Mavzu: Fe’llarning zamon, mayl va shaxs kategoriyalari. Fe’lning vazifadosh shakllari va modal shakllari. Fe’l yasalishi


Download 0.73 Mb.
Pdf ko'rish
bet3/22
Sana23.04.2023
Hajmi0.73 Mb.
#1385870
1   2   3   4   5   6   7   8   9   ...   22
Bog'liq
130629 Fe’llarning zamon, mayl va shaxs kategoriyalari. Fe’lning vazifadosh shakllari va modal shakllari. Fe’l yasalishi.

2. Morfologik usul. Bunda fe’l o`zak-negiziga qo`shiladigan fe’l nisbatini 
yasaydigan qo`shimchalar (o`zlik, majhullik, orttirma nisbat qo`shimchalari) 
o`timli va o`timsiz fe’llarni belgilab beradi. Fe’l o`zak-negiziga nisbat 
qo`shimchalari qo`shilganda, fe’lning o`timli-o`timsizligi quyidagicha yuz beradi: 
1) o`zlik va majhullik nisbat qo`shimchalari o`timli fe’lni o`timsiz fe’lga 
aylantiradi: so`radi - o`timli fe’l, so`raldi - o`timsiz fe’l; ko`rdi - o`timli fe’l, 
ko`rindi - o`timsiz fe’l. So`radi o`timli fe’liga qo`shilgan –l majhullik nisbat 
qo`shimchasi, ko`rdi o`timli fe’lga qo`shilgan –in o`zlik nisbat qo`shimchasi 
so`radi, ko`rdi fe’llarini o`timsiz fe’llarga aylantirdi; 
2) orttirma nisbat qo`shimchalari, aksincha, o`timsiz fe’lni o`timli fe’lga 
aylantiradi: kuldi - o`timsiz fe’l, kuldirdi - o`timli fe’l; yurdi - o`timsiz fe’l, 
yurgizdi - o`timli fe’l; uxladi - o`timsiz fe’l, uxlatdi - o`timli fe’l.
3) orttirma nisbat qo`shimchalari orqali o`timli fe’ldan yana o`timli fe’l hosil 
qilinadi: esladi - o`timli fe’l, eslatdi - o`timli fe’l; ichdi - o`timli fe’l, ichirdi
o`timli fe’l.
Qo`shma fe’llarda o`timli va o`timsizlik ma’nosi yyetakchi qismga qarab 
belgilanadi. Masalan: aytib berdi, ko`ra boshladi, yozib chiqdi qo`shma fe’llarda 
aytib, ko`ra, yozib yetaksi qismning o`timli ekanligi shu fe’llarning o`timli 



ekanligini ko`rsatadi. Aksincha, qo`shma fe’llarning yyetakchi qismi o`timsiz 
fe’ldan bo`lsa, butun qo`shma fe’l o`timsiz bo`ladi: o`sa boshladi, quvonib ketdi, 
kulib qo`ydi kabi. 
Bo`lishli va bo`lishsiz fe’llar. Ish-harakatning bajarilishi haqidagi tasdiq 
yoki inkor tushunchasi fe’ldagi bo`lishli va bo`lishsizlik ma’nosini anglatadi. 
Ish-harakatning bajarilishi haqidagi tasdiqni anglatuvchi fe’llar bo`lishli fe’l 
deyiladi. Fe’ldagi bo`lishlilik ma’nosini ifodalovchi maxsus grammatik ko`rsatkich 
yo`q: o`qi, eslat, qolgan, borsa, aytib bergan, o`qib chiqdi, hurmat qil kabi. 
Masalan: Ona so`zining o`zi har yurakka jarangli sado beradi (Hikmatlar 
guldastasi). O`z burchini bajarishdan mamnun odamligina erkin yashaydi 
(Tafakkur gulshani). 
Ish-harakatning bajarilishi haqidagi inkorni anglatuvchi fe’llar bo`lishsiz fe’l 
deyiladi. Bo`lishli fe’l bo`lishsiz fe’lni hosil qilish uchun asos bo`ladi. Fe’lning 
bo`lishsiz shakli quyidagicha yasaladi: 
1. Fe’l negiziga –ma (bu affiks urg`u olmaydi), -may, -mas, -masdan, -
maslik affikslarini qo`shish: ko`rmadi, kelmagach, bajarmadi, yoqmas, 
avaylamasdan, o`smaslik kabi. 
Ko`rinadiki –ma elementi –may, -mas, -masdan, maslik affikslarining 
tarkibida uchraydi. Bu affikslar sof fe’lga va fe’l shakllariga (sifatdosh, ravishdosh, 
harakat nomi) qo`shilib inkor ma’nosini ifodalashda asosiy morfologik ko`rsatkich 
sanaladi. Masalan: G`ulomjon darpardasi yonidan qalin qorni g`irchillatib o`tgan 
dupurni 
ham 
eshitmadi. 
(M.Ismoiliy). 
Tog` 
arqon 
bilan 
eshilmaydi 
(M.Qoshg`ariy). Mehnat qilmagan rohat ko`rmas (O`zbek xalq maqoli). 
Uydagilarga aytmasdan do`sti bilan Qudratnikiga ketibdi. Kasal tabib kasalni 
davolay olmas (Abu Ali ibn Sino). Bu voqeani ko`rmaslik uchun bolalar ko`zlarini 
chirt yumdilar. 
-ma, -may affikslari qo`shma fe’llarga quyidagicha qo`shiladi: 
a) asosiy qismga yetakchi fe’lga qo`shiladi: eshitmay qoldi, uxlamay chiqdi, 
ko`rmay qoldi kabi; 



b) ko`makchi fe’lga qo`shiladi: sotib olmadi, javob bermadi, o`qib chiqmadi 
kabi; 
d) qo`shma fe’lning har ikala qismiga qo`shiladi: aytmay qo`ymaydi, 
bormay qolmaydi. Bunday holda bo`lishsiz shakl orqali bo`lishlilik ma’nosi 
anglashiladi, ya’ni aytadi, boradi kabi. 
Masalan: Buvijonimning aytishicha, astoydil yaxshi niyat qilgan odam 
murodi maqsadiga etmasdan qolmas ekan (X.To`xtaboev). 
Eslatma: ravishdoshning –gani (-kani, -qani) affikslari bilan yasalgan 
shakliga bo`lishsizlik ifodalovchi affikslar qo`shilmaydi. 
2. Fe’lning ayrim sifatdosh, ravishdosh, harakat nomi shakllaridan so`ng 
emas, yo`q so`zlarini kiritish bilan bo`lishsiz fe’l hosil qilinadi: hayratlangan 
emas, boradigan emas, egib emas, tinchigani yo`q, ishonish emas kabi. Masalan: 
Lekin ularning nima o`qiganini ko`rgan ham, qanday o`qiganini eshitgan ham 
emas (P.Tursun). 
3. Na inkor yuklamasini uyushiq bo`lak sifatida qo`llangan bo`lishi fe’ldan 
oldin keltirish bilan bo`lishsiz fe’l hosil qilinadi. Masalan: Keksa cholning kesatiq 
gapidan u dong qotib qoldi: na o`tirdi, na ketdi (A.Qodiriy). 
4. Ba’zan ohang va fe’lga yuklamani (-mi, -a, -ya) qo`shish hamda fe’lni 
takrorlash orqali bo`lishsizlik ma’nosi ifodalanadi: oladi-ya oladi (olmaydi); 
aytasan-a, aytasan (aytmaysan).
Masalan: Bolasi tushmagur-ey, chumchuqning uyasini buzib rohat 
toparmidi? (G`ayratiy). «Katta bo`lsam, akamga o`xshab, albatta komandir 
bo`laman», - dedi Sobir. Bo`lasan-a, bo`lasan. Komandir bo`lishga yurak kerak... 
(H.Nazir). 

Download 0.73 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   2   3   4   5   6   7   8   9   ...   22




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling