Mavzu: homilador ayollarni tekshirish usullari


Tug‘ruq kuchlarining birlamchi sustligi


Download 7.77 Mb.
bet12/23
Sana25.10.2023
Hajmi7.77 Mb.
#1718959
1   ...   8   9   10   11   12   13   14   15   ...   23
Bog'liq
1507648726 69262

Tug‘ruq kuchlarining birlamchi sustligi. Tug‘ruq kuchlarining birl amchi sustligiga olib keluvchi asosiy sabablar: ayolning bolalik va o‘smirl ik davrida rivojlanishdan orqada qolishi, surunkali infeksion kasalliklar, modda almashinuvining o‘zgarishi, salbiy hissiyotlar, bacha donning neyrotrofik o‘zgarishi, ichki sekretsiya bezlarining o‘zgarishi, yassi qog‘onoq pufagi, gipergidroamnion, egiz homiladorlik, homilan ing ko‘ndalang yotishi, bachadon bo‘ynidagi o‘zgarishlar va hokazo.
Tug‘ruq kuchlarining birlamchi sustligida quyidagi asoratlar ro‘y berishi mumkin: homila asfiksiyasi, yo‘ldosh tushish davrida va ilk chilla davrida patologik qon ketishi, platsenta va uning bo‘laklarining bachadonda ushlanib qolishi, chilla davrida septik kasalliklari.
Diagnoz qo‘yishda Venkel usulidan, gisterograf apparati ma’lumotlariga va klinik manzarani kuzatish ma’lumotlariga tayaniladi. Agar birinchi marta tug‘uvchilarda tug‘ruq boshlangandan 6 soat, qayta tug‘uvchilarda 3 soat o‘tgach, bachadon bo‘yni 2–3 santimetr ochilmasa, dard zaif va kalta, dard tutishlar orasidagi pauza davomiy bo‘lsa, bunday holda tug‘ruq kuchlarning birlamchi sustligi diagnozini qo‘yish mumkin. Gisterograf apparati yordam ida tekshirilganda 1–2 soat davomida diagnoz qo‘yish mumkin.
Davolash murakkab vazifa bo‘lib, asosiy sababni aniqlash va uni bartaraf etishga qaratilgan bo‘ladi. Tug‘ruq kuchlarining sustligiga qarshi kurashda umumiy choralar: siydik pufagini o‘z vaqtida bo‘shatish, ichak funktsiyasini tartibga solish, tug‘uvchi ayolning ruhiyatiga ijobiy ta’sir ko‘rsatishning ahamiyati katta.
Dard sustiligida bachadon bo‘yni 2–3 barmoq eni ochilishi bilan qog‘onoq pufagini yorish tavsiya etiladi. Dardni kuchaytirishning xilma-xil usullaridan foydalaniladi:
Tug‘ruq kuchlarining ikkilamchi sustligi. Odatda homilaning tug‘i lish davrida yoki bachadon bo‘yni ochiladigan davrning oxirida tuzikkina dard tutgandan keyin tug‘ruq kuchlarining ikkilamchi sustiligi boshlanadi. Tug‘ruq kuchlarining ikkilamchi sustligiga olib keluvchi asosiy sabablar: homila boshi o‘lchamlarining onaning chanoq o‘lchamlariga mos kelmasligi, tor chanoq, bachadon bo‘ynining rigidligi, homila pufagi kechikib yorilganda, bachadonning cho‘zilib ketishi, egiz homiladorlik, muddatidan o‘tgan homiladorlik, salbiy hissiyotlar, tug‘uvchi ayolning charchab qolishi.
Dard tutishi susayganda yoki to‘xtab qolganda tug‘ruq yo‘llarining yumshoq to‘qimalari, qovuq, uretra va to‘g‘ri ichak homila boshi bilan chanoq devorlari orasida uzoq qisilib qoladi. Shuning natijasida qon aylanishi buziladi, oqibatda to‘qimalar nekrozga uchraydi va qovuq bilan qin o‘rtasida yoki to‘g‘ri ichak bilan qin o‘rtasida oqma paydo bo‘lishi mumkin.
Tug‘ruq kuchlarining ikkilamchi sustligida homila asfiksiyasiga qarshi kurash olib boriladi, tug‘ruq kuchlarini kuchaytirish choralari ko‘riladi. Tug‘ruq kuchlari homila pufagining kechikib yorilishi sababli susaygan bo‘lsa, qog‘onoq pardalarini yirtish kerak. Bachadon bo‘yni to‘la ochilgan, homila boshi chanoq bo‘shlig‘ida yoki chanoqning chiqish tekisligida turgan bo‘lsa, teri ostiga pitutrin yoki oksitosin yuborish mumkin, bular dard tutishini tezlashtiradi.
Tug‘uvchi ayol charchab qolganda va tug‘ruqni tez tugallash zarurati bo‘lmaganda, ayolga dam berish zarur. Tug‘ruq kuchlarining sustligiga barham berish uchun qovuq va to‘g‘ri ichakni o‘z vaqtida bo‘shatishning ahamiyati katta.

Download 7.77 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   8   9   10   11   12   13   14   15   ...   23




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling