Mavzu: Fermentlar. Fermentlar faolligini boshkarish. Fermentlar ingibitorlari. Fermentlar kullanilishi. Tibbiy enzimologiya. Vitaminlar. Yog’da eruvchi vitaminlar. Tuzil


-rasm. Retinol retinoldegidrogenaza va retinalizomeraza fermentlarining kofermenti sifatida


Download 206.1 Kb.
bet3/4
Sana21.02.2023
Hajmi206.1 Kb.
#1218043
1   2   3   4
Bog'liq
10-mavzu

19.1-rasm. Retinol retinoldegidrogenaza va retinalizomeraza fermentlarining kofermenti sifatida



Vitamin A erkaklarda spermatogenezni, ayollarda esa homila-
dorlikni me’yorda o‘tishi uchun zarurdir. Vitamin A bilan bogMiq

giper- va gipovitaminoz hollarida uning vazifasini buzilishi mod­da almashinuvi va energiya almashinuvidagi o‘zgarishlar bilan ifodalanadi. Shuningdek, vitamin A nuklein kislotalar va oqsillar sinteziga ta’sir ko‘rsatadi. Nuklein kislotalar sintezining buzilishi oqsil sintezi sekinlashuviga olib keladi. Vitamin A oqsillaming oshqozon-ichak yo‘lidan so‘rilishiga, tashilishiga, alohida fraksi- yalaming qondagi miqdoriga va oqsil almashinuvining oxirgi mah- sulotlarini chiqarilishiga sezilarli ta’sir qiladi. Nuklein kislotalar va oqsillar sintezi sekinlashuvi vitamin A ortiqcha qabul qilganda ham kuzatiladi. Avitaminoz va gipovitaminoz A nuklein kislotalar va oqsillar sintezining buzilishi bolalarda bo‘y o‘sishi va rivojlanishini pasayishiga olib keladi.
Vitamin A membranalaming zaruriy qismi bo‘lib, ulaming turg‘unligini oshiradi. Membranalarda vitamin miqdorining o‘zgari- shi (ortishi yoki kamayishi) ulaming tuzilishi va vazifasini, oqibatda esa hujayralar metabolizmining buzilishiga olib keladi. Vitamin A membrana glikoproteidlari va glikolipidlari sintezida qatnashadi.
Vitamin A hujayralar biomembranasining ajralmas qismi si­fatida nuklein kislotalar, oqsillar, lipidlar va energiya almashinu- viga sezilarli ta’sir qiladi. Vitamin A hujayralarning proliferatsiyasi va differensiallanishi, hamda immun sistemaning hamma zanjir- ini yuqori darajada barqaror saqlash uchun zarurdir. Organizmga vitamin A yetishmaganda nafaqat modda va energiya almashinuvi buzilib qolmay, balki organizmning himoya qobiliyati ham izdan chiqib, keyinchalik boshqa kasalliklar rivojiga sharoit yaratiladi.
Vitamin A bilan bog'liq gipovitaminozlar.

  • qorong‘iga adaptasiyaning buzilishi va shapko‘rlik;

  • o‘sishning susayishi;

  • follikular giperkeratoz;

  • shilliq qavatlaming qurishi;

  • kseroftalmiya;

  • keratomalyatsiya;

  • ko'payish funksiyasining buzilishi.







Vitamin D - kalsiferol, antiraxitik vitamin. Uning eng muhim vakiilari D2 va DrO‘simlik mahsulotlarida vitamin D miqdori ko‘p emas. Hayvon maxsulotlaridan jigar, tovuq tuxumi, baliq, sut, sari- yog‘da ko‘p saqlanadi. Vitamin D3organizmdagi eng asosiy vazifasi kalsiy va fosfor gomeostazini saqlash, suyakning minerallanishi va qayta tiklanishini ta’minlashdir.Vitamin D ingichka ichakdagi o‘t kislotalari ishtirokida so‘riladi, keyin jigarga tashiladi va u yerda NADH va molekular kislorod ishtirokida ishlovchi mitoxondri- yalar sistemasi ta’sirida 25-oksixolekalsiferolga aylanadi. 25-oksix- olekalsiferol buyraklarda gidroksillanadi, natijada gormonal xususi­yatga ega boMgan 1,25-dioksixolekalsiferol hosil boMadi. Bu reak­siya paratgormonlar bilan boshqariladi. 1,25-dioksixolekalsiferol ichakda Ca tashilishini kuchaytiradi. Uning ta’sirida ichak shilliq qavati hujayralarining tegishli oqsillari kaliy biriktirgan oqsilga aylanadi, bu birikma ichak mikrovorsinkalarida faoliyat ko‘rsata- di. Yuqoridagi oqsil va Ca bogMiq ATF-aza Ca tashilishida qat- nashadi, bu jarayon azotga ham bogMiq. Organizmdan o‘t tarkibida konyugatlar sifatida chiqariladi. Bolalarda vitamin D boMgan. Bir kecha-kunduzli ehtiyoj 12-25 mkg (500-1000ME) tashkil qiladi, kattalarga unga boMgan ehtiyoj kam.


Download 206.1 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   2   3   4




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling