Mavzu: Fe’llarning zamon, mayl va shaxs kategoriyalari. Fe’lning vazifadosh shakllari va modal shakllari. Fe’l yasalishi


Download 0.73 Mb.
Pdf ko'rish
bet6/22
Sana23.04.2023
Hajmi0.73 Mb.
#1385870
1   2   3   4   5   6   7   8   9   ...   22
Bog'liq
130629 Fe’llarning zamon, mayl va shaxs kategoriyalari. Fe’lning vazifadosh shakllari va modal shakllari. Fe’l yasalishi.

 Birgalik nisbat/ Bu nisbatdagi fe’lda ish-harakat bir necha subyekt 
tomonidan birgalikda bajariladi. Masalan: Ayollar chaqaloqqa ko`z tegmasligi 
uchun qilinadigan irim-sirimlarini bitirishgach, bolani beshikka belashdi 
(O`.Hoshimov) gapida bitirishgach, belashdi fe’llari anglatgan harakatning bir 
necha subyekt, ya’ni ayollar tomonidan birgalikda bajarilganini anglatadi. 
Birgalik nisbatdagi fe’l quyidagicha yasaladi: 
a) fe’l negiziga unlidan so`ng –sh, undoshdan so`ng –ish affiksini qo`shish 
bilan: sana-sh(di), yugur-ish(di) kabi; 
b) so`z o`zagiga –lash (-la+-sh qo`shma affiksi) affiksini qo`shish bilan: 
yordam-lash(di), bahs-lash(di) kabi. 
 Orttirma nisbat. Bu nisbat shaklida harakat grammatik subyekt (ega)ning 
boshqa bir subyekt yoki obyektga ta’siri, tazyiqi bilan bajariladi. 
Masalan: Kampir nevarasiga xatni o‘qitdi gapida ikkita subyekt mavjud 
bo`lib, asosiy subyekt vositali to`ldiruvchi (nevarasiga), ikkinchi darajali subyekt 
esa ega (kampir) vazifasida qo`llangan bo`lib, o‘qitdi harakati subyektning 
subyektga ta’siri natijasida bajarilgan. 
Shuningdek, orttirma nisbatdagi fe’lda faqat bir subyekt mavjud bo`ladi. 
Bunday holda harakat obyektga (to`ldiruvchiga) o`tadi. Masalan: U kitob keltirdi 
kabi. 
Orttirma nisbat fe’l negiziga quyidagi affikslarni qo`shish bilan yasaladi: 
1) fe’l negiziga –t affiksini qo`shish bilan: qisqart, boyit kabi; 
2) fe’l negiziga –tir (-dir) affikslarini qo`shish bilan: keltir, chaqirtir, kuldir, 
buzdir kabi; 


10 
3) sh, ch, t undoshlari bilan tugagan fe’l negizlariga –ir affiksini qo`shish 
bilan: shoshir, ichir, botir kabi; 
4) oxiri undosh bilan tugagan bir bo`g`inli fe’l negizlariga –ar affiksini 
qo`shish bilan: chiqar, qaytar kabi; 
5) oxiri undosh bilan tugagan fe’l negizlariga -g`iz, -giz, -qaz, -g`az, -kaz, -
qiz, -kiz affikslarini qo`shish bilan: turg`iz, egiz, o`tkaz, qutqaz, yutqiz, etkiz kabi; 
6) oxiri m, q undoshlari bilan tugagan fe’l negizlariga –iz affiksini qo`shish 
bilan: tomiz, oqiz kabi; 
7) fe’l negiziga –sat (-sa+-t qo`shma affiksi) affiksini qo`shish bilan: ko`rsat 
(faqat ko`r fe’l negiziga qo`shiladi) kabi. 

Download 0.73 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   2   3   4   5   6   7   8   9   ...   22




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling