Mavzu: homilador ayollarni tekshirish usullari


yotishi, birinchi pozitsiya, oldingi turi. yotishi, ikkinchi pozitsiya, orqa turi


Download 7.77 Mb.
bet16/23
Sana25.10.2023
Hajmi7.77 Mb.
#1718959
1   ...   12   13   14   15   16   17   18   19   ...   23
Bog'liq
1507648726 69262

yotishi, birinchi pozitsiya, oldingi turi. yotishi, ikkinchi pozitsiya, orqa turi.

  1. Chanoq tor bo‘lganda, platsenta oldinda yotganda, bachadonning pastki segmentida o‘smalar paydo bo‘lganda va homila boshining bachadon pastki segmentiga tushishiga va chanoq og‘ziga taqalishiga halaqit beruvchi barcha sharoitlar bo‘lganda homila ko‘ndalang (qiyshiq) yotishi mumkin.

  2. Bachadonning noto‘g‘ri shakli, masalan, egarsimon bachadonda ham homilaning ko‘ndalang yotishi kuzatilishi mumkin.

homilaning ko‘ndalang (qiyshiq) yotishini aniqlash. Odatda uncha qiyin bo‘lmaydi. Avvalo tashqaridan bachadon shaklini aniqlash yo‘li bilan homilaning qanday yotganini bilish mumkin. Ko‘pincha homilador ayolning qornini ko‘rish bilanoq uni aniqlasa bo‘ladi. Bachadonni qorin devori orqali tekshirganda uning uzunasiga cho‘zilmay ko‘ndalang joylashgan bo‘lishi juda muhimdir. Bachadon tubi uning shu muddatdagi bo‘ylama yotishdagi holatidan ancha pastda bo‘ladi. Homilaning boshi va dumbasi ona qorni yon devorlarini paypaslab ko‘rib, aniqlanadi (Leopold-Lazarevich usuli). Homilaning yurak urishi kindik ro‘parasida, homila boshi qaysi tomonda yotgan bo‘lsa, o‘sha tomon yaqinidan eshitiladi.
homiladorlik va tug‘ruqni boshqarish. Agar homilaning ko‘n-
dalang joylashganligi homiladorlikning 28–34 haftalarida aniqlansa uni bo‘ylama holatga keltirishga imkoniyat bor. Buning uchun homilaning pastda yotgan yirik qismi ayolning qaysi yonida bo‘lsa, o‘sha yon bilan yotish tavsiya etiladi.
Agar homila noto‘g‘ri joylashishi homiladorlikning 35–36 haftalarida ham saqlanib qolsa, bunda ayol to tuqquncha tug‘ruqxonaga yotqiziladi.
Tug‘ruqxonada homilani ko‘ndalang (qiyshiq) vaziyatdan bo‘ylama vaziyatga burishga tashqi usullar bilan urinib ko‘rish mumkin.
Tug‘ruqni boshqarishda quyidagi holatlarga e’tibor berish kerak:

  1. Homila noto‘g‘ri joylashishida tug‘ruq o‘z holicha tugamaydi, (homila burilishi va aylanishi) juda kam kuzatiladi.

  2. Tabiiy tug‘ruq yo‘llari orqali tug‘ishga ruxsat berish (homilani aylantirib oyog‘idan tortib olish) juda murakkab bo‘lib, bunda aksariyat homilaning o‘lik tug‘ilishi kuzatiladi. Shularni hisobga olib homilani ko‘ndalang joylashishida tug‘ruq ko‘pincha kesar-kesish operatsiyasi orqali amalga oshiriladi.


Download 7.77 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   12   13   14   15   16   17   18   19   ...   23




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling