Mavzu: Harbiy san’atning shakllanishi va rivojlanishida ijtimoiysiyosiy va iqtisodiy faktorlarning ahamiyati


Download 237.16 Kb.
bet4/6
Sana08.04.2023
Hajmi237.16 Kb.
#1341774
1   2   3   4   5   6
Bog'liq
Xarbiy ish tarixi Mamasobitov Bahodir

Keyinchalik Amir Temur tomonidan qo‘llanilgan harbiy taktikada ham, qadim ajdodlarimizning jang usullarini ko‘ramiz. Mutaxassislar fikricha, bunday jang usuli Osiyoning bepoyon sahrolarida olib boriladigan urushlar paytida nihoyatda samarali bo‘lgan. Poroxning ixtiro qilinishi, o‘q otar qurollarning paydo bo‘lishi va keng tarqalishi davriga kelibgina bunday usulda jang qilish o‘zining samarasini yo‘qotadi.

  • Keyinchalik Amir Temur tomonidan qo‘llanilgan harbiy taktikada ham, qadim ajdodlarimizning jang usullarini ko‘ramiz. Mutaxassislar fikricha, bunday jang usuli Osiyoning bepoyon sahrolarida olib boriladigan urushlar paytida nihoyatda samarali bo‘lgan. Poroxning ixtiro qilinishi, o‘q otar qurollarning paydo bo‘lishi va keng tarqalishi davriga kelibgina bunday usulda jang qilish o‘zining samarasini yo‘qotadi.
  • Ko‘pchilik mutaxassislarning fikricha o‘ziga xos jang qilish an’analariga ega bo‘lgan O‘rta Osiyo xalqlari o‘z harbiy san’atining ko‘pgina tomonlari bilan raqiblaridan ustun turgan. O‘rta Osiyo hududiga chetdan qilingan harbiy bosqinlar va bu erning istilo etilishi O‘rta Osiyo xalqlari harbiy san’atining bosqinchilar harbiy san’atidan past bo‘lganligidan emas, balki bosqinchi kuchlarga qarshi kurashda yagona siyosiy rahbarlikning bo‘lmaganligi, siyosiy tarqoqlik va o‘zaro ittifoqning yo‘qligi sababli sodir bo‘lgan.
  • O‘rta Osiyoliklarning harbiy qobiliyatlariga ahamoniylar ham, yunon-makedonlar ham, o‘rta asr davrlarida arab va mo‘g‘ullar ham tan berishgan edi. Hatto XIX asrning 2-yarmidagi Rossiya bosqini davrida ham zamonaviy qurollangan rus armiyasiga qarshi olib borilgan janglar yuqoridagi fikrlarni to‘g‘riligini ko‘rsatadi.

Amir Temur


Manglay
Avangart
Julong’oq
Barong’oq
Qalb
Izofa
Orengart

Qo’shini Tuzulishi

O‘rta Osiyoning ko‘chmanchi xalqlari harbiy san’ati mahalliy o‘troq aholi harbiy san’ati bilan qo‘shilib qadimgi davr va o‘rta asrlarda xalqaro maydonda katta shuhrat qozongan, dunyo xalqlari harbiy san’ati rivojiga katta hissa qo‘shgan hariy san’at vujudga kelishiga olib keldi.

  • O‘rta Osiyoning ko‘chmanchi xalqlari harbiy san’ati mahalliy o‘troq aholi harbiy san’ati bilan qo‘shilib qadimgi davr va o‘rta asrlarda xalqaro maydonda katta shuhrat qozongan, dunyo xalqlari harbiy san’ati rivojiga katta hissa qo‘shgan hariy san’at vujudga kelishiga olib keldi.
  • O‘zbek xalqining qadimgi ajdodlari nafaqat O‘rta Osiyo hududlarida, balki Evroosiyo mintaqasida ham katta shuhrat qozongan edi. Evropa va Osiyoning ko‘pgina xalqlari O‘rta Osiyo jangchilarini o‘z safiga kiritsa, ba’zilari mahalliy xalq qurollari turlarini, jang olib borish usullarini o‘z qo‘shinlarida joriy qildi. Boshqa bir xalqlar esa O‘rta Osiyo xalqlari san’atini she’rlarga solib qo‘shiqlar bitdi.
  • O‘zbek xalqi harbiy san’ati O‘rta Osiyodagi boshqa xalqlar harbiy san’ati bilan chambarchas bog‘liqlikda shakllandi va rivojlandi. Harbiy san’atning shakllanishi va rivojlanishi ijtimoiy-siyosiy va iqtisodiy faktor ham katta o‘rin tutadi. O‘rta Osiyoda qadimgi va o‘rta asrlar davrida tashkil topgan davlatlar tarixiga nazar tashlasak, markazlashgan kuchli davlatlar hukm surgan davrlarda xususan, Kushonlar saltanati, Qang‘ davlati, Eftalitlar davlati, Turk xoqonligi, Somoniylar, Qoraxoniylar, Xorazmshohlar davlatlari, Amir Temur va temuriylar, SHayboniylar hukumronligi davrida o‘zbek xalqi harbiy san’ati o‘z davri uchun ancha yuksak darajada rivojlanganligini ko‘ramiz.

Download 237.16 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   2   3   4   5   6




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling