Mavzu: Fizikani akademik litseylarda o’qitish metodikasi


Shaxsga yo‘naltirilgan pedagogik texnologiyaning


Download 61.23 Kb.
bet4/16
Sana08.01.2022
Hajmi61.23 Kb.
#248894
1   2   3   4   5   6   7   8   9   ...   16
Bog'liq
2 kurs shi(1)

Shaxsga yo‘naltirilgan pedagogik texnologiyaning ananaviy uslublardan afzalligi.

Birinchidan u ta’lim jarayonini bir butunlikda ko’rib, ta’lim maqsadi, uning mazmuni, bilim berish usullari va vositalari ta’lim bosqichlarini loyihalab, ta’lim jarayonini nazorat qilish va ta’lim natijalarini baholash kabi qismlarini o’zaro uzviy bog’liq tizimga keltirib turib, uning loyihasini tuzishidadir.

Ikkinchidan u ta’lim oluvchilarning o’zlariga berilgan bilimni yodlab olib aytib berishiga emas, balki ta’lim va tarbiya jarayonining yakunida amaliy ishlarni bajarilishiga yo’naltirilganligidadir.

Ilmiy asoslanib, yaxshi loyihalashtirilgan pedagogik texnologiya bo’yicha har qanday o’qituvchi ham, a’lo bo’lmasa-da, yaxshi dars o’tadi. Chunki pedagogik texnologiyani pedagog olim, metodist yoki ilg’or tajribali o’qituvchilar tuzadi, shu bois ularning pedagogik mahorati pedagogik jarayon loyihasida o’z ifodasini topgan bo’ladi.

Shaxsga yo‘naltirilgan pedagogik texnologiya-bu jamiyat extiyojidan kelib chiqib, oldindan belgilangan shaxs ijtimoiy sifatlarini samarali shakllantiruvchi va aniq maqsadga yo’naltirilgan o’quv jarayonini tizim sifatida ko’rib, uni tashkil qiluvchi qismlari bo’lgan o’qituvchi (pedagog)ning o’qitish vositalari yordamida ta’lim oluvchi (ta’lim oluvchi)larga ma’lum bir sharoitda muayyan ketma-ketlikda ko’rsatgan ta’sirini nazoratda tutuvchi va ta’lim natijasini baholab beruvchi texnologiyalashgan ta’limiy tadbirdir.

Shaxsga yo‘naltirilgan pedagogik texnologiyani tushunish uchun asosiy yo’li aniq belgilangan maqsadlarga qaratilganlik, ta’lim oluvchi bilan muntazam o’zaro aloqani o’rnatish, pedagogik texnologiyaning falsafiy asosi hisoblangan ta’lim oluvchining xatti-harakati orqali o’qitishdir. O’zaro aloqa pedagogik texnologiya asosini tashkil qilib, o’quv jarayonini to’liq qamrab olishi kerak. Demak, an’anaviy o’quv jarayonida asosiy omil pedagog (va uning faoliyati) hisoblansa, pedagogik texnologiyada birinchi o’rinda o’qish jarayonidagi ta’lim oluvchilarning faolligi qo’yiladi.

Pedagogik texnologiyani yaratish tamoyillarining birinchisi - muayyan dars, mavzu, keyin, o’quv predmetidan kutilgan asosiy maqsadni shakllantirib olish; ikkinchisi - umumiy maqsaddan kelib chiqib, darsni yoki o’quv predmetini modullarga ajratib, har bir moduldan kutilgan maqsadni va modullar ichida hal qilinishi lozim bo’lgan masalalar tizimini aniqlab olish;




Download 61.23 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   2   3   4   5   6   7   8   9   ...   16




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling