Mavzu: geografiyani o’qitishda lokal va xususiy metodik darajada foydalaniladigan texnologiyalar
«Qanday?» diagrammasini qurish qoidalari
Download 319.38 Kb.
|
ruza matni Word (1)
- Bu sahifa navigatsiya:
- NILUFAR GULI” chizmasi.
- O’tkazilish tartibi
«Qanday?» diagrammasini qurish qoidalari:
Ko’pgina hollarda muammoni yechishda “nima qilish kerak”ligi to’g’risida o’ylanib qolmasligingiz kerak. Asosan muammo, uni yechishda “buni qanday qilish kerak?”, “qanday”asosiy savollar yuzaga kelishidan iborat bo’ladi. “Qanday” savollarining izchil berilishi quyidagilar imkonini beradi: muammoni yechish nafaqat bor imkoniyatlarni, balki ularni amalga oshirish yo’llarini ham tadqiq qilish; quyidan yuqoriga bosqichma-bosqich bo’ysunadigan g’oyalar tuzilmasini aniqlaydilar. Diagramma strategik darajadagi savollar bilan ishlashni boshlaydi. Muammoni yechishning pastki darajasi birinchi galdagi harakatlarning ro’yxatiga mos keladi. 1. Barcha g’oyalarni o’ylab o’tirmasdan, baholamasdan va taqqoslamasdan tezlikda yozish kerak; 2.Diagramma hech qachon tugallangan bo’lmaydi: unga yangi g’oyalarni kiritish mumkin; 3.Agarda chizmada savol uning “shoxlarida” bir necha bor qaytarilsa, unda u biror muhimlikni anglatadi. U muammoni yechishning asosiysi bo’lishi mumkin; 4.Yangi g’oyalarni grafik ko’rinishda: daraxt yoki kaskad ko’rinishidami, yuqoridan pastgami yoki chapdan o’ngda qayd qilinishini o’zingiz hal etasiz; 5.Agarda siz o’zingizga to’g’ri savollar bersangiz va uning rivojlanish yo’nalishini namoyon bo’lishida ishonchni saqlasangiz, diagramma, siz har qanday muammoni amaliy jihatdan yechimini topishingizni kafolatlaydi “NILUFAR GULI” chizmasi. Muammoni yechish vositasi. Texnologiyaning maqsadi: O’zida nilufar guli ko’rinishini namoyon qiladi. Uning asosini to’qqizta katta to’rt burchaklar tashkil etadi. Tizimli fikrlash, tahlil qilish ko’nikmalarini rivojlantiradi va faollashtiradi O’tkazilish tartibi: CHizmani tuzish qoidasi bilan tanishadilar. Alohida kichik guruhlarda chizma tuzadilar: to’rt burchak markazida avval asosiy muammoni (g’oya, vazifa) yozadilar. Uning yechish g’oyalarini esa markaziy to’rt burchakning atrofida joylashgan sakkizta to’rt burchaklarga yozadilar. Markaziy to’rt burchakning atrofida joylashgan sakkizta to’rt burchaklarga yozilgan g’oyalarni, atrofda joylashgan sakkizta to’rt burchaklarning markaziga yozadilar, ya’ni gulning barglariga olib chiqadilar. SHunday qilib, uning xar biri o’z navbatida yana bir muammodek ko’riladi CHizmani tuzish qoidasi bilan tanishadilar. Alohida kichik guruhlarda chizma tuzadilar: avval asosiy muammoni (g’oya, vazifa) yozadilar, so’ngra kichik muammolarni, ularning har biridan esa, kichik muammoni batafsil ko’rib chiqish uchun “kichik shoxchalarni” chiqaradilar. SHunga asosan har bir g’oyalar rivojlanishini batafsil kuzatish mumkin. Download 319.38 Kb. Do'stlaringiz bilan baham: |
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling