Mavzu: G`allaning qo`ng`ir zang kasalligi Reja: I. Kirish. II. Asosiy qism


Download 355 Kb.
bet5/6
Sana16.06.2023
Hajmi355 Kb.
#1506430
1   2   3   4   5   6
Bog'liq
G`allaning qo`ng`ir zang kasalligi

Qarshi kurash choralari:
Oraliq o‘simliklarni yo‘qotish. Fosforli va kaliyli o‘g‘itlar o‘simlikni zang kasalligiga bo‘lgan chidamliligini oshiradi. Zang kasalligi ko‘plab paydo bo‘lganida impakt 25 % li - 0,25 -0,5 l/ga, o‘simlikni o‘suv davrida 0,1 % eritma holida purkaladi. Bamper 25%. o‘simlikni o‘suv davrida purkaladi 0,25 l/ga. Folikur 25 emk 0,3 l/ga o‘simlikni o‘suv davrida purkaladi. O‘simlik qoldiqlarini yo‘qotish, yulib tashlash, yerni shudgorlash.

Qo‘ng‘ir va sariq zang kasalliklaridan himoya qilish uchun bug‘doyga fungitsid sepishning maqsadga muvofiqligini aniqlash uchun mezonlar


(Stepanov, Chumakov, 1972)

Ekinlar o‘sish fazalari

Kalendar muddatlar

Kasallangan o‘simlik
lar soni, %

Kasallik rivojla
nishi darajasi, %

Taxminiy nobud bo‘ladigan hosil %

Fungitsid sepish kerakligi haqida qaror

Poya o‘sa
boshlashi

Mart,
3-dekada

10

5

20-40

Kerak

Poya
o‘sishi

Aprel,
1-2-dekada

30

10

20-40

Kerak

Bayroq barg chiqarishi

Aprel,
3-dekada

80

25

15-30

Kerak

Boshoq chiqarishi va gullashi

May, 1-2-dekada

100

30

15-30

Kerak



Bug‘doyning qo‘ng‘ir zang kasalligi
Puccinia tritici Eriks, Puccinia triticina Eriks, Puccinia recondita Rad.
Bu bug‘doyning o‘ziga xos kasalligi hisoblanadi, keng tarqalgan va katta zarar yetkazadi, chunki u o‘simlik taraqqiyotiga yomon ta’sir etishdan tashqari kuzgi bug‘doyni siyraklashtirib yuboradi. Sovuqqa chidamliligi pasayadi, boshoqda don kam hosil bo‘ladi.
Bug‘doy don hosilining qo‘ng‘ir zang kasalligi ta’siridan nobud bo‘lishining taxminiy miqdorlari, % (Chumakov va muallifdoshlar, 1980)



Kasallanish darajasi



Hosil nobud bo‘lishining miqdorlari, %

Boshoq chiqarish fazasi

Gullash fazasi

Sutli pishish fazasi

10

3,8

1,0

0

20

7,8

2,3

0,8

30

13,3

5,4

1,4

40

20,0

10,0

3,0

50

26,0

14,0

6,0

60

32,0

18,0

8,8

70

37,2

22,1

11,5

80

41,5

26,5

14,4

90

459

30,8

17,0

100

50,0

35,0

20,0

Bu kasallikda o‘simlikni bargida, barg qo‘ltig‘ida avvalo qo‘ng‘ir tuxumsimon va yumaloq shaklli qo‘ng‘ir dog‘lar hosil bo‘ladi. Bu dog‘lar ko‘pincha bargning ustida tartibsiz joylashadi. Bular hech
vaqtda bir biri bilan qo‘shilmaydi.
Yozgi urediniosporalari sharsimon yoki ellips shaklida po‘sti sariq qo‘ng‘ir bo‘lib, mayda tuklar bilan qoplangan.
Teleytostoralari ikki hujayrali qoramtir qo‘ng‘ir tusli.
Oraliq o‘simligi ayiqtovongullilar oilasiga kiradigan begona o‘t – sanchiqo‘t Thalicrum minus L. va T. flavum bo‘lib hisoblanadi.
Zamburug‘ni ikki formasi bor, oddiy yoki Yevropa va Sibir. Yevropa formasi asosan Yevropada uchraydi. Sibir formasi etsidiyali davrini leshitsada Zsopurum fumariodes da o‘taydi. Urediniosporalari suv tomchisi bo‘lganida 2,5 -31 °C darajali harorat atrofida una boshlaydi, optimal harorat 15-25 °C, inkubatsion davri havo harorati 4-25 °C daraja bo‘lganida 5-18 kungacha o‘tadi.
Zamburug‘ kuzgi ekinlarda urediniomitseliy yoki urediniospora holida qishlaydi.
Qarshi kurash choralari: Oraliq o‘simliklarini yo‘qotish, fosforli va kaliyli mineral o‘g‘itlaridan foydalanish, chidamli navlar ekish, kasallik avj olib ketganida kimyoviy preparatlardan foydalanish, yerni shudgor qilish, urug‘ni qiska muddatlarda ekish, optimal muddatda ekish, Alto 40 % sus.k. 0,1-0,2 l/ga o‘simlikni o‘suv davrida purkaladi. Bayleton 25 % n. kuk 0,5 kg/ga o‘simlikning o‘suv davrida purkaladi, impakt, 25 % sus. k. 0, 1 l/ga eritma o‘simlikning o‘suv davrida purkash. Tilt 25 % em.k. 0,5 l/ga eritmasi o‘simlikning o‘suv davrida purkash.


2.3.Bug‘doyning qo‘ng‘ir zang kasalligi, tarqalishi, zarari, kasallik alomatlari, zamburug‘ biologiyasi va qarshi kurash choralari.

G‘allagulli ekinlarning bu kasalligi shimoliy Kavkazda, Kavkaz ortida, Markaziy Osiyoda, Altay o‘lkasida, Ukraina va Belorussiyada uchraydi.


Bahorda kasallik alomatlari pastki barglarda, keyinchalik ustki barglarda paydo bo‘ladi. Gullash yoki sut pishish vaqtiga borib bargning asosiy ko‘pchilik qismi sarg‘ayadi, quriydi va to‘kilib ketadi. O‘simliklar ko‘proq va tez kasallanganida dalaning rangi ancha o‘zgaradi. Bu kasallik boshoqda paydo bo‘lsa, ancha zararli hisoblanadi, don to‘lmaydi, don puch bo‘ladi va yengil bo‘lib qoladi.
Bug‘doy don hosilining sariq zang kasalligi ta’siridan nobud bo‘lishining taxminiy miqdorlari, %



Kasallanish
darajasi, %

Hosil nobud bo‘lishining miqdorlari, %

Bayroq barg chiqarishi boshoq chiqishining boshlanishi

Don to‘lishish fazasi

10

8,5

3,4

20

15,0

5,8

30

21,3

9,3

40

27,5

13,3

50

33,5

17,7

60

39,4

22,2

70

45,2

26,0

80

50,9

28,5

90

56,5

30,0

100

62,0

33,0

Bu bug‘doy, arpa va yovvoyi g‘allagulli o‘simliklarning Markaziy Osiyoda eng ko‘p tarqalgan kasalligidir. Bunda o‘simlikning barglarida ba’zan poyasida, boshog‘ida va donida och sariq rangli dog‘ yostiqchalari (urediniosporali stadiya) hosil bo‘ladi. Bu dog‘ yostiqchalari keyinchalik barg epidermisi bilan qoplangan qora yostiqchalarga (teleytosporali stadiyaga) aylanadi. Yostiqchalar qator -qator nuqtali chiziqlar shaklida joylashadi.
Urediniosporalari 100 % namlikda 1 dan 25 °C darajagacha bo‘lgan haroratda unib chiqadi, ammo 11-13 °C darajali harorat ularning unishi uchun eng qulay bo‘lib hisoblanadi. O‘simlikni zararlashdan boshlab to urediniosporalar hosil bo‘lguncha 10-15°S darajali haroratda kasallikning inkubatsion davri 10-11 kunga cho‘ziladi.

Download 355 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   2   3   4   5   6




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling