Mavzu: G`allaning qo`ng`ir zang kasalligi Reja: I. Kirish. II. Asosiy qism
Poya (chiziqli) zang kasalligi, tarqalishi, zarari, alomatlari, biologiyasi va qarshi kurash choralari
Download 355 Kb.
|
G`allaning qo`ng`ir zang kasalligi
2.2. Poya (chiziqli) zang kasalligi, tarqalishi, zarari, alomatlari, biologiyasi va qarshi kurash choralari.
Bu kasallik hamma joyda keng tarqalgan va ayrim hududlarda ko‘p zararli hisoblanadi. Asosan Uzoq Sharq, shimoliy Qozog‘iston, Boltiq bo‘yi, shimoliy Kavkaz, Belorussiya, Ukrainada ko‘p zarar yetkazadi. Bu kasallik bilan g‘alla ekinlarining hammasi bug‘doy, arpa, suli, javdar, shuningdek ko‘pchilik yovvoyi g‘allagulli o‘simliklar zararlanadi. Kasallikka chalingan o‘simliklarni (boshoq ostida, barg qinida, don qobig‘ida, qiltig‘ida va ba’zan don hamda barg plastinkasining ochiq joylarida, poyada) dog‘ yostiqchalari hosil bo‘ladi. Bu yostiqchalar bir-biri bilan qo‘shilib, yo‘llar hosil qiladi, shuning uchun ham bu kasallik "chiziqli" zang kasalligi deyiladi. Chiziqlar avval qizg‘ish qo‘ng‘ir (urediniosporali yozgi stadiyasida) boshoq pishish vaqtiga borib esa to‘q qo‘ng‘ir yoki qora (teleytosporali qishki stadiyasida) rangda bo‘ladi. Kasallikni Uridinales tartibiga kiruvchi Puccinia graminis degan zamburug‘ tug‘diradi, bu zamburug‘ning oraliq o‘simligi zirk (Barberis vulgaris) va uning ba’zi turlari, shuningdek magoniya (Mahonia aguifolium) dir. Bu zamburug‘ning ma’lum turga oid g‘alla o‘simliklarida yashaydigan bir necha xili bor, ular tubandagilardir: f. tritici bug‘doyiqda, arpada, bug‘doyda, f. avenae sulida va ko‘pgina yovvoyi g‘allagulli o‘simliklarda, f. secalis javdarda, arpada, bug‘doyda shuningdek ba’zi bir boshqa o‘simlik turlarida yashaydi. Poya zang kasalligini qo‘zg‘atuvchi zamburug‘ ikki uyli bo‘lib, spermagoniyali va etsidiyali davri oraliq o‘simliklarda, urediniosporali va teleytosporali davri asosiy o‘simlikda o‘tadi. Spermagoniya davrida zirk yoki magoniya bargining ustki, kamdan -kam holatlarda ostki tomonida yakka yoki kichik guruh holida sharsimon shakldagi spermagoniyalar hosil bo‘ladi. Bular 120-130 mkm kattalikda bo‘ladi, bularni ichida ko‘plab mayda, och tusli, bir hujayrali spermatsiya hosil bo‘ladi. Keyinchalik barglarni orqa tomonida etsidiy hosil qiladi. Etsidiosporalari sharsimon, konidiyasporalari 5 °S dan -24 °C darajada haroratda unib chiqadi. Etsidiosporalar o‘sib zamburug‘ tanasi - mitseliyni hosil qiladi, ular o‘simlik to‘qimasiga kirib urediniyli urediniosporalar hosil qiladi. Urediniosporalar o‘sishi uchun harorat 1-30 °C (eng qulay harorat 18-20 °C) daraja bo‘lib hisoblanadi. 18-20 °S haroratda urediniosporalar bir necha marta takrorlab, avlod beradi. Vegetatsiya davrini oxirida kasallik alomatlari paydo bo‘lgan joylarda ko‘plab teleytobo‘shliqlar hosil bo‘ladi, bularda teleytosporalar hosil bo‘ladi shu davrida qishlaydi. Teleytosporalar faqat bahorda 9-29 °S (opt. 18-22 °C) daraja haroratda va havo namligi 95-100 % bo‘lganida unib chiqadi, teleytosporalardan bazidiosporali bazidiya hosil bo‘ladi. Bu sporalar tarqalib oraliq o‘simliklarda spermagoniy va etsidiy hosil kiladi. G‘allagullilarni bu kasalligi erta ekilgan kuzgi va kech ekilgan bahorgi bug‘doyda ko‘p uchraydi. Download 355 Kb. Do'stlaringiz bilan baham: |
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling