Mavzu: homilador ayollarni tekshirish usullari


o‘tkir kamqonlikka qarshi kurash


Download 7.77 Mb.
bet23/23
Sana25.10.2023
Hajmi7.77 Mb.
#1718959
1   ...   15   16   17   18   19   20   21   22   23
Bog'liq
1507648726 69262

o‘tkir kamqonlikka qarshi kurash. Yo‘ldosh tushish va chilla
davrida qon ketishi sababli o‘tkir kamqonlik ro‘y berganda bir qancha eng muhim funktsiyalar (qon aylanishi, nafas olish, modda almas hinishi va hokazo) buziladi, organizmning chidami pasayadi, tuqqan ayol shuning natijasida halok bo‘lishi mumkin, Shu sababli qon oqishini to‘xtatish choralari bilan bir qatorda kamqonlikka qarshi kurash olib boriladi.

  1. Karavotning bosh tomoni pastga tushirilib, miyaga qon kelishi yaxshilanadi. Shu maqsadda karavotning oyoq tomoni ko‘tarilib qo‘yiladi.

  2. Bemorning hamma tomoniga gryelkalar qo‘yiladi, ensani issiq tutish juda muhim (ensa ostiga ham gryelka qo‘yish lozim).

Badanning kuyib qolmasligiga qarab turish kerak.

  1. Organizmga ko‘p suyuqliq kiritiladi. Bemorga kofe, vino qo‘shilgan issiq achchiq choy (yoki bir stakan choyga 1 osh qoshik toza spirt qo‘shib) ko‘plab ichiriladi 500–1000 ml (2000 ml gacha) fiziologik eritmaga 0,1 % li adrenalin eritmasi 1 l suyuqliqqa 5–8 tomchi hisobidan qo‘shilib, teri ostiga yuboriladi. Fizilogik eritma o‘rniga 5% li glyukoza eritmasini o‘shancha yuborish ham mumkin.

  2. Qon quyishning g‘oyat muhim ahamiyati bor. Quyiladigan qon miqdori anemiya darajasiga qarab belgilanadi. Organizmning buzilgan funktsiyalari qon quyish natijasida tez tiklanadi.

  3. Qon ketishi to‘xtatilgach, yurakni quvvatlovchi dorilar (kofein, kamfora) teri ostiga yuboriladi.

  4. Tuqqan ayolga kislorod beriladi, kislorod bo‘lmasa fortochka yoki deraza ochib qo‘yiladi.

Yo‘ldosh tushish va chilla davrida qon ketganda akusher darhol vrach chaqiradi (qon ketayotganligini ma’lum qiladi va vrach etib kelguncha qon oqishiga qarshi va avj olayotgan kamqonlikka qarshi mustaqil kurash olib boradi). Tug‘ayotib qon yo‘qotgan ayollar ayniqsa sinchiklab parvarish qilinishi kerak.

FOYDALANILGAN ADABIYOTLAR

    1. Ya.N. Allayorov. Reproduktiv salomatlik va kontratseptiv texnologiya.– T.: «Istiqlol» nashriyoti, 2005.

    2. Я.Н. Аллаёров, М.И. Расулова, Д.У. Юсупова. Патологик акушерлик.– Самарқанд, 2007.

    3. Ya.N. Allayorov. Akusherlik.– T.: «O‘zbekiston Milliy entsiklopediyasi» Davlat ilmiy nashriyoti, 2008.

    4. Ya.N. Allayorov, N. I. Zokirova, A. T. Safarov, F. Q. Asqarova. Akusherlikda shoshilinch yordam.– Samarqand, 2009.

    5. Р.У. Арзиқулов. Репродуктив саломатлик асослари. – T.: «Ўзбекистон миллий энциклопедияси» Давлат илмий нашриёти, 2010.

    6. Ю.А. Гуркин, В.И. Грицюк. Гинекология. Справочник семейного врача. Москва – Санкт-Петербург, 2005.

    7. В.И. Дуда, В.И. Дуда, И.В. Дуда. Акушерство.– Минск: «Вышэйшая школа», 2004.

    8. M.F. Ziyayeva, G.X. Mavlyanova. Ginekologiya. – T.: «O‘qituvchi» nashriyot matbaa ijodiy uyi, 2007.

    9. Н.Е. Кретова, Л.М. Смирнова. Акушерлик ва гинекология. – T.: «Ибн Сино» номидаги нашриёт, 1991.



Download 7.77 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   15   16   17   18   19   20   21   22   23




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling