Mavzu: homilador ayollarni tekshirish usullari


CHANOQ ANOMALIYALARI (TOR CHANOQLAR)


Download 7.77 Mb.
bet13/23
Sana25.10.2023
Hajmi7.77 Mb.
#1718959
1   ...   9   10   11   12   13   14   15   16   ...   23
Bog'liq
1507648726 69262

CHANOQ ANOMALIYALARI (TOR CHANOQLAR)
Ayollardagi chanoq anomaliyasi tug‘ruqning fiziologik kechishini izidan chiqaruvchi, ona va bola hayotiga xavf soluvchi og‘ir sabablardan biri hisoblanadi va homila boshining chanoqqa mos kelmasligiga sabab bo‘ladi.
O‘zining shakli va o‘lchami bilan normal chanoqdan ancha farq qiladigan chanoq – noto‘g‘ri chanoq deyiladi. O‘lchamlari kichrayib toraygan chanoq homilaning tug‘ruq yo‘llaridan o‘tishiga to‘siq bo‘lishi mumkin.
Tor chanoq. Agar ayol chanog‘i etilgan homilaning, ayniqsa, homila boshining o‘tishiga to‘sqinlik qilish darajasida toraygan bo‘lsa, bunday chanoq tor chanoq deyiladi.
Tor chanoqlar ikki turga ajratiladi:

  1. anatomik tor chanoqlar deb uning hamma yoki asosiy o‘lchamlaridan biri kamida 1,5–2 sm qisqarishiga aytiladi. Anatomik toraygan chanoq tug‘uvchi ayollar orasida o‘rtacha 2,5–3,5% ni tashkil etadi.

  2. Funktsional (klinik) tor chanoqlar deb tug‘ruq paytida homila boshi o‘lchamlarining homilador ayol chanog‘i o‘lchamlariga mos kelmaslik holatlariga aytiladi. Funksional tor chanoq yoki klinik tor chanoq faqat tug‘ruq paytida yuzaga keladi va umumiy tug‘ruqlarga nisbatan 1,5–2,5% hollarda uchraydi.

anatomik tor chanoqlardan ko‘pincha umumiy tekis toray-
gan chanoq uchraydi, uning xarakterli belgisi shuki, hamma (to‘g‘ri, ko‘ndalang va qiyshiq) o‘lchamlari baravar qisqargan, aksari 1,5–2 sm qisqargan (37-rasm). Umumiy tekis toraygan chanoq past bo‘yli, infantilizm belgilari (sut bezlari kichik, qovuq sohasidagi junlar siyrak, tashqi jinsiy a’zolar etilmagan va hokazo) bo‘lgan ayollarda uchraydi. Bundan tashqari yassi (yapaloq) chanoqlar ham akusherlik amaliyotida uchrab turadi va homila boshining chanoqga mos kelmasligiga asosiy sabablardan biri bo‘lib hisoblanadi.
Tor chanoqni aniqlash. Tor chanoq o‘z vaqtida aniqlansa tug‘ruq vaqtida ba’zan esa homiladorlik oxirida ham ro‘y beradigan ko‘ngilsiz hodisalarning oldi olinadi. Chanoq keskin darajada torayganda esa kesar-kesish operatsiyasi haqida ogohlantiriladi.
Tor chanoqni aniqlash uchun anamnez bilan tanishiladi, ayol tanasi ko‘zdan kechiriladi, chanog‘i o‘lchanadi, qin orqali tekshirish o‘tkaziladi.
Ayol tanasi ko‘zdan kechirilganda chanoqning torligini ko‘rsatuvchi muhim ma’lumotlar olinadi. Ayolning past bo‘yligi, infantilizm belgilari, skeletning raxitik o‘zgarishlari, chanoq-son bo‘g‘imining ankilozlari, son suyagi chiqqanligi chanoq tor deb taxmin qilinishiga imkon beradi.

37-rasm. umumiy tekis toraygan chanoq. 38-rasm. oddiy yassi chanoq.
Tor chanoqni aniqlash uchun Mixaelis rombining shakli ahamiyatli. Normal chanoqda romb to‘g‘ri shaklda, yassi raxitik chanoqda rombning yuqori yarmi pastki yarmidan kichikroq bo‘ladi, chanoq raxitda anchagina deformatsiyalangan bo‘lsa, romb deyarli uchburchak shaklida bo‘ladi. Umumiy tekis toraygan chanoqda romb uzunasiga cho‘zilgan: yuqori va pastki burchaklari o‘tkir, yon burchaklari o‘tmas bo‘ladi (39-rasm).

39-rasm. Normal chanoq bilan tor chanoqlarda Mixaelis rombi.
1 – normal chanoq; 2 – yapaloq raxitik chanoq; 3umumiy tekis toraygan chanoq; 4 – qiyshiq toraygan chanoq.
Chanoq ro‘y-rost tor bo‘lsa, homilador ayol homiladorlik oxirida homila boshi chanoq og‘ziga kira olmay, tug‘ruq boshlanguncha ancha yuqorida turadi, shu sababli homiladorlik oxirida bachadon tubi pastga tushmaydi. O‘sayotgan bachadon qorin bo‘shlig‘iga sig‘may qoladi (ayol bo‘yi past bo‘lsa bachadon kaltalangan bo‘la di) va qovurg‘alar ostidan yuqoriga hamda oldinga buriladi. Birin chi marta homilador bo‘lgan ayollarning qorin devori elastik bo‘lganidan qorin o‘tkir uchli bo‘ladi (40-rasm), ko‘p tuqqan ayol larning qorni osilib tushadi (41-rasm). Ayol ko‘zdan kechirilganda suyakning yo‘g‘onligiga e’tibor beriladi, bu esa chanoq suyaklarining yo‘g‘onligi haqida fikr yuritish imkonini beradi. Shu maqsadda bilak kaft usti bo‘g‘imining hajmi ya’ni Solovev indeksi o‘lchanadi. Shu bo‘g‘imning hajmi 14 sm dan ortiq ekanligi skelet suyak larining, shu jumladan chanoq suyaklarining qalinligini ko‘rsatadi.

40-rasm. o‘tkir uchli qorin. 41-rasm. osilib tushgan qorin.
Chanoqni o‘lchashning alohida ahamiyati bor. Katta chanoq o‘lchamlari kichik chanoq o‘lchamlari haqida muayyan tasavvur beradi. Diagonal konyugata chanoqning torayish darajasini aniqroq ko‘rsatadi. Shuni nazarda tutib, hamma homiladorlar va tug‘uvchi ayollarning diagonal konyugatasi albatta o‘lchanadi. Shu maqsadda qin orqali tekshirish o‘tkazilib, dumg‘aza yassilanganligi va chanoqning boshqa deformatsiyalari bor-yo‘qligi bilinadi, chanoqning sig‘imi taxminan aniqlanadi, dumg‘aza burni paypaslab topiladi va uni barmoq bilan paypaslab bo‘lsa, diagonal konyugata o‘lchanadi.
Chanoqdan chiqish teshigi toraygan degan gumon tug‘ilsa, bu teshikning to‘g‘ri va ko‘ndalang o‘lchamlari o‘lchanadi. Chanoq o‘lchamlarinigina emas, qorindagi homilaning kattaligini ham bilish tug‘ruq uchun zarur. Shu maqsadda homilaning uzunligi va boshining peshona-ensa o‘lchami, qorin devori orqali tazomer bilan o‘lchanadi.

Download 7.77 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   9   10   11   12   13   14   15   16   ...   23




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling