Mavzu: Gruppa. Halqa. Maydon reja: kirish. I bob. Algebra va algebraik amallar


Download 0.67 Mb.
bet3/6
Sana30.04.2023
Hajmi0.67 Mb.
#1417354
1   2   3   4   5   6
Bog'liq
Mohinur 2-20 kurs ishi Algebra va sonlar nazaryasidan

3-ta’rif. A va B to‘plamlardan aqalli bittasiga tegishli bo‘lgan elementlarning C to‘plamini A va B to‘plamlarning birlashmasi (yig‘indisi) deyiladi va C=AÈ B (C=A+B) ko‘rinishda belgilanadi, A va B to‘plamlarni qo‘shiluvchi to‘plamlar. C esa yig‘indi to‘plam deyiladi.
7-misol. A={1,3,5} va B={2,3,4} bo‘lsa A È B={1,2,3,4,5} bo‘ladi.
Qo‘shiluvchi to‘plamlar soni ixtiyoriy bo‘lganda ham birlashma (yig‘indi) yuqoridagi kabi aniqlanadi va quyidagicha belgilanadi:

4-ta’rif. Bir vaqtda ham A to‘plamga, ham B to‘plamga tegishli bo‘lgan elementlarning C to‘plami A va B to‘plamlarning kesishmasi (ko‘paytmasi) deyiladi va C=A Ç B (C = A× B) ko‘rinishda belgilanadi. A va B to‘plamlar ko‘paytuvchi to‘plamlar, C ko‘paytma (kesishma) to‘plam deyiladi.
To‘plamlar soni har qanday bo‘lganda ham ularning kesishmasi orqali belgilanadi.
8-misol. A=(-¥;7] va B=[1;+¥) to‘plamlarning kesishmasini toping. AÇ B = [1;7].
9-misol. A - 3 ga karrali bo‘lgan natural sonlar to‘plami B 4 soniga karrali bo‘lgan natural sonlar to‘plami bo‘lsa, A Ç B ni toping. AÇ B - 12 karrali bo‘lgan sonlar to‘plamidan iborat bo‘ladi.
To‘plamlar ustidagi asosiy amallar quyidagi xossalarga ega bo‘ladi:

  1. A È B = B È A, A Ç B = B Ç A - kommutativlik xossasi

  2. AÈ (B È C)=(A È B) È C, A Ç (BÇ C)=(A Ç B) Ç C - assotsiativlik xossasi

  3. (AÈBC=(AÇC)È(BÇC),(AÇV)ÈC=(AÈC)Ç(BÈC) - distributivlik xossasi

  4. AÈA=A AÇA=A ; BÌ A bo‘lsa, AÈB=A, AÇB.

Aytaylik B to‘plam A to‘plamning qism to‘plami bo‘lsin. B to‘plamga tegishli bo‘lmagan A to‘plamning barcha elementlaridan tuzilgan C to‘plam B ni A ga qadar to‘ldiruvchi to‘plam deyiladi va uni CAB (BA) ko‘rinishda belgilanadi, ya’ni CAB=A\B.
A to‘plamning B to‘plamga tegishli bo‘lmagan barcha elementlaridan tuzilgan C to‘plamni A to‘plamdan B to‘plamning ayirmasi deyiladi va C=A\B (yoki C=A-B) ko‘rinishda belgilanadi.
A va B to‘plamlarning simmetrik ayirmasi deb ushbu (A\B) È (B\A) to‘plamga aytiladi va AD B=(A\B) È (B\A) ko‘rinishda belgilanadi.
Bundan keyingi mulohazalarda qaralayotgan to‘plamlar tayin bir to‘plamning qism to‘plamlari deb faraz qilinadi. Bunday to‘plamni biz universal to‘plam deb ataymiz va uni X harfi bilan belgilaymiz. Umuman aytganda, har bir qaralayotgan masala uchun o‘zining universal to‘plami bo‘ladi.
X ixtiyoriy universal to‘plam bo‘lib, A uning biror qism to‘plami bo‘lsin (AÌX). X to‘plamning A to‘plamga tegishli bo‘lmagan barcha elementlaridan iborat to‘plam A ning X ga qadar to‘ldiruvchi to‘plami deyiladi va uni CxA (yoki CA, ) ko‘rinishda belgilanadi.
Agar A ÌX va BÌ X bo‘lsa, Cx (A È B) = Cx A Ç Cx B va
Cx (AÇB) = CxAÈCxB ayniyatlar o‘rinli. Bu ayniyatlarni ikkilik qonunlari deb ataladi.
10-misol. Agar A={1,2,3,4,5}, B={0,2,4,6,8} bo‘lsa, u holda A\B={1,3,5} , B\A = {0,6,8} bo‘ladi.
11-misol. Agar A= {1,2,3,5,7,10}, B={2,4,6,8,10} bo‘lsa, u holda ADB={1,3,4,5,6,7,8} bo‘ladi.
To‘plamlar ustida amallarning Eyler-Venn diagrammalaridagi tasvirlari chizmada berilgan.

Х


B X
A B
A É B A È B A Ç B




Download 0.67 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   2   3   4   5   6




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling