Mavzu: homilador ayollarni tekshirish usullari


Tor chanoqda homiladorlikning kechishi


Download 7.77 Mb.
bet14/23
Sana25.10.2023
Hajmi7.77 Mb.
#1718959
1   ...   10   11   12   13   14   15   16   17   ...   23
Bog'liq
1507648726 69262

Tor chanoqda homiladorlikning kechishi. Tor chanoqda homilad orlikni birinchi yarmi bemalol o‘tadi, ikkinchi yarmida esa kech gestozl ar ko‘proq kuzatiladi. Homiladorlik oxirida homila boshi chanoqning tor og‘ziga suqilmaydi, bachadon tubi balandda bo‘lib, diafragmani yuqoriga surib yuboradi. Shu sababli homilador ayol ko‘pincha halloslaydi, yurak urishi tezlashadi, tez charchaydi.
Homila boshi chanoq og‘ziga kira olmaganidan homila ortiqroq hara katchan bo‘ladi. Homilaning ko‘ndalang va qiyshiq vaziyatlari, chanoq tomon ining oldinda yotishi normal chanoqdagiga nisbatan tor chanoqda ko‘proq uchrashiga sabab shu. Homila boshi harakatchan bo‘lganidan, yozilib oldinda yotadi: homila boshi tepasining, yuzining va peshonaning oldinda kelishi normal chanoqdagiga nisbatan tor chanoqda ko‘proq uchraydi. Homila boshining asinklitik suqilishi kuzatiladi, bunga qorinning osilib tushganligi ham sabab bo‘ladi.
Homila boshi harakatchan bo‘lsa, tegish belbog‘i vujudga kelmaydi, oldingi va orqa suvlar bir biridan chegaralanmaydi, qog‘onoq suvi homilan ing pastki qutbiga intiladi. Shu sababli tor chanoqda qog‘onoq suvlari ko‘pincha barvaqt ketadi.
Chanog‘i tor homiladorlar ayollar maslahatxonasida maxsus hisobga olinib, sinchiklab kuzatib turiladi. Homiladorlikning ikkinchi yarmida bandaj tutish shart. Homiladorlik yaxshi o‘tganda ayol tug‘ishdan 2–3 hafta oldin tug‘ruqxonaga yuboriladi.
Tor chanoqda tug‘ruqning kechishi. Chanoq torayishinning 3–4 darajalarida yetuk tirik homilaning tug‘ilishi mumkin emas. O‘z vaqtida yordam ko‘rsatilmasa, bachadon yorilib, septik infektsiya yoki boshqa ko‘ngilsiz hodisalar ro‘y berib, ona va homila nobud bo‘ladi.
Chanoq birinchi va ikkinchi daraja tor bo‘lganida, homilaning o‘rtacha kattalikda bo‘lishi, homila va uning oldinda keluvchi qismi ning to‘g‘ri joylashgan bo‘lishi, homila boshining yaxshi konfiguratsiyalana olishi katta ahamiyatga egadir.
Homilaning oldinda keluvchi qismi to‘g‘ri joylashsa, tug‘ruq normal o‘tadi va hech qanday og‘ir holat ro‘y bermaydi. Yuqorida aytib o‘tilgan qulay sharoitlardan birontasi bo‘lmay, chanoq sal toraygan bo‘lsa ham, tug‘ruqning normal kechishi izidan chiqishi, tug‘ruq vaqtida turli og‘ir holatlar ro‘y berib, uning patologik holatga aylanishi, ona va homila hayoti uchun xatarli bo‘lishi mumkin.

Download 7.77 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   10   11   12   13   14   15   16   17   ...   23




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling