Mavzu: geografiyani o’qitishda lokal va xususiy metodik darajada foydalaniladigan texnologiyalar
Download 319.38 Kb.
|
ruza matni Word (1)
- Bu sahifa navigatsiya:
- «KLASTER» METODI- (
- Musbat, manfiy, qiziqarli (MMQ)”
- Musbat, manfiy, qiziqarli” metodini qo’llash sxemasi
Nilufar guli» chizmasi
Ish natijalarining taqdimoti Amaliy nuqtai nazardan barcha g’oyalarni ixcham deb tasavvur qiling (bitta-ikkitasi bilan chegaralaning), bu ham aql uchun foydali mashq hisoblanadi. Sizga katta qog’oz varag’i zarur bo’ladi. Doimo o’zingiz mushohadalaringiz natijasini bir varaq qog’ozda ko’rish foydali hisoblanadi. Qarama-qarshi holda esa sizga bir varaqdan boshqasiga sakrab yurishingizga va bunda zaruriy biror muhim narsani unutishingizga olib keladi. «KLASTER» METODI- (Klaster-tutam, bog’lam)-axborot xaritasini tuzish yo’li- barcha tuzilmaning mohiyatini markazlashtirish va aniqlash uchun qandaydir biror asosiy omil atrofida g’oyalarni yig’ish. Bilimlarni faollashtirishni tezlashtiradi, fikrlash jarayoniga mavzu bo’yicha yangi o’zaro bog’lanishli tasavvurlarni erkin va ochiq jalb qilishga yordam beradi. U quyidagi ko’rinishda bo’ladi: Klasterni tuzish qoidasi:1. Aqlingizga nima kelsa, barchasini yozing. G’oyalari sifatini muhokama qilmang faqat ularni yozing. 2. Xatni to’xtatadigan imlo xatolariga va boshqa omillarga e’tibor bermang.3. Ajratilgan vaqt tugaguncha yozishni to’xtatmang. Agarda aqlingizda g’oyalar kelishi birdan to’xtasa, u holda qachonki yangi g’oyalar kelmaguncha qog’ozga rasm chizib turing.Masalan, Qizilqum o’lkasi klasterini to’ldiring. Interfaol metodlarning og’zaki bayon usullariga Musbat, manfiy, qiziqarli, Aqliy hujum, Yozma aqliy hujum, Blits savol, Qarorlar shajarasi, intervyu va boshqa metodlar kiradi. “Musbat, manfiy, qiziqarli (MMQ)” metodi o’quvchilarni geografiya darslarida mavzuning mavjud vaziyatini barcha detallarini puxta o’rganish asosida xulosa chiqrishga odatlantirish orqali ongni boyitish, tafakkurni kengaytirishga xizmat qiladi. Geografiya ta’lim jarayonida MMQ metodini qo’llash o’quvchilarning ma’lum voqelik, hodisa yoki jarayonning barcha jihatlariga e’tibor qaratish, ularni salbiy jihatlarini baholash, qiziqarli tomonlarini aniqlash va kengaytirishga doir ko’nikma, malakalarini rivojlantirishda samarali sanaladi. Bunda asosiy e’tibor mavjud vaziyatning barcha ijobiy jihatlarini inobatga olishga qaratiladi. O’rganilayotgan vaziyat yuzasidan xulosa chiqarish, qaror qabyl qilish faqat u batafsil o’rganib chiqilgandan keyingina amalga oshirilishi mumkin. Quyi Amudaryo mavzusi yuzasidan bilimlarni o’zlashtirishda MMQ metodi qo’llanilganda o’quvchining fikrlash samaradorligi bir necha marta oshadi. Ko’p hollarda bir qarorga kelishni talab qiladigan vaziyatlarda ham ushbu metodni qo’llash maqsadga muvofiqdir. MMQ metodi bir vaqtning o’zida o’quvchilar faoliyatini o’rganish va baholash metodi ham hisoblanadi. Uni qullash sxemasi quyidagicha: “Musbat, manfiy, qiziqarli” metodini qo’llash sxemasi Mavjud vaziyatning faqatgina ijobiy jihatlari aniqlanadi. 1-bosqich Mavjud vaziyatning faqatgina salbiy jihatlari o’rganiladi. 2-bosqich Mavjud vaziyatning faqatgina qiziqarli jihatlari topiladi 3-bosqich Quyi Amudaryo o’lkasining musbat, manfiy va qiziqarli tomonlari to’g’risida gapirganda o’quvchilar quyidagicha ma’lumotlarni berishlari mumkin: Download 319.38 Kb. Do'stlaringiz bilan baham: |
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling