Mavzu: Harbiy san’atning shakllanishi va rivojlanishida ijtimoiysiyosiy va iqtisodiy faktorlarning ahamiyati
Download 237.16 Kb.
|
Xarbiy ish tarixi Mamasobitov Bahodir
Qadimgi davr va o‘rta asrlardagi harbiy iste’lochilik yurishlari (har bir urush, qaysidir ma’noda istilochilik urushidir)ni keltirib chiqargan sabablar ichida iqtisodiy faktorlar etakchi o‘rinda turganligini ko‘ramiz. Ko‘chmanchi chorvador xalqlarning o‘zaro urushlari, yoki ularning o‘troq dehqonchilik xo‘jaliklariga uyushtirgan harbiy bosqinlari ko‘p hollarda yangi erlarga, sero‘t yaylovlarga bo‘lgan ehtiyoj oqibatida kelib chiqqa.
SHuni alohida ta’kidlab o‘tish kerakki, talonchilik urushlarini boshlagan birorta ham hukumdor yoki davlatlar o‘zlarini jinoyatchi deb tan olmagan. Balki, bosqinchilar jazolash, qasos olish va "yovvoyi" qo‘shnilarni madaniyatli odamlarga aylantirish shiorlarini o‘zlariga g‘oyaviy qurol qilib olib, boshqa xalqlarni yo‘q qilar, qullarga aylantirar, mahalliy madaniyatni, an’analarni barbod qilar edi.
Massagetlar yurtidan Moʻgʻuliston, Xitoy va Sibir (Ol-toy)ga ogʻir qurollangan suvoriyga moʻljallangan baland boʻyli ajoyib jangovar otlar tarqalgan. Hunlarning harbiy tartibiga binoan har bir ming kishidan iborat boʻlgan qoʻshinga mingboshi, 100 kishidan iborat qoʻshinga yuzboshi, 10 jangchiga — oʻnboshi boshchilik qilgan. Qoʻshin, asosan, otliq askarlardan iborat boʻlgan. Hunlar qoʻshini 4 qismga boʻlinib, har bir qism jangchilari maʼlum rangdagi otlarni mingan suvoriylardan ibo-rat boʻlgan. Qoʻshinning gʻarb tomonida saf tortgan suvoriylar oq ot, sharqiy qismida — boʻz ot, shimolida — qora ot va janubida sariq (saman) ot minib safda turganlar. Hunlarning otliq qoʻshini, asosan, kamon bilan qurollangani uchun harbiy taktika va manyovrlarni ustalik bilan olib borgan. Dush-manga oʻzlarini chekinayotgan qilib koʻrsatib, ularni aldab, uzoq masofagacha orqalaridan ergashtirib borganlar. Dushman ularni taʼqib etib char-chagan paytda hunlar raqiblariga qoʻqqisdan hamla qilib ularni tor-mor etganlar. Mabodo yengilib qolsalar, hunlar har tomonga tarqalib ketganlar. Hunlarni taʼqib etuvchilar qochayotganlarning qaysi birini orqasidan quvishni bilmay sarosimaga tushib qolgan paytlar koʻp boʻlgan. Qad. Sharq, Yunoniston, Rim davlatlarida asta-sekin harbiy nazariya vujudga kela boshlagan. chunonchi, Xitoy sarkardasi va mutafak-kiri Sun Szi "Harbiy sanʼat haqida risola"sida harbiy kuchlarni davlatning mustahkamligiga bogʻliq ekanli-gini, vaqt va geografik sharoit omillarning harbiy harakatlar olib borishga taʼsiri, sarkardaning roli, urushga puxta tayyorgarlik koʻrish va raqibning zaif va kuchli tomonlarini oʻrganishning ahamiyati va boshqalarni keltirib oʻtgan. Yunon tarixchilari Fu-kidid, Ksenofont va boshqa oʻz asarlarida urushning borishini bayon qilib, uni tahlil etishga harakat qilganlar. Qad. Rimda Yuliy Sezar "Galliya urushi haqida xotiralar" va "Grajdanlar urushi haqida xotiralar" asarlarida urush va jang olib borish usullarini bayon etgan. Aynan hunlar davrida Osiyo choʻl minta-qalarida Harbiy sanʼatning harbiytexnikaviy va tashkiliy sohalarida bir qator muhim yangiliklar tarqalgan: -suyak qoplagichli murakkab tarkibli kamon, hushtak tovushini beruvchi koʻp parrakli paykonlar, qoʻshin tuzilishining markazlashgan tizimi, masofa jangi olib borishning samarali taktikasi, mudofaa inshootlari (harbiy isteh-komlar) qurish anʼanalari vujudga keldi. Urta Osiyoda Kushon podsholigi davrida saltanat sarhadlarida mustah-kam qalʼalar (jumladan, Xorazmdagi Ayoz qalʼa, Tuproqqalʼa va boshqalar) qurilishi keng rivojlangan. Shaharlar burjli qalin devorlar bilan oʻrab olingan. Qangʻ davlati qoʻshinining asosini yengil otliqlar tashkil etgan, qoʻshin safarda ekanligida razvedka maqsadida oldinga ilgʻor qism joʻna-tilgan. Oʻtmishda har bir qabilaning oʻziga xos oʻroni boʻlgan. Bir necha qabi-lalar birlashib, dushmanga qarshi kurashayotgan paytda qabila sarkardasi oʻziga tegishli qabila jangchilarini chaqirmoqchi boʻlsa qabila oʻronining nomini aytib chaqirgan. Oʻrta asrlarda oʻronlardan juda keng foydalanilgan. Eftaliylar davrida jang qilishning asosiy usullaridan biri, kuchli raqib bilan yuzma-yuz jang qilmasdan uning 2 qanotiga betoʻxtov zarbalar berish yoʻli bilan uni holdan toydirish boʻlgan Markazlashgan ilk yirik davlatlarning barpo etilishi, hunarmandchilik va manufakturalarning rivojtanishi armiyaning tashkil etilishi va qurollanishida tubdan oʻzgarishlarga olib keldi. Armiya tarkibi endilikda urush paitida toʻplanadigan yellanma askarlar hisobiga toʻldiriladigan boʻlgan. 16-asrning 2-yarmidan mutlaq monarxiya davlatlari muntazam yollanma armiyalar tuza boshlashgan. Armiyalarni oʻtsochar qurollarga, jumladan, artilleriyaga ega boʻlishi tufayli jang olib borishning yangi usuli — liniyali taktikani paydo boʻlishiga olib keldi. Unda qoʻshinlar front boʻylab bir tekisda taqsimlanib, uzun qatorlarda saf tortib urushganlar. Liniyalardagi qatorlar (sherenga) miqdori miltiqlarning tez otarligi bilan bel-gilangan. Jangning taqdirini piyodalarning oʻq otish quvvati hal qilgan. 17-asrdagi armiyalarning strategiyasi xususiyati monarxik davlatlar tomo-nidan olib borilayotgan urushlarning cheklangan maqsadlarini koʻzlashida edi. Xulosa: Xulosa o’rnida shuni aytish mumkunki xarbiy san’atning shakilanish uzoq o’tmshga borib taqalib hozirgi kungacha rivojlanib kelmoqda shuni qo’shimcha qilib aytish mumkunki har bir urushlar iqtisodiy – siyosiy manfaatlar asosida amalga oshirilgan. Ishtimoiy faktrlar ahamiyati ham katta bo’lgan chunki ishtimoiy –iqtisodiy siyosiy ahvoli yahshi davlat harbiy saolhiyati kuchli bolgan va atrofdagi davlatlarga nisbatan taziq o’tkazishgan. Etiboringiz uchun rahmat. Bajardi: Mamasobitov B Tekshirdi: Karimov E Download 237.16 Kb. Do'stlaringiz bilan baham: |
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling