Mavzu: geografiyani o’qitishda lokal va xususiy metodik darajada foydalaniladigan texnologiyalar
Download 319.38 Kb.
|
ruza matni Word (1)
- Bu sahifa navigatsiya:
- Manfiy (salbiy) .
Musbat (ijobiy). Amudaryoning qadimiy va hozirgi delьtasini o’z ichiga oladi. O’lkaning yer yuzasi tekis. kengayib, ba'zi yerlarda 140—150 km ga yetadi. Quyi Amudaryo okrugi antropogen davrning allyuvialdelta yotqiziqlarining asta-sekin to’planishi va uning deltasining Orol dengizi tomonga o’sishi tufayli vujudga kelgan. Quyi Amudaryoning hozirgi zamon deltasi esa, asosan, antropogen davr allyuvial, eol yotqiziqlaridan — qumoq, qumli, gilli qum, gil kabi jinslardan tashkil topib, qalinligi 80— 140 m ga yetadi. O’lkada eng qadimiy jinslar uning negizini tashkil etuvchi bo’r davr yotqiziqlari bo’lib, ustini paleogen, neogen va, antropogen jinslari qoplab olgan.
Quyi Amudaryo okrugi hududidagi eng muhim qadimiy o’zanlari uning o’ng qirg’og’idagilari — Orol tomon yo’nalgan Shortonbay, Kreyt-Uzak, Itkra-Uzak, QoraUzak, Kindiksay, Qorako’lsay va boshqalardir. Chap qirg’oqdan boshlanuvchi va Sariqamish bogig’i tomon yo’nalgan eng qadimiy o’zani Kuhnadaryo, Daryoliq va Daudan hisoblanadi. Manfiy (salbiy) . Quyi Amudaryo relefining tabiiy holatini o’zgartishda insonning xo’jalik faoliyati ham muhim relef hosil qiluvchi omilga aylangan. Chunki inson o’zining ko’p asrlik xo’jalik faoliyatida Quyi Amudaryo yerlarini tekislagan, jarlarni to’ldirgan, ariq va zovurlar qurgan, oqibatda okrug yer usti tabiiy holatini o’zgartgan. Quyi Amudaryo yuqorida qayd qilganimizdek, O’zbekistonning eng sovuq hududidan biri hisoblanadi. Amudaryo suvining Orol dengiziga yetib bormasligi natijasida dengiz suvi chekini, o’lkada ekologik tang vaziyatni vujudga keltirdi. Natijada bugungi kunda mazkur hududda “Orolqum” vujudga keldi. Shamol ta’sirida o’sha qumlar uchib Amudaryoga tuz yog’ini yog’moqda. Mo’ynoq shahri atrofidagi har gektar maydonga 1000 kg tuzli changlar tushmoqda. Qiziqarli. Quyi Amudaryo tabiiy-geografik o’lkasi Qoraqum cho’li bilan Orol dengizi orasida joylashgan. O’lkaning eng tor joyi Tuyamo’yin tangligida bo’lib, kengligi taxminan 10—12 km. Amudaryoning hozirgi zamon deltasini Orol dengiziga tutashgan mintaqasida «eng yosh» delta bo’lib, uning maydoni Orol dengizi suv sathining pasayishi hisobiga muttasil kengayib bormoqda. Quyi Amudaryo yotqizyqlari yoshi va litologik tuzilishi jihatidan bir xil emas. So’nggi 35 yil ichida Orol dengizi suv sathining 15,5 metr pasayishi tufayli uning suvi ba'zi joylarida 100 km gacha chekinib, quruqlikka aylanib qoldi. Ma'lumotlarga qaraganda XVI asrgacha Amudaryo suvining bir qismi vaqtvaqti bilan (suvi ko’p bo’lganda) Ko’hnadaryo orqali Sariqamish ko’liga quyilib turgan. O’lkada Amudaryo ilon izi bo’lib, sekin oqadi. Shuning uchun Amudaryoning qadimiy o’zanlari vujudga kelib uning relefini ancha murakkablashtirgan . Qadimda Amudaryoning «tentirab» oqishi tufayli o’zanlar orasida nisbiy balandliklari 60—80 m: ga yetuvchi bir necha tepalik, marzalar va qoldiq tog’lar bo’laklarga bo’linib ketgan . Guruh a’zolari Quyi Amudaryo o’lkasi mavzusi bo’yicha o’lkaning musbat, manfiy va qiziqarli tomonlarini o’zlariga belgilangan mavzuning tegishli qismlarini o’rganib bo’lganidan so’ng, ko’rgazmali qurollar asosida ma’ruzalarni bayon qiladilar. Guruhlar o’rtasida savol-javob, o’quv bahsi o’tkaziladi. Download 319.38 Kb. Do'stlaringiz bilan baham: |
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling