni olish-olmaslik xususiyatiga ko`ra 
ikki 
guruhga 
bo`linadi: 
tuslanadigan 
ravishdoshlar 
va 
tuslanmaydigan 
ravishdoshlar. 


12 
Tuslanadigan ravishdoshlarga fe’l negiziga –b (-ib), -a, -y affikslarni 
qo`shish bilan shakllangan ravishdoshlar kiradi. 
Bu guruhdagi ravishdoshlar tuslangan holda sof fe’lga aylanadi. Masalan: 

Download 0.73 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   2   3   4   5   6   7   8   9   10   ...   22




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling